„Insieme: 1992“ (italyancha talaffuzi: [inˈsjɛːme ˌmilleˌnɔveˈtʃɛnto noˌvantaˈduːe]; tarjimasi: „Birgalikda: 1992“) — Toto Cutugno tomonidan yozilgan va ijro etilgan qoʻshiq. U Italiya nomidan Eurovision qo'shiq tanlovi 1990da ishtirok etgan. Tanlov Zagreb shahrida oʻtkazilgan boʻlib, ushbu qoʻshiq Italiyaga Eurovision tarixidagi ikkinchi gʻalabasini olib kelgan.
Tarixi Yaratilish tarixi „Insieme: 1992“ qoʻshigʻi Toto Cutugno tomonidan yozilgan va ijro etilgan, matni esa italyan tilidadir. Xonanda ushbu taronada Yevropaning turli va bir-biridan ayro xalqlarini birlashtirish haqida kuylagan. Qoʻshiq nomidagi „1992“ raqami Yevropa Ittifoqi rasman ish boshlashi rejalashtirilgan yilga ishora boʻlib, bu orqali taronadagi ezgu umidlar hayotda oʻz aksini topishi nazarda tutilgan.
Eurovision Italiyaning „Radiotelevisione italiana“ (RAI) teleradiokompaniyasi mazkur taronani Eurovision qoʻshiq tanlovining 35-mavsumida mamlakat nomidan qatnashish uchun ichki saralash orqali tanlab olgan. Tanlov qoidalariga koʻra, qoʻshiqning musobaqada ishtirok etishi uchun uni uch daqiqalik vaqt meʼyoriga moslab qisqartirish talab etilardi.
1990-yil 5-may kuni Zagreb shahridagi „Vatroslav Lisinski“ konsert zalida Eurovision qoʻshiq tanlovi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlov Yugoslaviya teleradiokompaniyasi (JRT) tarkibidagi Zagreb teleradiostansiyasi tomonidan oʻtkazildi va butun qitʼa boʻylab jonli efirda namoyish etildi. Tanlov oqshomida Cutugno „Insieme: 1992“ taronasini oʻn toʻqqizinchi boʻlib ijro etdi. U sahnaga Shvetsiya nomidan Edin-Ådahl guruhi kuylagan „Som en vind“ qoʻshigʻidan keyin va Avstriya vakili Simone ijrosidagi „Keine Mauern mehr“ taronasidan oldin chiqdi. Sahnada unga Sloveniyaning besh nafar xonandadan iborat „Pepel in kri“ bek-vokal guruhi hamrohlik qildi. Guruh tarkibidan Zvezdana Sterle, Ditka Haberl, Tadej Hrušovar „Dejvi“, Oliver Antauer va Miran Rudan oʻrin olgan boʻlib, ular bundan avval, yaʼni 1975-yilgi tanlovda Yugoslaviya sharafini himoya qilishgan edi. Italiya jamoasining chiqishi paytida tanlov orkestriga Gianni Madonini dirijorlik qilgan.
Ovoz berish jarayoni yakuniga koʻra, mazkur tarona 149 ball toʻpladi va yigirma ikkita ishtirokchi orasida birinchi oʻrinni egallab, tanlov gʻolibiga aylandi. Bu Italiyaning ushbu musobaqadagi ikkinchi gʻalabasi edi.
Natijalar va keyingi voqealar Ushbu gʻalabadan soʻng, Yevropa teleradioittifoqi (EBU) keyingi tanlovini oʻtkazish vazifasini gʻolib boʻlgan RAI kompaniyasiga topshirdi. 1991-yil 4-may kuni boʻlib oʻtgan keyingi tanlovni boshlovchilar — Cutugno va Gigliola Cinquetti oʻzlarining gʻolib qoʻshiqlari bilan ochib berishdi. Sahnada Cutugno „Insieme: 1992“ taronasini, Cinquetti esa „Non ho l'età“ qoʻshigʻini kuyladi.
Trek roʻyxati CD-singl „Insieme: 1992“ — 4:00 „Insieme: 1992“ (cholgʻu versiyasi) — 4:00
7" single „Insieme: 1992“ — 4:00 „Insieme: 1992“ (cholgʻu versiyasi) — 4:00
Chartlar
Haftalik chartlar Chartlar (1990) Eng yuqori oʻrniscope="row" Yevropa (Eurochart Hot 100)19 Finlandiya (Suomen virallinen lista)25 Italiya (Musica e dischi) Set „Tipo“ on „Singoli“. Then, in the „Titolo“ field, search „Insieme: 1992“.14Italy Airplay (Music & Media)13 Niderlandiya (Dutch Top 40)18 Portugaliya (UNEVA)2
Yilning eng sara qoʻshiqlari roʻyxati Chartlar (1990) Oʻrni Avstriya (Ö3 Austria Top 40)14 Belgiya (Ultratop)84 Yevropa (Eurochart Hot 100)44 Germaniya (Media Control)58 Shveysariya (Shveysariya xit-paradi)14
Manbalar
Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi Turkum:Italiya qo'shiqlari Turkum:1990-yil singllari