Saud bin Abdulaziz ar-Roshid (; 1898 —1920) 1908–1920-yillarda Jabal Shammarning oʻninchi amiri boʻlgan.
Ilk hayoti
Saud taxminan 1898-yilda tugʻilgan. Otasi oʻsha paytdagi hukmron roshidiy amir Abdulaziz bin Mutaib ar-Roshid va onasi esa Moudi bintu Sabhan as-Sabhanning farzandi edi. 1906-yil 12-aprelda otasi Ravdat Muhanna jangida oʻldirildi va Saudning katta oʻgay akasi Mutaib uning oʻrniga amir boʻldi. Biroq Mutaibning togʻalari Saud, Faysal va Sulton bin Hamud ar-Roshid hokimiyat uchun kurashdilar va 1906-yil 31-dekabrda u hamda uning ikki tugʻishgan ukasi Mishʼal va Muhammad ular tomonidan oʻldirildi. Saud esa qutqarilib, togʻasi Hamud bin Sabhan as-Sabhan tomonidan Madinaga olib ketildi. Soʻngra Sulton bin Hamud ar-Roshid amir boʻldi. U va aka-ukalari uning Taymaga ketishi, Saud bin Hamud ar-Roshid esa amir boʻlishi kerakligi haqida kelishib oldilar. Ammo u ketgach, Saud uning barcha xazinani olib ketganidan xabardor boʻldi; shundan soʻng u shahar aholisini yigʻib, Mogugda unga yetib oldi va uni oʻldirdi. 1908-yil sentyabrda Hamud bin Sabhan as-Sabhan Madinadan qaytib kelib, Saud bin Hamudni oʻldirdi va oʻn yoshli Saud bin Abdulazizni amir deb eʼlon qildi.
Hukmronligi
Hamud Saud nomidan noib sifatida 1909-yilda vafot etguniga qadar hukmronlik qildi. Uning oʻrniga noiblikka as-Sabhan oilasining boshqa aʼzosi — Zamil bin Solim as-Sabhan keldi. Zamil 1914-yilgacha hukmronlik oʻsha yili Saud va uning amakivachchasi Saud bin Solih as-Sabhan uning suiqasdini uyushtirdilar. Aytishlaricha, buning bir sababi Ibn Saud bilan aloqalarni uzish-uzmaslik borasidagi nizo boʻlib, Zamil aloqalarni saqlab qolishni yoqlagan, Saud esa turkparast boʻlib, bunga qarshi boʻlgan. Zamil suiqasdidan soʻng Saud amirlik ustidan nazoratni qoʻlga oldi va Saud as-Sabhan uning vaziri boʻldi.
Birinchi jahon urushi davrida Saud Usmoniy imperiyasi bilan ittifoq tuzdi. U 1915-yilda Jarrab jangini Ibn Saudga qarshi boshladi. Natijada saudiylar tomonidagi Ajman kuchlari chetlatilgach va Ibn Saudning britaniyalik maslahatchisi William Shakespear halok boʻlgach, roshidiylar gʻalaba qozondi. Uning hukmronligiga buvisi Fotima bintu Zamil as-Sabhan taʼsir koʻrsatgan: u saudiylarni va vahhobiylikni yomon koʻrgan hamda xazinani boshqargan.
1920-yilda u amakivachchasi Abdulloh bin Talol tomonidan suiqasd bilan oʻldirildi. Uning bevalaridan biri — Shammar qabilasining Abda qismidan boʻlgan Fahda bint Asi Al Shuraim Ibn Saudga qayta turmushga chiqib, uning toʻqqizinchi xotini hamda Saudiya Arabistoni qiroli Abdullohning onasi boʻldi.
Manbalar
Havolalar Ar-Roshid hukam.netda, suratlar va bayroqlar bilan.
Turkum:20-asrda o‘ldirilgan monarxlar Turkum:20-asr monarxlari Turkum:20-asrda Osiyodagi hukmdorlar Turkum:Yaqin Sharqda 20-asr monarxlari Turkum:1898-yilda tugʻilganlar Turkum:1920-yilda vafot etganlar Saud Abdulaziz