Julaybib — islom paygʻambari Muhammadning sahobasi, ilk musulmonlar jamoasidan shahid boʻlgan kishilardan biri.

Ismi Uning ismi islomni qabul qilishidan avval qoʻyilgan boʻlib, arab tilida maʼno jihatidan noodatiy hisoblanadi. „Julaybib“ soʻzi „jilbob“ soʻzining qisqartma shakli boʻlib, „kichkina boʻyli“ degan maʼnoni anglatadi va Julaybibning gʻayritabiiy darajada pakana odam boʻlganiga ishora qiladi. Shuningdek, manbalarda uning jismoniy jihatdan koʻrimsiz yoki nuqsonli boʻlganini ifodalash uchun „damim“, yaʼni xunuk deya taʼrif berilgan.

Oilasi Julaybibning nasabi nomaʼlum boʻlib, uning ota-onasi yoki qaysi qabilaga mansubligi haqida hech qanday qayd yoʻq. U haqida maʼlum boʻlgan yagona narsa uning arab va Madina ansorlardan boʻlganidir.

Nikohi Paygʻambar Muhammad ansorlardan boʻlgan, goʻzalligi, hayo va taqvodorligi bilan tanilgan bir ayolga Julaybibni munosib juft sifatida tavsiya qilgan. Qizning ota-onasi, ayniqsa, onasi avvaliga bu taklifdan norozi boʻlgan, biroq qizning oʻzi bunga rozi boʻlgan va Julaybibga turmushga chiqqan. Juftlik birga yashay boshlash arafasida turgan bir paytda oradan koʻp oʻtmay, Julaybib harbiy yurishlardan birida shahid boʻlgan. Rivoyat qilinishicha, Julaybibning ayoli oʻsha paytda Madinadagi eng talabgor va koʻzga koʻringan turmushga chiqmagan ayolga aylangan.

Shahid boʻlishi Nikohdan koʻp oʻtmay, Julaybib paygʻambar Muhammad bilan birga harbiy yurishda qatnashib, shahid boʻlgan.

„Sahihi Muslim“ hadislar toʻplamida keltirilgan bir hadisda aytilishicha, yurishdan soʻng yoʻqolganlarni sanab chiqish paytida paygʻambar Muhammad Julaybibni qidirishni buyurgan. U jangda oʻzi oʻldirgan 7 nafar dushmani yonida yotgan holda topilgan. Uning jasadi topilgach, paygʻambar Muhammad: „U mendandir va men undanman“, — degan, soʻngra Julaybibning jasadini oʻzi koʻtargan va dafn qilingan. Islomiy anʼanadagi ayrim manbalarda uning janozasida ishtirok etish uchun kelgan minglab farishtalar sabab osmon toʻlib ketgani aytiladi.

Yana qarang Salaf Sahobalar

Manbalar

Turkum:Arab musulmonlari Turkum:Shahid boʻlgan sahobalar Turkum:6-asr arab xalqlari Turkum:7-asr arab xalqlari Turkum:Janglarda halok boʻlgan sahobalar