Kain ( — „qoʻlga kiritish, olish, yaratish“ maʼnosini anglatuvchi קנה kana oʻzagidan.; — Qobil; , ) — Bibliyaga koʻra, Odam Ato va Momo Havvoning toʻngʻich oʻgʻli (Ibtido 4). Yer yuzida tugʻilgan ilk inson (Ibtido 4:1-2), ayni paytda birinchi qotil. Kain Xanuxning (Yenox) otasi va uning naslining asoschisidir.

Kain ismi oʻz yaqinlariga nisbatan pastkashlikka (qotillik boʻlishi shart emas) qodir boʻlgan yovuz, hasadgoʻy odam uchun umumiy otga aylanib qolgan. Sharqiy slavyan xalq etimologiyasida Kain nomi bilan qadimgi rus tilidagi „laʼnatlamoq“ maʼnosini anglatgan „окаяти“ feʼli oʻrtasida bogʻliqlik koʻriladi, zamonaviy rus tilidagi „okayanniy“ (mal’un, laʼnati) soʻzi ham shu feʼldan kelib chiqqanОкаянный // Этимологический словарь Крылова. ..

Gnostitsizmda Kain Iblis (shayton) va Momo Havvoning oʻgʻli hisoblanadi. Bunday qarashni Kiprlik muqaddas Yepifaniy, Lionlik muqaddas Iriney va Tertullianlar qayd etishgan. Bu fikr yahudiy midrashlarida ham mavjud.Епифаний Кипрский. Панарион. Против архонтиков, двадцатой и сороковой ереси (гл. 5). . Тертуллиан. О плоти Христа (гл. 17). . .

Yana qarang Qobil va Hobil

Manbalar

Havolalar