Journal of Communications — telekommunikatsiya muhandisligi sohasiga ixtisoslashgan, oylik nashr etiladigan, taqrizdan oʻtkaziladigan ilmiy jurnal. Unda kommunikatsiya nazariyalari, tizimlari, usullari, algoritmlari va ularning amaliy qoʻllanilishiga oid ilmiy maqolalar chop etiladi.
Jurnal dastlab 2006-yilda Finlandiyaning Oulu shahrida joylashgan Academy Publisher tomonidan nashr etilgan. 2013-yildan boshlab esa Kaliforniyaning San-Xose shahrida joylashgan Engineering and Technology Publishing (ETP) tomonidan chop etib kelinmoqda. Jurnal Scopus, INSPEC hamda Communication Abstracts maʼlumotlar bazalarida indekslanadi.
Havolalar
Turkum:Jurnallar