Amir Alin Oq saroyi (misr arabchasi: قصر الأمير آلين أق; Amir Xayrbak saroyi, Emir Xayrbak saroyi yoki Amir Xayr Bek saroyi nomlari bilan ham tanilgan) 1293-yilda qurilgan. U Qohiradagi qal’aga olib boruvchi tantanali yoʻl bo‘lgan ad-Darb al-Ahmar ustida joylashgan. Uning qabulxona zali diqqatga sazovor.
Alin Oq sulton al-Ashraf Xalil ibn Qalavunning amiri va sag‘iri (qadahkashi) bo‘lgan. Bu bino ilk Bahriy davriga mansub bo‘lib, hozirda darvozasi (portal)dan tashqari qismi vayronaga aylangan. 16-asrda u Amir Xayrbakning qarorgohi boʻlgan, uning masjidi bu binoga yonma-yon joylashgan.
Xayrbak Misrning birinchi Usmonli hokimi boʻlgan. Aytishlaricha, u zolim va ochko‘z edi.
Yana qarang Amir Xayrbak xonaqohi
Manbalar
Turkum:Qohira bino va inshootlari