Zrinka Cvitešić (1979-yil 18-iyulda tugʻilgan) — Xorvatiyalik kino, televideniye va teatr aktrisasi.
Biografiyasi
Ikki qizning kattasi boʻlgan Zrinka Cvitešić Karlovats shahrida, Karlovats okrugida Ivan va Višnja Cvitešić oilasida tugʻilgan. Uning onasi tugʻilib oʻsgan shahri yaqinidagi mahalliy katolik cherkovida organ chalgan. Cvitešić boshlangʻich maktabda oʻqib yurgan paytidayoq aktyorlik bilan shugʻullana boshlagan va uning ilk roli Zolushka obrazi boʻlganVečernji list — Zrinka Cvitešić. Večernji list, 1-dekabr 2016.
Teatr aktrisasi sifatida u 2005-yildan beri Xorvatiya milliy teatri aʼzosi hisoblanadi. 2013-yil aprel oyida Cvitešić Londondagi Phoenix Theatre teatrida Once myuziklidagi „Qiz“ rolini ijro etib, West End sahnasidagi debyutini amalga oshirdi. Uning ijrosi yuqori baholarga sazovor boʻldi va u Lorens Olivye mukofotining Eng yaxshi myuzikl aktrisasi nominatsiyasida gʻolib boʻldi.„Olivier Winners 2014“. Olivierawards.com, 13-aprel 2014
2005-yilda suratga olingan What Is a Man Without a Moustache? filmidagi ijrosi uchun Cvitešić 53-Pula kinofestivali 53. festival igranog filma u Puli , Pula kinofestivali. 2010-yil 9-martda foydalanilgan. va 11-Sarayevo kinofestivalidaPetković, Vladan. Lady Zee takes top Sarajevo honours, Screen Daily, 28-avgust 2005. 2010-yil 9-martda foydalanilgan. bosh roldagi eng yaxshi aktrisa mukofotlarini qoʻlga kiritdi.
2010-yilda Yevropa kino targ‘iboti tomonidan istiqbolli aktyorlarga beriladigan yillik Shooting Stars Award mukofotiga 60-Berlin xalqaro kinofestivalida sazovor boʻldi.Screen Daily: EFP reveals line-up for 2010 Shooting Stars talent showcase, 3-dekabr 2009
Cvitešić On the Path filmidagi ijrosi uchun Pula kinofestivalining eng nufuzli mukofoti — Oltin Arena mukofotiga sazovor boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
Cvitešić xorvatiyalik musiqachi Hrvoje Rupčić bilan munosabatda boʻlgan, biroq ular 2014-yilda ajrashishgan.Prekinuli Zrinka Cvitešić i Hrvoje Rupčić: „Od ovako strastvene veze zaista nismo niti ocekivali da završi uobičajeno!“. Index.hr, 28-yanvar 2014 U 2014-yilda tanishgan futbolchi Niko Kranjčar bilan uchrashib kelmoqda.NIKO KRANJČAR NOVA JE LJUBAV ZRINKE CVITEŠIĆ. Gloria.hr, 17-aprel 2014
Filmografiya
Kino rollari
Yil Film Roli Izohlar 1999 Rano buđenje Djevojka Qisqa metrajli film 2000 Veliko spremanje Sara 2001 Celestial Body Hamshira 2002 Persona ? 2003 Horseman Lejla 2004 Katarza ? 2004 La Femme Musketeer Elena 2004 Čuvaj se sinjske ruke Jingalak fohisha 2005 What Is a Man Without a Moustache? Tatjana 53-Pula kinofestivalida eng yaxshi aktrisa11-Sarayevo kinofestivalida eng yaxshi aktrisa Volim te Squosh qizi 2009 Zagrebačke priče ? 2009 Libertango Sophie 2010 On the Path Luna Iskandariyadagi Iskandariya kinofestivalida eng yaxshi aktrisa mukofotiEng yaxshi aktrisa uchun Oltin ArenaYevropa kino mukofotiga nominatsiya 2010 Torta s čokoladom Julijana 2011 Lea and Darija Ivka Deutsch 2011 Bella Biondina Vinka 2012 My Beautiful Country Danica 2012 Vegetarian Cannibal doktor Lovrić 2017 Lost in London Suen Woody Harrelson va Owen Wilson bilan birga rol ijro etgan 2017 Lucky Accident Crash Tara
Televizion rollari
Yil Film Roli Izohlar 2006–2007 Ples sa zvijezdama (Strictly Come Dancingning xorvatcha versiyasi) Ishtirokchi 2008 Vratiće se rode Mara 2010 Cinema 3Davorjanka Paunović 2010 Tito 2015 London Spy Sara 2015 Capital Matya 2023 The Power Tatiana Moskalev Asosiy rol
Manbalar
Havolalar