Qodir Ibragimov (; 1966-yil 28-mayda Nukusda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida asosan himoyachi ampulasida oʻynagan. U 1980-yillar boshidan 2000-yillarning boshigacha Oʻzbekiston va Qozogʻistonning turli klublari safida toʻp surgan. Ibragimov 1992-yilda Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida ikkita norasmiy xalqaro uchrashuvda ishtirok etgan.
Klublardagi karyerasi Qodir Ibragimov professional futbolchilik faoliyatini Nukusning „Amudaryo“ (hozirgi „Aral samali“) futbol klubida boshlagan. U 1983-yilgi mavsumda jamoa safida sobiq Ittifoq ikkinchi ligasi musobaqalarida debyut qilgan. Ushbu mavsumning birinchi yarmini „Paxtakor FM“ klubida ijarada oʻtkazgan futbolchi yana jamoa safiga qaytgan. U 1984 va 1985-yilgi mavsumlarda ham jamoaning asosiy futbolchilaridan biri boʻlgan.
1986-yilda Ibragimov „Sohibkor Xalqobod“ klubiga oʻtgan. Mazkur mavsumda u 35 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol muallifi boʻlgan. Keyingi uch mavsumni Qozogʻistonning „Meliorator Qiziloʻrda“da jamoasi safida oʻtkazgan. 1987–1989-yillar davomida u klub safida muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻlib, jami 66 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 13 ta gol muallifi boʻlgan.
1990-yilda Ibragimov „Qaysar“ klubi bilan shartnom imzolagan. Ushbu mavsumda u 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. 1991-yil boshida qisqa muddat „Navroʻz Andijon“ safida oʻynagan boʻlsa, oʻsha yilning oʻzida yana Nukusga qaytib, „Aral Nukus“ klubi tarkibiga qoʻshilgan. 1992-yilgi Oʻzbekiston oliy ligasi mavsumida Aral safida 28 ta uchrashuv oʻtkazib, 4 ta gol urgan.
1993-yildan boshlab faoliyatini yana Qozogʻistonda davom ettirgan. U „SKIF-Odarbasi“ klubida 1993–1996-yillar oraligʻidagi toʻrt mavsumda 126 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan. 1997–2000-yillarda „Jiger“ jamoasi sharafini himoya qilib, Qozogʻiston Premyer-ligasida toʻp surgan. Faoliyatining soʻnggi yillarida „Nasha Kampaniya Astana“ va „Qarabastau Qaskeleñ“ klublarida oʻynagan hamda 2002-yilda professional faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoadagi karyerasi Ibragimov 1992-yilda Oʻzbekiston futbol terma jamoasiga jalb etilgan. U 17-iyun kuni Tojikistonga qarshi va 28-iyun kuni Turkmanistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan. Mazkur bahslar FIFA tomonidan rasmiy xalqaro oʻyin sifatida tan olinmagan boʻlsa-da, Oʻzbekiston milliy jamoasining ilk uchrashuvlari qatoriga kiritilgan.
Shaxsiy hayoti Qodir Ibragimovning akasi Sodiq Ibragimov ham futbolchi sifatida faoliyat yuritgan. Qodir faoliyatini yakunlaganidan soʻng 11 yil davomida futbol hakami sifatida ham ish olib borgan. Keyinchalik Qoraqalpogʻistondagi bir necha oliygoh va futbol maktablarida murabbiylik qilgan.
Manbalar
Havolalar Qodir Ibragimov Footballfakts saytida
turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qoraqalpogʻistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Aral Samali klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:FC Kaisar jamoasi futbolchilari Turkum:FC Jiger futbolchilari Turkum:Nasha Kampaniya klubi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari Turkum:SSSR ikkinchi ligasi futbolchilari