Zayd ibn al-Xattob (;  — 632) — islom payg‘ambari Muhammadning sahobasi, Roshidun xalifaligining ikkinchi xalifasi Umar ibn al-Xattobning akasi.

Oilasi Zayd Makkadagi Quraysh qabilasining Banu Adiy urugʻiga mansub al-Xattob ibn Nufayl va Asad qabilasidan Asmo binti Vahbning oʻgʻli boʻlganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 294. London: Ta-Ha Publishers.. U keyinchalik Roshidun xalifasi boʻlgan Umarning akasi ediMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Volume 39: Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, p. 117.. Zayd boʻyi juda uzun, qorachadan kelgan erkak sifatida tasvirlanadi.

Zayd ukasi Umarga Qurayshning tijorat karvoni bilan birga borib, Shom savdogarlari bilan savdo-sotiq qilish imkonini bergan va unga hamisha mehr-muhabbat koʻrsatgan.

U 616-yil avgust oyidan avvalroq musulmon boʻlgan. 622-yilda Madinaga hijrat qilgan va Maʼn ibn Adiy bilan birodar qilib qoʻyilgan.

Nikohi va farzandlari Zaydning xotini Habiba (Jamila) binti Abu Amir Madinadagi Avs qabilasining Amr urugʻidan edi. Ularning Asmo ismli qizi boʻlgan, biroq nikoh taloq bilan yakunlangan boʻlishi mumkinMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.. Habibaning jiyani Jamila binti Sobit Zaydning ukasi Umar bilan turmush qurgan. Zayd, shuningdek, amakivachchasi Atika bilan ham nikoh qurgan, ammo ular farzand koʻrmagan. Ehtimol bu nikoh ham taloq bilan yakunlanganIbn Hajar al-Asqalani. Al-Isaba fi tamyiz al-Sahaba vol. 8 #11448.. Zayd Madinada Abu Luboba ibn Abdulmunzirning qizi Lubobaga uylangan. Abu Luboba ham Avs qabilasining Amr urugʻidan boʻlib, ular Abdurahmon ismli oʻgʻil koʻrgan.

Janglari va vafoti Zayd Badr, Uhud, Xandaq va Muhammad paygʻambar bilan birga barcha janglarda qatnashgan. Uhud jangida Umar Zaydni oʻz sovutini kiyishga undagan. Zayd uni kiyib olgan, biroq keyin uni darhol yechib: „Men ham oʻzing uchun nimani ixtiyor qilayotgan boʻlsang, oʻshani xohlayman“, — deganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 296. London: Ta-Ha Publishers..

632-yil dekabr oyida boʻlgan Yamoma jangida Zayd musulmonlarning bayrogʻini koʻtarib yurgan. Musulmonlarning yuk-aslahalari dushman tomonidan talon-taroj qilinish xavfi ostida qolganida, Zayd: „Yuk-anjomlarga kelsak, endi hech qanday yuk yoʻq! Erkaklarga kelsak, endi hech qanday erkak yoʻq!“ degan. Soʻng: „Allohim, men sening huzuringda hamrohlarimning qochib ketgani uchun uzr soʻrayman! Musaylima va Muhakkam qilgan ishlarda esa Sening oldingda mutlaqo begunohman!“ deb hayqirgan. Zayd qilichi bilan jang qilgan holda bayroqni ushlab turishda davom etgan va toki oʻldirilgunga qadar uni qoʻlidan qoʻymaganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 295. London: Ta-Ha Publishers.. Jangda Zaydni Abu Maryam al-Hanafiy oʻdlrigan va: „Allohim uni mening qoʻlim bilan mukofotladi, meni esa uning qoʻlida halok qilib xor qilmadi“, — deb daʼvo qilgan. U oʻzining amakivachchasi Abdulloh ibn Suhayl va Abu Huzayfa ibn Utba hamda uzoq qarindoshi Solim ibn Maʼqildan koʻp oʻtmay shahid boʻlgan.

Yana qarang Umarning oilasi Sahobalar

Manbalar

Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:632-yilda vafot etganlar Turkum:Janglarda halok boʻlgan sahobalar