Diogo Meireles da Costa (1999-yil 19-sentabrda tugʻilgan) — portugaliyalik professional futbolchi, Primeira Liga ishtirokchisi Porto va Portugaliya terma jamoasida darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. Diogo Porto klubida asosiy jamoa sardori hisoblanadi.
Diogo Porto yoshlar akademiyasida taʼlim olgan. Costa 2019-yilda Porto yoshlar jamoasi bilan UEFA Yoshlar Ligasida gʻolib chiqqan. U 2019-yilda zaxira jamoasidan asosiy jamoaga koʻtarilgan va birinchi mavsumida Primeira Ligasida va Portugaliya kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 2021-yilda 22 yoshida asosiy tarkibga kirib, Porto jamoasi bilan ikkinchi ichki dublni qoʻlga kiritishga yordam bergan. Jamoaning asosiy sardori Pepe 2024-yil iyul oyida nafaqaga chiqqanidan soʻng, u sardorlik vazifasini olgan. Porto klubi bilan 2025–26-yilgi mavsumda yana bir liga chempionligini qoʻlga kiritgan. Costa „Porto“ safida jami uchta Primeira Liga, toʻrtta Portugaliya Kubogi, bitta Liga Kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 2025–26-yilgi mavsumda 21 ta oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan va eng koʻp „quruq oʻyin“ oʻtkazish boʻyicha rekordchi hisoblanadi.
Costa Portugaliya sharafini turli yoshlar toifalarida himoya qilgan: u 2016-yilgi 17 yoshgacha Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan , 2018-yilgi 19 yoshgacha Yevropa chempionatida zafar quchgan jamoa aʼzosi boʻlgan hamda 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi bilan 2021-yilgi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. U milliy terma jamoadagi debyutini 2021-yilda oʻtkazib, koʻp oʻtmay Portugaliyaning uzoq yillik posboni Rui Patrícioning oʻrnini egallagan va asosiy darvozabonga aylangan. Keyingi yillarda u Portugaliya tarkibida 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati, UEFA Yevro-2024 va 2026-yilgi Jahon chempionati musobaqalarida ishtirok etgan. Shuningdek, 2025-yilda UEFA Millatlar ligasida gʻolibi boʻlgan.
Oʻyin uslubi
Oʻyin uslubi tufayli „tozalobchi-darvozabon“ deb taʼriflangan Costa texnik mahorati va taktik aqli bilan ajralib turadigan darvozabondir. U ajoyib reflekslar va reaksiya vaqtlariga ega boʻlib, yakkama-yakka vaziyatlarda va aniq zarbalarga qarshi qiyin seyvlarni amalga oshirishga imkon beradi. Costa shuningdek, penalti vaziyatlarida ham ajoyib, xotirjamlik va kuchli pozitsiyani namoyon etadi. Uning toʻp uzatishdagi samaradorligi uning qaror qabul qilish qobiliyatini va umumiy darvozabonlik mahoratini yanada taʼkidlaydi.
Taktik jihatdan Costa — oyogʻida toʻp bilan bemalol harakatlanadigan, himoyadan turib oʻyinni boshlashga va toʻpni taqsimlashga koʻmaklashadigan darvozabon. Uning aniq qisqa va uzoq masofaga uzatmalari jamoasiga hujum boshlash hamda toʻpni nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, Costa oʻyinni yaxshi his qiladi va toʻgʻri pozitsiya tanlay oladi, bu esa unga oʻyin vaziyatlarini oldindan koʻra bilishga, uzatmalarni va havodan kelayotgan xavflarni samarali bartaraf etishga yordam beradi. Uning yetakchilik qobiliyatlari maydonda yaqqol koʻrinadi: jamoa ixchamligini taʼminlash maqsadida himoya chizigʻini tashkil etishda oʻzining yetukligi va ishonchini namoyon qilib, himoyadagi jamoadoshlari bilan doimiy muloqotda boʻladi. Costa bilan „Porto“ning yoshlar tizimi va B jamoasida ishlagan darvozabonlar murabbiyi Pedro Pereira uni „juda xotirjam, maydonda borligi yaqqol sezilib turadigan darvozabon“ deb taʼriflagan. Shuningdek, murabbiyning aytishicha, „u muhim pallalarda vaziyatni toʻgʻri baholay oladi va oʻz his-tuygʻularini juda yaxshi jilovlaydi. Uning har bir harakatidan ishonch yogʻilib turadi va bu jamoaga xotirjamlik bagʻishlaydi“.
Shaxsiy hayot Uning rafiqasi Katarina Machado bilan bir oʻgʻli bor. Oʻgʻli Tomas Costa 2022-yilning noyabrida tugʻilgan.
Faoliyat statistikasi Klub
+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarPorto B2017–18LigaPro320————3402018–19170————1802020–21Liga Portugal 220————20Jami510————510Porto2019–20Primeira Liga30705000—1502020–2110602010001002021–223300000100—4302022–23330000080004102023–24330300080104502024–253200000100104302025–263304000120—490Jami168020070490202460Umumiy faoliyat statistikasi219020070490202970
Xalqaro
+ Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarPortugaliya202110202211020237020241302025100202620Jami440
Yutuqlar
Porto Yoshlar
UEFA Yoshlar ligasi: 2018-19
Porto
Primeira Liga: 2019-20, 2021-22, 2025-26 Portugaliya kubogi gʻolibi: 2019-20, 2021-22, 2022-23, 2023-24 Portugaliya liga kubogi gʻolibi: 2022-23 Portugaliya Superkubogi gʻolibi: 2020, 2024
Portugaliya U17
17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2016
Portugaliya U19
19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2018; ikkinchi oʻrin: 2017
Portugaliya U21
21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati sohibi: 2021
Portugaliya
UEFA Millatlar ligasi: 2024-25
Shaxsiy
Primeira Liganing eng yaxshi darvozaboni: 2021-22 2022-23 2024–25 2025-26https://www.abola.pt/noticias/diogo-costa-eleito-guarda-redes-do-ano-em-portugal-2026052018124690812 Primeira Liganing eng yaxshi jamoasi: 2021-22 2022-23 2024-25 2025-26 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2016 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2017 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2021 Dragão de Ouro — yilning eng yaxshi yangi kelgan sportchisi: 2018 Primeira Ligada oyning eng yaxshi darvozaboni: 2024-yil yanvar, 2024-yil sentyabr/oktyabr, 2025-yil dekabr, 2026-yil aprel
Medal va ordenlar
„Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni
Manbalar
Havolalar
Diogo Costa FC Porto saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Porto B futbolchilari Turkum:FC Porto futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Segunda Liga futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar