Zafar Toʻrayev (1990-yil 1-avgustda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida asosan chap qanot yarim himoyachisi va hujumkor yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. Shuningdek, oʻng qanot yarim himoyachisi sifatida ham maydonga tushgan. U Oʻzbekiston Superligasining „AGMK“, „Qizilqum“, „Mashʼal“, „Metallurg Bekobod“, „Navbahor“, „Qoʻqon 1912“ va „Oqtepa“ klublari safida toʻp surgan. 2022-yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Klublardagi karyerasi Zafar Toʻrayev professional faoliyatini „AGMK“ klubida boshlagan. U 2011-yilda jamoaning asosiy tarkibiga jalb etilib, Oʻzbekiston oliy ligasi uchrashuvlarida debyut qilgan. 2011–2012-yillar davomida esa jamoa safida muntazam ravishda oʻyin amaliyotiga ega boʻla boshlagan.
2013-yilgi mavsumning birinchi yarmida „Qizilqum“ sharafini himoya qilgan. Klub safida qisqa vaqt ichida samarali oʻyin namoyish etib, chempionatda 11 uchrashuvda 5 ta gol urgan. Mavsumning ikkinchi yarmidan Muborakning „Mashʼal“ klubi safiga oʻtgan va keyingi toʻrt mavsum davomida ushbu jamoa asosiy futbolchilaridan biriga aylangan. „Mashʼal“ safida 2014–2017-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Superligasida 90 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol muallifi boʻlgan.
2018-yilda „Metallurg Bekobod“ klubiga koʻchib oʻtgan. Klub safidagi bir mavsumlik faoliyatidan keyin 2019-yil boshida „Navbahor“ bilan shartnoma imzolagan. Biroq mavsumning ikkinchi yarmida „Qoʻqon 1912“ safiga koʻchib oʻtgan.
2020-yilda Toʻrayev faoliyatini „Oqtepa“ klubida davom ettirishi maʼlum qilingan. U Pro liga hamda Oʻzbekiston Kubogi bahslarida jamoa sharafini himoya qilgan. Faoliyatining soʻnggi mavsumlarini ham ushbu klub safida oʻtkazib, 2022-yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Atlaschi FC futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Oqtepa klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari