Yves Bissouma (Yves Bissouma; 1996-yil 30-avgustda tugʻilgan) — malilik futbolchi, tayanch yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi. Kot-d’Ivuarda tugʻilgan boʻlsa-da, Mali milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Hozirda u erkin agent sanaladi. Uning soʻnggi klubi Angliya Premyer-ligasining „Tottenham Hotspur“ jamoasi boʻlgan.
Oʻzining professional faoliyatini „Real Bamako“ klubida boshlagan Bissuma 2016-yilda Fransiyaning Liga 1 chempionatidagi „Lille“ jamoasi bilan ilk professional shartnomasini imzolagan. Ikki yildan soʻng u oshkor etilmagan transfer narxi evaziga „Brighton & Hove Albion“ klubi safiga qoʻshilgan. Premyer-ligada toʻrt mavsum davomida asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlganidan keyin, 2022-yilda 30 million funt sterling evaziga „Tottenham Hotspur“ga oʻtgan va 2025-yilda ushbu klub bilan UEFA Yevropa Ligasida gʻolib chiqqan.
Bissuma Mali terma jamoasidagi debyutini 2016-yilda oʻtkazgan va toʻrt marta Afrika Millatlar Kubogi musobaqasiga tanlangan. U 2024-yilda CAF tomonidan „Yilning ramziy terma jamoasi“ tarkibiga kiritilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Malilik erkak futbolchilar Turkum:Kot-dʼIvuarlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Lille OSC futbolchilari Turkum:Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:AS Real Bamako futbolchilari Turkum:JMG Academy (Bamako) futbolchilari Turkum:Championnat National 1 futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Malilik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kot-dʼIvuarlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Mali A milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Mali milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari