The Survivor — ingliz yozuvchisi James Herbert tomonidan 1976-yilda yozilgan qoʻrqinchli roman. New English Library nashriyoti tomonidan chop etilgan. U Herbertning uchinchi va biror turkumga kirmaydigan ikkinchi romanidir. Asar asosida 1981-yilda Robert Powell va Jenny Agutter bosh rollarni ijro etgan shu nomdagi film suratga olingan. Herbert ushbu filmni „dahshatli, mutlaqo bemaʼni“ deb taʼriflagan.
Manbalar