Muhammad ibn al-Hanafiya (; ) — 4-xalifa Alining oʻgʻli. Otasining xalifalik davrida uning ishonchli lashkarboshilaridan biri va harbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan. Alining oʻldirilishi hamda uning ikki oʻgʻli Hasan va Husaynning vafotidan soʻng koʻpchilik Ibn al-Hanafiyani xalifa Ali avlodlarining boshligʻi sifatida tan olgan. Ibn al-Hanafiyaning vakili ekanini daʼvo qilgan Muxtor as-Saqafiy 686-yilda Iroqda qoʻzgʻalon koʻtargan. Uning asosiy maqsadi Umaviylar xalifasi Yazidning qoʻshinlari tomonidan Karbalo jangida qirgʻin qilingan Husayn va uning qarindoshlari uchun qasos olish boʻlgan. Ibn al-Hanafiya esa bu qoʻzgʻalonda faol ishtirok etmagan va Muxtor as-Saqafiyning harakatiga ochiqchasiga qoʻshilmagan. Shunga qaramay, Ibn al-Hanafiyya xalifa Abdulloh ibn az-Zubayr tomonidan hibsga olinganida Muxtor uni ozod qilib qutqarib qolgan.
Muxtor as-Saqafiy 686–687-yillarda magʻlubiyatga uchrab, vafot etganidan keyin ham Ibn al-Hanafiyyani qoʻllab-quvvatlash harakatlari davom etgan. Bu tarafdorlik keyinchalik Kaysoniya deb atalga, hozirda yo'q bo'lib ketgan shialik mazhabi shaklida namoyon boʻlgan. Kaysoniylar imomat Ibn al-Hanafiyya va uning avlodlari, ayniqsa, uning oʻgʻli Abu Hoshimga borib taqaladi, deb hisoblagan. Ibn al-Hanafiyya 700–701-yillarda vafot etganidan keyin, ayrim kaysoniylar uni Mahdiy bo‘lgan, deb e’lon qilganlar. Ularning e’tiqodiga ko‘ra, Mahdiy qiyomat yoki oxirzamon yaqinida yana qaytib kelib, adolatsizlik va yovuzlikni yo‘q qiluvchi islomiy najotkor rahbar hisoblangan. Keyinchalik Kaysoniylar 750-yilda Umaviylar sulolasini ag‘darib tashlagan Abbosiylarga tashkiliy asos va siyosiy harakat uchun zarur bo‘lgan tuzilmani taqdim etgan.
Tavalludi Asosan, Ibn al-Hanafiya taxallusi bilan tanilgan. Onasi Banu Hanifa qabilasidan boʻlgan Havla bint Jaʼfar, otasi esa Ali ibn Abu Tolib boʻlgan. Ali islom paygʻambari Muhammadning amakivachchasi edi. U, shuningdek, toʻrtinchi Roshidun xalifasi () va birinchi shia imomi sifatida ham tan olinadi. Ibn al-Hanafiya taxminan 633 yoki 637638-yil (hijriy 16-yil)da tugʻilgan. Ibn al-Hanafiya Havlaning yagona farzandi edi. Havla ozod qilingan choʻri ayol boʻlib, Ali uni birinchi xotini, paygʻambar Muhammadning qizi Fotimaning vafotidan keyin bir muddat oʻtib nikohiga olgan. Ibn al-Hanafiyaning Abulqosim boʻlgan.
Yoshligi Uchinchi Roshidun xalifasi Usmon ibn Affon () oʻldirilganidan koʻp oʻtmay, Ali Madinada xalifa etib saylandi. Uning xalifaligi davrida Ibn al-Hanafiya janglarda Aliga hamrohlik qildi, uning bahodir jangchisi va bayroqdoriga aylandi. Ali 661-yil yanvarida Kufada oʻldirilgach, uning toʻngʻich oʻgʻli Hasan oʻsha yerda xalifa etib saylandi. Biroq u keyinchalik 661-yilning avgust oyida Muoviya I ning () foydasiga taxtdan voz kechdi. Hasan 669-yilda Madinada vafot etdi. U, ehtimol, Muoviyaning undovi bilan zaharlangan. Shu tariqa Muoviya oʻgʻli Yazidning () xalifa sifatida taxtga kelishi uchun yoʻl ochdi. Musulmon tarixchilari tomonidan Yazid koʻpincha dindan yiroq va axloqsiz hukmdor sifatida tasvirlanadi. Shundan soʻng Hasanning oʻrniga uning ukasi Husayn keldi. Rivoyat qilinishicha, Umaviy xalifa Marvon Hasanning vafotidan keyin uni bobosining yoniga dafn etilishiga toʻsqinlik qilgach, Ibn al-Hanafiya Husaynni akasini Baqi qabristoniga dafn etishga koʻndirgan deyiladi.
Karbalo jangi 680-yilda Muoviya vafot etib, Yazid hokimiyatga kelganidan soʻng, Madina hokimiga Husaynning unga bayʼat qilishini buyurdi. Husayn esa Yazidni xalifa sifatida tan olmaslik uchun darhol Makkaga yoʻl oldi. Husayn Makkada Kufa aholisining uni qoʻllab-quvvatlashini bildiruvchi bir qancha maktublar oldi, ularning qay niyatda bunday maktub yoʻllagani Husaynning elchisi Muslim ibn Oqil tomonidan tekshirildi. Maʼlumotlarga koʻra, koʻplab kishilar qatori Ibn al-Hanafiyya ham Husaynni kufaliklarga ishonmaslik haqida ogohlantirgan, chunki ular ilgari xalifa Ali va uning oʻgʻli Hasanga ham xiyonat qilgan edi. Ibn al-Hanafiyya Husaynga Makkada qolishni yoki Yamanga borib, oʻsha yerda yashirinib turishni maslahat bergan. Biroq Husayn bu ogohlantirishlarga quloq solmagan, u Yazidning zulmiga qarshi kurash yoʻlida shahid boʻlishga tayyor ekanini aytgan. 680-yilda Kufaga ketayotgan Husaynning kichik karvoni Umaviy qoʻshini tomonidan toʻxtatildi. Shundan keyin oʻrtada Karbalo jangi sodir boʻlgan. Husayn bu jangda aksariyat erkak qarindoshlari hamda bir qancha hamrohlari bilan birga halok boʻlgan. Ular bir necha kun davomida qurshovda qolgan, hatto yaqin atrofdagi Furot daryosidan ichimlik suvi olish imkonidan ham mahrum qilingan. Jangdan soʻng Husaynning qarorgohidagi ayollar va bolalar asir olinib, Umaviylar poytaxti Damashqqa olib ketilgan. Amalda kufaliklar o'zlari vaʼda qilgan yordamni koʻrsatmagan, chunki Kufaning yangi hokimi Ubaydulloh ibn Ziyod Husaynning elchisini oʻldirib, kufalik qabila boshliqlarini qoʻrqitgan. Husayndan farqli oʻlaroq, siyosatdan yiroq Ibn al-Hanafiya Yazidga bayʼat qilgani aytiladi.
Muxtor as-Saqafiy qoʻzgʻoloni Husaynning vafotidan soʻng uning tirik qolgan yagona oʻgʻli Ali ibn Husayn Zayn al-Obidin Madinada siyosatdan chetda hayot kechirdi. Shu sababli koʻpchilik Ibn al-Hanafiyani Ali xonadonining boshligʻi deb hisoblay boshladi. Darhaqiqat, Muxtor as-Saqafiy tez orada Kufada Ibn al-Hanafiyaning vakili ekanini daʼvo qilib, Karbalo qirgʻini uchun qasos olishga chaqirdi. Uning bu harakatlari 684-yilda unga muqobil ravishda koʻtarilgan Tavvobin qoʻzgʻolonining magʻlubiyatga uchrashi orqali yanada kuchaydi. Muxtor as-Saqafiy oxir-oqibat 686-yilda Kufani Abdulloh ibn az-Zubayrdan tortib olib, shahar ustidan nazoratni qoʻlga kiritdi. Abdulloh ibn az-Zubayr esa 680-yilda Makkada Roshidun xalifaligi anʼanalariga asoslangan, Umaviylarga raqib boʻlgan muqobil xalifalikni tashkil qilgan edi. Bu xalifalik Roshidun xalifaligi anʼanalariga tayangani sababli bilvosita sunniylik yoʻnalishiga mansub deb qaraladi. Muxtor aslida siyosiy jihatdan faol boʻlmagan Ibn al-Hanafiyaning nomidan ish koʻrganmi yoki yoʻqmi — bu masala shubhali. Shunga qaramay, Ibn al-Hanafiyaning aniq pozitsiya bildirmagan javobi Kufadan kelgan elchilar tomonidan Muxtorga bilvosita rozilik yoki qoʻllab-quvvatlash sifatida talqin qilingan. Bu esa oʻz navbatida kufaliklarning Muxtorni qoʻllab-quvvatlashini kuchaytirgan.
Mahdiy Husaynning vafotidan keyin Muxtor ehtimol Ibn al-Hanafiyani qonuniy imom deb hisoblagan, uni Hasan va Husayndan keyin Alining tirik qolgan merosxoʻri deb atagan. Muxtor Ibn al-Hanafiyani Mahdiy deb ham atagan. Biroq bu paytda ushbu unvon, ehtimol, hali hech qanday mahdiylik maʼnosini anglatmagan. Har holda, Ibn al-Hanafiyya bu unvonni qoʻllashdan oʻzini chetga olgani aytiladi. U oʻz vatani Madinada qolib, qoʻzgʻolonga faol ravishda rahbarlik qilishdan bosh tortgan. Uning qoʻzgʻolonga munosabati aniq boʻlmaganini koʻrsatuvchi dalillardan biri shuki, keyingi yillarda oʻtkazilgan ayrim Haj ziyoratlarida u Ali xonadonining rahbari sifatida tan olingan va uning nomidan maxsus bayroq koʻtarilgan, deb aytiladi.
Husaynning o'limi uchun qasos Vaʼdasiga sodiq qolgan holda Muxtor Karbalo qirgʻini uchun javobgar deb hisoblangan bir nechta shaxslarni oʻldirdi. Ular orasida Kufa hokimi Ibn Ziyod va Umaviy qoʻmondoni Umar ibn Sa'd (milodiy 686-yilda vafot etgan) bor edi. Ayrim rivoyatlarga koʻra, Umarning boshi Ibn al-Hanafiyaga yuborilgan. Shuningdek, hujum natijasida Shamir ibn Zi al-Javshan ham oʻldirilgan. Shimr Karbaloda Husaynning boshini kesishga mas’ul boʻlgan shaxslardan biri sifatida qaraladi. Bundan tashqari, Murra ibn Munqiz al-Abdiy qasos olish maqsadida uyushtirilgan hujumdan omon qolgan, biroq ogʻir yaralangan. Aytishlaricha, u Husaynning oʻgʻli Ali al-Akbarni oʻldirgan. Asmo ibn Xorija al-Fazoriy va Muhammad ibn al-Ashʼas al-Kindiylar Muxtorning hujumidan qutulib qolgan. Asmo Muslim ibn Oqilning oʻlimidagi roli uchun qidiruvga berilgan, Muhammad esa Karbaloda Husaynni haqorat qilganlikda ayblangan.
Ibn az-Zubayr bilan qarama-qarshiligi Ibn al-Hanafiyya barcha musulmonlar oʻrtasida umumiy kelishuvga erishilishini kutayotganini aytib, Makkada oʻzini xalifa deb eʼlon qilgan Abdulloh ibn az-Zubayrga bay’at berishdan bosh tortgan. Shu sababli, ayrim tadqiqotchilar Ibn al-Hanafiya ham xalifalik kabi oliy hokimiyatni egallash uchun siyosiy daʼvolari boʻlgan boʻlishi mumkinligini taxmin qilganlar. Ehtimol, aynan uning Abdulloh ibn az-Zubayrga bay’at berishdan bosh tortgani va Muxtorning Kufani egallab olgani Makkadagi xalifani Ibn al-Hanafiyani qamoqqa olishga undagan. Shundan soʻng Ibn al-Hanafiya yordam soʻrab Muxtorga xat yozgan va u Muxtor yuborgan harbiy boʻlinmalar tomonidan ozod qilingan. Aytishlaricha, bu qutqaruv amaliyoti qon toʻkilmasdan amalga oshirilgan, chunki Ibn al-Hanafiya Muxtorning odamlariga Makkaning muqaddas hududida jang qilishni taqiqlagan edi. Ibn al-Hanafiyaning Muxtordan yordam soʻragani uning Muxtorga nisbatan siyosiy jihatdan passiv munosabati avvalgi manbalarda boʻrttirib koʻrsatilgan boʻlishi mumkinligini anglatadi. Shundan keyin Ibn al-Hanafiya Makkaga yaqin joylashgan Mino vodiysida, keyinchalik esa Toifda istiqomat qilgan.
Muxtorning oʻlimi Muxtor 686687-yillarda magʻlub etilib oʻldirildi, biroq Ibn al-Hanafiya keyinchalik ham obroʻsini yoʻqotmadi. Bu esa, ehtimol, Ibn al-Hanafiyya bilan Muxtor oʻrtasidagi aloqalar unchalik kuchli boʻlmaganini koʻrsatadi. Ibn al-Hanafiya Zubayriylar hukmronligi qulagan 692-yilgacha ikki raqib xalifalikning hech birini qoʻllab-quvvatlamay kelgan. Zubayriylar magʻlubiyatga uchragach, u Umaviylar xalifasi Abdulmalikka () bayʼat bergan. Ayrim rivoyatlarga koʻra, u 692-yilda Damashqqa borib, xalifa bilan uchrashgan va xalifa unga katta miqdorda mukofot yoki moddiy tovon bergan.
Shajarasi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Tobein Turkum:700-yilda vafot etganlar Turkum:Alining farzandlari Turkum:Arab shahzodalari Turkum:7-asr arab shaxslari Turkum:Mahdiylik Turkum:Xalifalarning oʻgʻillari