The Story of My Typewriter — Paul Auster tomonidan 2002-yilda yozilgan, rassom Sam Messerning rasmlari bilan boyitilgan kitob. Asar muallifning eski Olympia yozuv mashinkasi haqida hikoya qiladi. Auster ushbu yozuv mashinkasini 1962-yildan beri ishlatib kelgan sobiq kollejdoshidan 1974-yilda sotib olgan. Taʼkidlanishicha, shundan buyon muallifning barcha asarlari aynan shu yozuv mashinkasida terilgan.

Qabul qilinishi Publishers Weekly nashri kitobni „gʻayrioddiy, ammo oʻziga rom etuvchi“ asar sifatida baholab, Paul Austerning yozuv uslubi va Sam Messerning tasviriy ishlarini yuqori baholagan.

Manbalar