Samira Ismailova (2007-yil 29-iyunda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik trek va shosse velopoygachisi. Velotrek boʻyicha Osiyo kubogi gʻolibi va sovrindori (2026), 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Osiyo chempioni (2026). U Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hamda 7 Saber Uzbekistan Women Cycling Team jamoasi aʼzosi boʻlib, Olga Zabelinskaya murabbiyligida mashgʻulot oʻtkazadi.

Faoliyati

2025-yilda Malayziyaning Nilai shahrida oʻtkazilgan Velotrek boʻyicha Osiyo chempionatida Ismailova oʻsmirlar oʻrtasidagi yakkalik quvish (3000 m) poygasida 3:46.800 natija bilan jahon rekordini oʻrnatdi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2026-yil fevral oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida oʻtkazilgan Shosse velosporti boʻyicha Osiyo chempionatida 23 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi 109,2 km masofali poygada gʻolib chiqdi va oltin medalga sazovor boʻldi.

2026-yil avgust oyida Nilai shahrida oʻtkazilgan Velotrek boʻyicha Osiyo kubogida kattalar (Elite) oʻrtasida yakkalik quvish poygasida oltin medal hamda ochkolar boʻyicha poygada bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Natijalari

Shosse 2024 2-oʻrin: Osiyo chempionati — yakkalik poyga U19 2-oʻrin: Osiyo chempionati — aralash estafeta U19

2025 1-oʻrin: Osiyo chempionati — yakkalik poyga U19 1-oʻrin: Osiyo chempionati — aralash estafeta U19

2026 1-oʻrin: Osiyo chempionati — guruh poygasi U23 2-oʻrin: Oʻzbekiston chempionati — yakkalik poyga

Trek 2024 2-oʻrin: Osiyo chempionati — omnium U19

2025 1-oʻrin: Osiyo chempionati — yakkalik quvish U19 1-oʻrin: Osiyo chempionati — omnium U19 3-oʻrin: Osiyo chempionati — ochkolar boʻyicha poyga U19 3-oʻrin: Osiyo chempionati — medison U19

2026 1-oʻrin: Osiyo kubogi — yakkalik quvish (Elite) 3-oʻrin: Osiyo kubogi — ochkolar boʻyicha poyga (Elite)

Manbalar

Turkum:2007-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan kishilar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol velopoygachilar