Zamioculcas — Araceae oilasiga mansub gulli oʻsimliklar urugʻi. Unga faqat bitta tur — Zamioculcas zamiifolia kiradi. Bu koʻp yillik tropik oʻt oʻsimlik boʻlib, Sharqiy Afrikada, jumladan Keniya, Kvazulu-Natal, Malavi, Mozambik, Tanzaniya va Zimbabveda yovvoyi holda oʻsadi. Uning xalq orasidagi nomlari orasida „Zanzibar marvaridi“, „Zuzu oʻsimligi“, „zumrad palma“, „ZZ oʻsimligi“, „kuchala palma“ va „abadiyat oʻsimligi“ kabi nomlari bor. Odatda, jozibador yaltiroq barglari va parvarishining osonligi tufayli xonaki gul sifatida oʻstiriladi. Zamioculcas zamiifolia USDA tasnifidagi 9 va 10-zonalarda qishga chidamlidir.
Tavsifi
Vegetativ xususiyatlari Bu quruqlikda oʻsadigan, sersuv, sekin oʻsuvchi, zaharli, doimiy yashil, ildizpoyali, koʻp yillik oʻt boʻlib, uning tik oʻsuvchi, patsimon murakkab, 40–60 sm uzunlikdagi barglarida 6–8 juftdan bargcha boʻladiZamioculcas zamiifolia. (n.d.). Royal Horticultural Society. Retrieved January 4, 2026, from https://www.rhs.org.uk/plants/19185/wd/details. Barg bandi yoʻgʻon boʻladi. Uning yirik, piyozsimon, sershira, kartoshkasimon ildizpoyasi mavjudQueensland Government. (n.d.). Zanzibar gem. Queensland Poisons Information Centre. Retrieved January 4, 2026, from https://www.poisonsinfo.health.qld.gov.au/plants-and-mushrooms/zanzibar-gem-zamioculcas-zamiifolia.
Generativ xususiyatlari Gullari 5–7 sm uzunlikdagi kichik, och sariqdan jigarranggacha yoki bronza ranggacha boʻlgan soʻtada hosil boʻladi va sargʻish-yashil rangli toʻpgul oʻrami bilan oʻralgan boʻladi. Butun toʻpguli shoxlar asoslari orasida qisman yashiringan boʻladi. Gullash davri yoz oʻrtalaridan kuz boshlarigacha davom etadi.
Xromosomalar soni Xromosomalar soni 2n = 34 ga tengMarchant, C. J. (1973). Chromosome variation in Araceae: V. Acoreae to Lasieae. Kew Bulletin, 199-210.Vanzie-Canton, S. D., & Leonhardt, K. W. (2007, June). In vivo polyploidization of Zamioculcas zamiifolia. In VI International Symposium on New Floricultural Crops 813 (pp. 531-538)..
Taksonomiyasi U ilk marta 1829-yilda Konrad Loddiges tomonidan Caladium zamiifolium G.Lodd. sifatida tavsiflanganCaladium zamiifolium G.Lodd. (n.d.). International Plant Names Index. Retrieved January 4, 2026, from https://www.ipni.org/n/86441-1. 1905-yilda Adolf Engler tomonidan Zamioculcas Schott monotipik turkumiga Zamioculcas zamiifolia (G.Lodd.) Engl. nomi bilan kiritilganZamioculcas zamiifolia (G.Lodd.) Engl. (n.d.). Plants of the World Online. Retrieved January 4, 2026, from https://powo.science.kew.org/taxon/urn:lsid:ipni.org:names:89402-1.
Etimologiyasi Zamioculcas turkumi oʻz nomini barglarining Zamia turiga oʻxshashligi va Araceae oilasiga mansub Colocasia turkumi bilan yaqinligidan olgan. Colocasia nomi esa culcas yoki colcas soʻzidan kelib chiqqan (qadimgi Yaqin Sharq nomidan), arabcha qolqas esa taroga nisbatan qoʻllanadi.
Zamiifolia tur nomi „Zamia barglariga oʻxshash“ degan maʼnoni anglatib, Zamia botanik nomi va lotincha folium, yaʼni „barg“ soʻzidan hosil boʻlgan.
Tarqalishi va yashash muhiti right|thumb|307x307px|Toʻpguli Uning vatani Keniya, Janubiy Afrika (Kvazulu-Natal), Malavi, Mozambik, Tanzaniya va ZimbabvedirSouth African National Biodiversity Institute (SANBI). (n.d.). Zamioculcas zamiifolia (Lodd.) Engl. SANBI Red List of South African Plants. Retrieved January 4, 2026, from https://redlist.sanbi.org/species.php?species=3625-1.
Tabiatni muhofaza qilish holati Janubiy Afrikada uning milliy muhofaza maqomi „Xavf ostida emas“ deb belgilanganSouth African National Biodiversity Institute (SANBI). (n.d.). Zamioculcas zamiifolia (Lodd.) Engl. SANBI Red List of South African Plants. Retrieved January 4, 2026, from https://redlist.sanbi.org/species.php?species=3625-1.
Yetishtirish U xona oʻsimligi sifatida oʻstiriladi. Gollandiya pitomniklari taxminan 1996-yildan boshlab oʻsimlikni keng miqyosda tijoriy koʻpaytirishni yoʻlga qoʻygan.
Kultivarlari Zamioculcas zamiifolia HANSOTI13, savdoda „Zenzi“ nomi bilan mashhur. Zamioculcas zamiifolia Dowon, savdoda „Raven“ nomi bilan mashhur boʻlib, Costa Farms tomonidan litsenziyalangan. Zamioculcas zamiifolia Super Nova Zamioculcas zamiifolia Chameleon
Harorat alt=Koʻk guldondagi Raven ZZ zamiokulkasi.|thumb|Raven ZZ Zamioculcas zamiifolia 'Dowonʼ alt=Kulrang guldondagi Zamioculcas zamiifolia 'Chameleonʼ.|thumb|Zamioculcas zamiifolia 'Chameleonʼ Harorat 15 °C dan pastga tushmasa, ochiq havoda ham oʻsa oladi; ammo eng yaxshi oʻsish 18 dan 26 °C gacha boʻlgan haroratda kuzatiladi, yuqori harorat esa barglar hosil boʻlishini koʻpaytiradi. Moʻtadil mintaqalarda xona oʻsimligi sifatida oʻstiriladi. Haddan tashqari koʻp sugʻorish ildizmevaning chirishiga olib kelib, oʻsimlikni nobud qilishi mumkin. Yorqin, ammo toʻgʻridan-toʻgʻri tushmaydigan yorugʻlik eng maʼqulidir. Qisman quyosh nuriga chidamli.
Koʻpaytirish Zamioculcas zamiifolia barg qalamchalaridan koʻpaytiriladi. Buning uchun uzib olingan barglarning pastki qismi nam, gʻovak tuproqqa suqiladi va tuvakning usti polietilen xalta bilan oʻraladi. Vaqt oʻtishi bilan barglar chirishi mumkin, ammo xalta ichida suvli, piyozchaga oʻxshash tuganaklar hosil boʻlishi kerak. Yangi oʻsimliklar oʻstirish uchun ana shu tuganaklarni tuvakka ekish mumkin. Bu jarayon bir yildan koʻproq vaqt talab qilishi mumkin. Shuningdek, oʻsimlikni ildizpoyasini boʻlish orqali ham koʻpaytirish mumkin.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Uy o‘simliklari Turkum:Sukkulentlar Turkum:Araceae