Besa (; asl ismi Besa Kokëdhima; 1986-yil 29-mayda tugʻilgan) — albaniyalik qoʻshiqchi.
Besa 2013-yilda tanlovining 15-mavsumida gʻolib boʻlgan. Albaniya Eurovision qoʻshiq tanlovi 2024da „Titan“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan.
Hayoti va faoliyati
Besa Kokëdhima 1986-yil 29-mayda Fier shahrida tugʻilgan. U 15 yoshida taʼlim olish maqsadida Birlashgan Qirollikga koʻchib oʻtgan.
2003-yilda Besa oʻzining ilk qoʻshigʻi — „Më Beso“ni chiqargan. Qoʻshiq prodyuser Flori Mumajesi tomonidan yozilgan boʻlib, Produkt 28 guruhi ishtirokida ijro etilgan. Ushbu qoʻshiq 2003-yilda „Mikrofoni i Artë“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
2006-yilda u oʻzining ilk studiyaviy albomi Besani taqdim etgan. Albom Dorian Gjoni, Flori Mumajesi, Genti Lako, Andy DJ va Stine kabi albaniyalik musiqachilar bilan hamkorlikda yaratilgan.
Besa faoliyati davomida koʻplab musiqiy tanlovlarda qatnashgan. U „Notafest“ tanlovida „Lëshoje Hapin“ qoʻshigʻi bilan birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2009-yilda Ruminiya milliy saralashi — Selecţia Naţionalăda „Nothinʼ Gonna Change“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, yarim final bosqichiga yetib borgan.
2010-yilda Besa Top Fest tanlovida „Kalorësi i Natës“ qoʻshigʻi bilan „Eng yaxshi ayol xonanda“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik u „Fishekzjarre“ (2012), „Burning“ (2013) va „Zemrën Dot Nuk ta Lexoj“ (2014) kabi qoʻshiqlarini chiqargan. Ushbu qoʻshiqlar tijoriy muvaffaqiyatga erishib, ijobiy baholangan.
2023-yil oxirida Besa Festivali i Këngës 62 tanlovida gʻolib chiqib, Eurovision qoʻshiq tanlovi 2024da Albaniya sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritgan. Tanlovning Malmö shahrida oʻtkazilgan yarim final bosqichida u „Titan“ qoʻshigʻini ijro etgan, biroq finalga chiqa olmagan.
Manbalar