thumb|Poʻlat eng keng qoʻllanadigan qotishma boʻlib, temirni 0.02-1.7% massali uglerod bilan aralashtirish natijasida hosil qilinadi. Qotishma kamida bittasi metall boʻlgan ikki yoki undan koʻp unsurlarning qattiq aralashmasidir. Qotishma metall xossalariga ega boʻlgani bilan, tarkibidagi moddalardan farq qiladi.
Bir metalldan yasalgan qotishma shu metall xossalarini yaxshilaydi. Masalan, poʻlat uning asosiy masalligʻi — temirdan mustahkamroqdir. Odatda qotishmalar ularning masalliqlarini eritib, aralashtirish natijasida hosil qilinadi. Qotishmalar mashinasozlik, kemasozlik, aviatsiya va qurilish sanoatlarida qoʻllanadi. Qotishmalar Keng miqyosda ishlab chiqariladigan qotishmalarga quyidagilar misol boʻladi: Qotishma nomiTarkibiXossasiQoʻllanilishi Bronza 80 — 92% Cu2%Zn6%Sn, Al, Pb, Si Qattiq Mashina qismlari, qurollar, sanʼat asarlari Jez 60 — 90% Cu 40 — 10% Zn Yemirilishga barqaror, egiluvchanligi yuqori Mashina ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida, xoʻjalik buyumlar ishlab chiqarishda Melxior 70 — 80% Ni 18 — 30% Cu, Fe, Mn aralashmasi Yemirilishga barqaror, koʻrinishi chiroyli yaltiroqTibbiy texnika, turmushda qoʻllanadigan idishlar, zargarlik buyumlari Dyuralyuminiy 80 — 95% Al 13 — 1,5% Cu 0,5% Mg 0,5% Mn va boshqalar Bardoshli, yengil Aviatsiyada, velosiped qismlari va boshqalar Monel-metall 65 — 70% Ni 30% Cu, Fe, Mn aralashmalari Yemirilishga barqaror, ishqalanishga chidamli Kimyo, neft sanoatida, tibbiyotda, kema, moneta yasashda ishlatiladi Zanglamaydigan poʻlat 60 — 80% Fe 10 — 20% Cr 8 –20% Ni va boshqalar Mexanik barqarorlik, yemirilishga barqaror Xirurgiya asboblari, idish-tovoqlar Nixrom Ni, Cr, Fe, Mn Yuqori elektrli toʻsiq, yuqori haroratga chidamli Elektr qizdirish elementlari
Havolalar Kimyo, metallar
Turkum:Metallurgiya