„Bars“ ordeni — Qozogʻiston Respublikasining 1999-yil 26-iyuldagi 462-I-sonli qonuni bilan taʼsis etilgan orden.

Ushbu orden quyidagi xizmatlari uchun beriladi: Qozogʻiston Respublikasi davlatchiligi va suverenitetini mustahkamlagani; tinchlikni, jamiyatning jipsligini hamda Qozogʻiston xalqi birligini taʼminlagani; davlat, ishlab chiqarish, ilmiy, ijtimoiy-madaniy va jamoat faoliyatidagi xizmatlari; xalqlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi; milliy madaniyatlarni yaqinlashtirish va oʻzaro boyitishga qoʻshgan hissasi; davlatlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirgani uchun beriladi"Qozogʻiston": Milliy ensiklopediya / Bosh muharrir Ә. Nisanbayev. — Olmaota: „Qozoq ensiklopediyasi“ Bosh tahririyati, 1998. ISBN 5-89800-123-9, X jild..

Darajalari „Bars“ ordenining uchta darajasi mavjud: I darajali „Bars“ ordeni yulduz va yelka tasmasidagi nishondan iborat. II darajali „Bars“ ordeni koʻkrak nishonidan iborat. III darajali „Bars“ ordeni boʻyin tasmasidagi nishondan iborat.

Ordenning eng yuqori darajasi — I daraja hisoblanadi. Taqdirlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: III daraja, II daraja va I daraja. Baʼzan yuksak xizmatlari uchun davlat rahbarining qaroriga binoan ushbu ketma-ketlikka rioya qilinmasdan ham mukofotlanishi mumkin.

Tavsifi Orden tasmasi toʻq koʻk rangda boʻlib, markazida uchta sariq chiziq mavjud.

I daraja uchun yelka tasmasining eni — 100 mm; II daraja uchun koʻkrak tasmasining eni — 32 mm; III daraja uchun boʻyin tasmasining eni — 20 mm.

Manbalar

Turkum:Qozog‘iston ordenlari