Nuno Alexandre Tavares Mendes (2002-yil 19-iyunda tugʻilgan) — portugaliyalik professional futbolchi, Liga 1 ishtirokchisi Paris Saint-Germain klubi va Portugaliya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. U dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri sifatida keng eʼtirof etilgan.

Nuno Sporting CP yoshlar akademiyasida taʼlim olgan, 2020-yilda asosiy jamoada debyut qilgan. Navbatdagi mavsumda Primeira Liga va Taça da Liga musobaqalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan, shuningdek, Primeira Liga yil jamoasiga kiritilgan. 2021-yil avgust oyida u Paris Saint-Germain jamoasiga ijara asosida oʻtgan va 2022-yil iyun oyida klubga 38 million yevro evaziga doimiy ravishda qoʻshilgan. U 2024–25-yilgi mavsumda jamoasi bilan qitʼaviy treblga erishib, yetakchi oʻyinchilardan biriga aylandi. Futbolchi soʻnggi klubidagi faoliyati davomida bir nechta sovrinlarni, jumladan, beshta Liga 1 chempionligi hamda 2025 va 2026-yillarda ketma-ket ikki marta Chempionlar ligasi gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

Mendes Portugaliya sharafini turli yosh toifalarida himoya qilgan. U asosiy jamoa tarkibdagi debyutini 2021-yilda oʻtkazib, ikkita Jahon chempionati va shuncha Yevropa chempionatida ishtirok etadigan tarkibga kiritilgan. 2025-yilda u UEFA Millatlar ligasida gʻolib chiqqan va final bosqichining eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.

Oʻyin uslubi Mendes hujumkor qobiliyatlari, tezligi va texnik fazilatlari bilan mashhur boʻlib, asosan chap qanot hujumkor yarim himoyachi yoki qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Bu unga joyidan qoʻzgʻalib yoki qarshi hujum paytida xavfli vaziyatlar yaratish imkonini beradi. Driblingdan tashqari, u qattiq qoʻriqlanayotganda ham, boʻsh hududda ham toʻpni ajoyib tarzda oshira oladi. Jismoniy quvvati esa tezligi yoki kuchi bilan raqiblarini toʻp uchun kurashda yengib chiqishiga yordam beradi. Shuningdek, u hujumlarni oldindan seza oladi, uzatmani kesib, toʻpni qaytarib olishga ham qodir.

Biroq, Mendesning hujumdagi qobiliyatiga qaramay, faoliyatining boshlarida mutaxassislar uning oʻyinining himoya jihatini shubha ostiga olishgan. Ular Mendesning darvoza oldida qaror qabul qilishdagi beqarorligi, pozitsiya tanlashi va vaziyatni baholay olishini uning takomillashtirishga muhtoj zaif nuqtalari sifatida qayd etishgan. Biroq keyingi yillarda u „Paris Saint-Germain“da Luis Enrique qoʻl ostida taktik jihatdan ancha tartibli oʻyinchiga aylandi hamda qachon hujumga oʻtish va qachon oʻz chizigʻida qolishni yaxshiroq tushuna boshladi. Uning yakkama-yakka kurashlardagi himoyasi pishib yetildi: u maydonni va raqiblar harakatini chuqurroq his qilgan holda, kamroq qoʻpol harakatlar qila boshladi. Bu oʻsish, ayniqsa, muhim oʻyinlarda yaqqol koʻzga tashlandi. Mohamed Salah va Yamal kabi futbolchilarga qarshi himoyadagi ishonchli oʻyinlari mutaxassislar hamda murabbiylar tomonidan yuqori baholanib, uning yanada yetuk va muvozanatli qanot himoyachisiga aylanganini koʻrsatdi.

Faoliyat statistikasi Klub

+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSporting CP2019–20Primeira Liga9000000000902020–21Primeira Liga291202020—3512021–22Primeira Liga20———1030Jami40120202010471Paris Saint-Germain (ijara)2021–22Ligue 127020—80—370Paris Saint-Germain2022–23Ligue 123120—61103222023–24Ligue 16130—50001412024–25Ligue 124150—164805352025–26Ligue 120410—17230416PSG jami1007130—52712017714Umumiy faoliyat statistikasi14081502054713022415

Xalqaro

+ Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarPortugaliya20211102022702023102024140202581202640Jami451

Hisob va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Portugaliya gollari keltirilgan; hisob ustunida esa Mendeshning har bir golidan keyingi holat koʻrsatilgan. + Nuno Mendes tomonidan urilgan xalqaro gollar roʻyxati№SanaStadionOʻyinRaqibHisobNatijaMusobaqa1 2025-yil 8-iyun Allianz Arena, Munich, Germaniya 37 1–1 2–2 2025-yilgi UEFA Millatlar ligasi finali

Yutuqlar Sporting CP

Primeira Liga: 2020–21 Taça da Liga: 2020–21 Supertaça Candido de Oliveira: 2021 Parij Sen-Jermen

Liga 1: 2021–22, 2022–23, 2023–24, 2024–25, 2025-26 Fransiya kubogi: 2023–24, 2024–25 Chempionlar kubogi: 2022, 2024, 2025 UEFA Chempionlar Ligasi: 2024–25, 2025–26 UEFA Superkubogi: 2025 FIFA Qitʼalararo kubogi: 2025 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati ikkinchi oʻrinchisi: 2025 Portugaliya

UEFA Millatlar ligasi: 2024-25 Shaxsiy

Primeira Liganing eng yaxshi jamoasi: 2020–21 IFFHS erkaklar yoshlar (U20) jahon terma jamoasi: 2021, 2022 Liga 1 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2022–23 UNFP Liga 1 yilning eng yaxshi jamoasi: 2021–22 2022–23 2024–25 UEFA Chempionlar ligasining mavsum jamoasi: 2024–25, 2025–26 Yevropaning eng yaxshi erkaklar terma jamoasi: 2024–25 UEFA Millatlar ligasi finali turnirining eng yaxshi futbolchisi: 2025 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2025 FIFPRO World 11: 2025 FIFA erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionati 11: 2025

Manbalar

Havolalar

Paris Saint-Germain rasmiy profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar