„L’Oiseau et l’Enfant“ (fransuzcha talaffuzi: ​[lwazo e lɑ̃fɑ̃]; tarjimasi: „Qush va bola“) — fransuz xonandasi Marie Myriam tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Taronaning musiqasi Jean-Paul Cara, matni esa Joe Gracy tomonidan yozilgan. Qoʻshiq 1977-yilda Londonda boʻlib oʻtgan Eurovision qoʻshiq tanlovida Fransiya nomidan ishtirok etdi va mamlakatga tanlov tarixidagi hozirgacha boʻlgan soʻnggi gʻalabasini taqdim etdi.

Tarixi Yaratilish tarixi „L’Oiseau et l’Enfant“ qoʻshigʻi Jean-Paul Cara tomonidan bastalangan, fransuzcha matni esa, Joe Gracy tomonidan yozilgan. Qoʻshiqni esa Marie Myriam ijro etgan. Marie Myriam ushbu taronani besh tilda kuylagan: fransuzcha, ingliz tilida „The Bird and the Child“, Joe Gracy hamda H. von Schenckendorf matni asosidagi nemis tilida „Der Vogel und das Mädchen“, ispan tilida „El zagal y el ave azul“, hamda oʻz ona tili hisoblangan portugal tilida „A ave e a infância“ nomlari ostida ijro etgan.

Eurovision 1977-yilning 20-fevral hamda 6-mart kunlari oraligʻida Marie Myriam „L’Oiseau et l’Enfant“ taronasi bilan milliy finalning 22-mavsumida ishtirok etdi. Ushbu tanlov bosqichi Eurovision qoʻshiq tanlovida Fransiya sharafini himoya qiladigan qoʻshiq va ijrochini aniqlash maqsadida „Télévision Française“ 1 (TF1) telekanali tomonidan tashkil etilgan edi. Musobaqada gʻalaba qozongan ushbu tarona tufayli Myriam Eurovisionda Fransiya sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritgan.

Qoʻshiq uchun targʻibot videosi ham tayyorlangan boʻlib, unda Marie Myriam Parijdagi Square René Viviani hududining ochiq havoda joylashgan qismida qoʻshiqni ijro etgani tasvirlangan. Ushbu targʻibot videosi, ayniqsa, tomoshabinlar orasida katta gavjumlik yuzaga kelgani va shu sabab jandarmlar olomonni tartibga solish hamda uni nazoratda ushlab turishga majbur boʻlgani tasvirlangan jihati bilan ajralib turadi. Hatto ayrim muxlislar qoʻshiqchini yaxshiroq koʻrish maqsadida Parijdagi „eng qadimgi daraxt“ deb ataladigan daraxtga ham chiqib olgan. Tanlov oqshomida u yerga tegib turadigan darajada uzun va zargʻaldoq rangdagi libosda, besh nafar yordamchi xonandasi esa qora kiyimda sahnaga chiqdi.

1969-yil 29-martda Londonning „Wembley Conference Centre“ majmuasida Eurovision qoʻshiq tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlov Britaniya Teleradiokompaniyasi (BBC) boshchiligida tashkil etildi hamda butun qitʼa boʻylab jonli efirda namoyish etildi. Myriam kechada Dream Express guruhining Belgiya nomidan ijro etgan „A Million in One, Two, Three“ qoʻshigʻidan soʻng, oʻn sakkizinchi va oxirgi boʻlib „L’Oiseau et l’Enfant“ kompozitsiyasini taqdim etdi. Fransiya nomidan qatnashgan ushbu ijroda jonli orkestrga Raymond Donnez dirijyorlik qildi.

Ovoz berish yakunlariga koʻra, u 136 ball toʻpladi va oʻn sakkizta ishtirokchi orasida birinchi oʻrinni egallab, tanlov gʻolibiga aylandi. 1978-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida Fransiya vakili sifatida Joël Prévost ijro etgan „Il y aura toujours des violons“ qoʻshigʻi ishtirok etdi.

Natijalar va keyingi voqealar 1981-yil 22-avgustda Mysen shahrida Eurovisionning 25 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan „Songs of Europe“ yubiley shousida Marie Myriam „L’Oiseau et l’Enfant“ taronasini qayta ijro etdi.

Chartlardagi natijalari Haftalik chartlar Chartlar (1977) Eng yuqori oʻrniFransiya (IFOP), sélectionnez " Marie MYRIAM " dans le menu et cliquez sur " OK ".1

Merosi 2016-yilda UNICEF tashabbusi doirasidagi Kids United loyihasi oʻzining „Tout le bonheur du monde“ nomli ikkinchi albomida ushbu qoʻshiqni qayta ijro etib kiritdi. Qoʻshiq 2016-yil avgust oyida SNEP yakkaliklar chartiga ham kiritilganKIDS UNITED — L’OISEAU ET L’ENFANT page. Qoʻshiqning kaver versiyasi 2021-yilda Kanadadagi IKEA reklamasida qoʻllanilgan.

Manbalar

Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi Turkum:Fransuz qo'shiqlari Turkum:1977-yil singllari