Paulo Henrique Chagas de Lima (Paulo Enrike Ganso yoki shunchaki Ganso (soʻzma-soʻz tarjimasi „gʻoz“) nomi bilan tanilgan; 1989-yil 12-oktyabrda tugʻilgan) — braziliyalik professional futbolchi, „Fluminense“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida toʻp suradi.

„Santos“ klubi tarbiyalanuvchisi boʻlgan Ganso 2009-yilda Braziliya A seriyasining „Yil kashfiyoti“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan. U bir qator sovrinlarni, jumladan, 2011-yilgi Libertadores kubogini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda „São Paulo“ga koʻchib oʻtgan va 2016-yilda „Sevilla“ safiga qoʻshilishdan avval, 2014-yilgi Braziliya A seriyasining eng yaxshi yarim himoyachisi deb topilgan. U Ispaniya klubida asosiy tarkib oʻyinchisiga aylana olmadi va 2019-yilda „Amiens“dagi qisqa muddatli ijaradan soʻng „Fluminense“ bilan shartnoma imzolab, oʻz vataniga qaytdi.

Ganso Braziliya milliy terma jamoasi safida sakkizta oʻyin oʻtkazgan va 2011-yilgi Amerika kubogi hamda Yuz yillik Amerika kubogi musobaqalarida qatnashgan jamoalar tarkibida boʻlgan. U 2012-yilgi Olimpiada turnirida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Santos FC futbolchilari Turkum:São Paulo FC futbolchilari Turkum:Sevilla FC futbolchilari Turkum:Amiens SC futbolchilari Turkum:Fluminense FC futbolchilari Turkum:Serie A (Braziliya) futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Copa Libertadoresda gʻolib bolgan futbolchilar Turkum:Copa Sudamericana turnirida gʻolib bolgan futbolchilar Turkum:Braziliya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Braziliya 20 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Braziliya olimpiya milliy futbol terma jamoasi futbolchilari Turkum:Copa América 2011 oʻyinchilari Turkum:2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari