Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionatiga UEFA saralash turnirining ikkinchi bosqichi, yaʼni UEFA pley-off bosqichi yoki Yevropa pley-off bosqichi, UEFA saralashining ushbu qismida ishtirok etgan 16 ta jamoa o‘rtasida o‘tkazildi. Pley-off o‘yinlari Kanadan, Meksika va AQShda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘l olgan 12 ta guruh g‘olibiga qo‘shiladigan so‘nggi 4 ta Yevropa jamoasini aniqladi. UEFA birinchi bosqich guruhlarida ikkinchi o‘rinni egallagan 12 ta jamoa hamda 2024/25-yilgi UEFA Millatlar ligasi oraliq umumiy reytingi asosida tanlangan 4 ta jamoa pley-offda ishtirok etdi. Jamoalar to‘rtta yo‘nalishga bo‘lindi, har bir yo‘lda 4 tadan jamoa joylashdi va har bir yo‘nalishda bitta o‘yindan iborat yarim final hamda final o‘tkazildi. Umumiy 12 ta o‘yin 2026-yil 26 va 31-mart kunlari bo‘lib o‘tdi.
Bosniya va Gersegovina, Chexiya, Shvetsiya va Turkiya final turniriga yo‘llanma oldi.
Format Pley-off formati 2023-yil 28-iyun kuni Shveysariyaning Nyon shahrida bo‘lib o‘tgan UEFA Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida tasdiqlangan. Pley-off ishtirokchilari qisman 2024/25-yilgi UEFA Millatlar ligasi natijalariga bog‘liq edi, biroq bu UEFA EURO 2024 saralash pley-off bosqichiga nisbatan kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan.
Birinchi bosqich (guruh bosqichi) ikkinchi o‘rin egalariga 2024/25-yilgi UEFA Millatlar ligasi oraliq umumiy reytingi asosida saralangan, o‘z guruhida dastlabki ikki o‘rindan tashqarida qolgan Millatlar ligasi guruh g‘oliblari bo‘lgan to‘rt jamoa qo‘shildi. Natijada 16 ta jamoa to‘rtta pley-off yo‘nalishiga bo‘lindi, har bir yo‘lda 4 tadan jamoa joylashdi. Har bir pley-off yo‘nalishida 2026-yil 26-mart kuni ikki bitta o‘yindan iborat yarim final va 31-mart kuni bitta o‘yindan iborat final o‘tkazildi. Yarim finallarda juftliklar birinchi bosqich yakunlangach, to‘rtta savatcha asosida qur’a orqali aniqlanib, 1-savatcha jamoasi 4-savatcha jamoasini, 2-savatcha jamoasi esa 3-savatcha jamoasini o‘z maydonida qabul qildi. Har bir yo‘nalish finalining mezboni esa yarim final juftliklari o‘rtasida o‘tkazilgan qur’a orqali belgilandi. To‘rtta yo‘nalish finali g‘oliblari Kanada, Meksika va AQShda bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.
Pley-off bosqichi bitta o‘yindan iborat nokaut formatida o‘tkazildi. Agar asosiy vaqtda hisob teng bo‘lsa, 30 daqiqalik qo‘shimcha taymlar o‘ynaldi va bu bosqichda har bir jamoaga qo‘shimcha (oltinchi) almashtirish huquqi berildi. Agar qo‘shimcha taymlardan keyin ham hisob teng bo‘lib qolsa, g‘olib penaltilar seriyasi orqali aniqlandi.
Saralangan jamoalar Pley-off bosqichiga 16 ta jamoa yo‘l oldi. Ishtirokchilar faqat birinchi bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanmagan bo‘lib, ularning 4 ta o‘rni 2024/25-yilgi UEFA Millatlar ligasi g‘oliblariga ajratilgan edi.
Ikkinchi o‘rin egallagan jamoalar (12 ta jamoa yo‘llanma oladi) Birinchi bosqich (guruh bosqichi) ikkinchi o‘rin egallagan 12 ta jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Guruh Ikkinchi oʻrin sohiblari A B C D E F G H I J K L
Millatlar ligasi jamoalari (4 ta jamoa yoʻllanma oladi) 2024/25-yilgi UEFA Millatlar ligasining oraliq umumiy reytingiga ko‘ra, saralash guruhida dastlabki ikki o‘rindan tashqarida qolgan eng yuqori reytingli to‘rtta Millatlar ligasi guruh g‘olibi pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Agar Millatlar ligasi guruh g‘oliblari soni to‘rttadan kam bo‘lsa, qolgan o‘rin(lar) Millatlar ligasi oraliq umumiy reytingida eng yuqori o‘rinda bo‘lgan, biroq saralash guruhida dastlabki ikki o‘rindan tashqarida qolgan jamoalarga berilar edi.
Saralash bosqichi boshlanishida quyidagi jadvaldagi jamoalar ko‘rsatilgan tartibda pley-off yo‘llanmasini olish imkoniyatiga ega edilar:
Jamoa Saralashdagiguruhi Millatlar ligasi guruhlari gʻoliblar A 1 & E 2 & A 3 & F 4 & D B 17 & K 18 & I 19 J 20 L C 33 H 34 B 35 J 36 A D 49 I 50 H Millatlar ligasining qolgan jamoalari A 5 I 6 & G 7 C 8 & L 9 & C 10 K 11 F 12 & J 13 G 14 I 15 & B 16 H Key Saralash guruh g‘olibi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan jamoa Saralash guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l olgan jamoa Saralash guruhida dastlabki ikki o‘rindan tashqarida qolgan eng yaxshi to‘rtta Millatlar ligasi guruh g‘oliblaridan biri sifatida pley-off bosqichiga yo‘l oldi jamoa (qalin uslubda).
Savatchalar + Yarim final savatchalari Saralangan Saralanmagan 1-savatcha 2-savatcha 3-savatcha 4-savatcha ()
Taqvim Yarim final o‘yinlari 26-mart kuni, final o‘yinlari esa 2026-yil 31-mart kuni bo‘lib o‘tdi. O‘yinlarning boshlanish vaqtlari qur’a tashlangandan so‘ng 2025-yil 20-noyabrda tasdiqlandi. Yarim final hamda ehtimoliy final mezbonlari o‘z stadionlarini 2025-yil 19-dekabrgacha tasdiqlashlari shart edi. UEFA jadvaliga muvofiq, har bir yo‘nalishning yarim finalda mag‘lub bo‘lgan jamoalari pley-off finali kuni o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishdi.
Vaqtlar UEFA tomonidan ko‘rsatilgan CET/CEST boʻyicha berilgan bo‘lib, mahalliy vaqt farq qilsa, u qavs ichida ko‘rsatilgan.
A yoʻli A yo‘nalishi g‘olibi — Bosniya va Gersegovina yakuniy turnirida B guruhiga joylashtirildi.
Jadval
Umumiy maʼlumotlar
Yarim final
Final
B yoʻli B yo‘nalishi g‘olibi — Shvetsiya yakuniy turnirda F guruhiga joylashtirildi.
Jadval
Umumiy maʼlumot
Yarim final
Final
C yoʻli C yo‘nalishi g‘olibi — Turkiya yakuniy turnirda D guruhiga joylashtirildi.
Jadval
Umumiya maʼlumot
Yarim final
Final
D yoʻli D yo‘nalishi g‘olibi — Chexiya yakuniy turnirda A guruhiga joylashtirildi.
Jadval
Umumiy maʼlumot
Yarim final
Final
Toʻpurarlar
Izohlar
Manbalar
Havolalar
Qualifiers – Europe, FIFA.com European Qualifiers, UEFA.com
Turkum:Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati saralashi (UEFA) saralash, UEFA ikkinchi bosqich saralash, UEFA ikkinchi bosqich saralash, UEFA ikkinchi bosqich saralash, UEFA ikkinchi bosqich