Nadr ibn al-Horis ibn Alqama ibn Kalada ibn Abdumanof ibn Abduddor ibn Qusay () — arab tabibi, islom paygʻambari Muhammadga qarshi turgan Quraysh qabilasining eng ashaddiy muxoliflaridan biri. Badr jangidan keyin asirga olingan. Jangda mushriklar safida ishtirok etgan jangchilardan va bayroqdorlardan biri boʻlgan. Makkada Muhammad paygʻambar va musulmonlarga qarshi faoliyati hamda ularni taʼqib qilgani sababli oʻlim jazosiga hukm qilingan. Uning qatl etilishi Ali tomonidan amalga oshirilgan. Ali Muhammad paygʻambar va sahobalari huzurida Madinaga qaytishlaridan avval as-Safro hududida uning boshini tanasidan judo qilgan.

Siyra manbalariga koʻra, ushbu voqea davomida ikki nafar asir — Nadr ibn al-Horis va Uqba ibn Abu Muayt qatl etilgan. Ulardan Nadr ibn al-Horisni Ali, Uqba ibn Abu Muaytni esa Osim ibn Sobit oʻldirgan. Professor Sara Bouen Savantning taʼkidlashicha, ushbu voqeadan soʻng Nadrning singlisi Qutayla binti al-Horisni uning vafoti munosabati bilan marsiya yozgan. Mazkur marsiyada u Nadrning qatl etilishiga sabab boʻlgan voqea yuzasidan Muhammad paygʻambarni qoralaganSarah Bowen Savant, The New Muslims of Post-Conquest Iran: Tradition, Memory and Conversion (Cambridge: Cambridge University Press, 2013), p. 176. E.g. Ibn Khallikanʼs Biographical Dictionary, trans. by Bn Mac Guckin de Slane, Oriental Translation Fund (Series), 57, 4 vols (Paris: Printed for the Oriental translation fund of Great Britain and Ireland, 1842-71), I 372..

Hayoti Makka davrda Nadr ibn al-Horis kichik musulmonlar jamoasiga nisbatan boykot eʼlon qilishni koʻzda tutuvchi hujjatni tuzgan shaxslardan biri boʻlgan. Ushbu boykot orqali musulmonlarga hech qanday mahsulot sotmaslik orqali ularni oziq-ovqatsiz qoldirish va natijada ochlikka duchor etish koʻzlangan. Shuningdek, u Makka davrida islom paygʻambari Muhammad va uning daʼvatiga qarshi chiqqan eng ashaddiy muxoliflardan hamda musulmonlarga qarshi taʼqiblarni kuchaytirgan shaxslardan biri sifatida qaraladi.

Badr jangida Nadrning qoʻshini musulmonlarga qarshi yurishda magʻlubiyatga uchragach, uning oʻzi asirga olingan va Makka davrida musulmonlarni taʼqib qilish hamda ularga qarshi olib borilgan tazyiqlardagi ishtiroki sababli qatl etilgan. Muhammad Mohar Ali ham an-Nadrni Muhammad paygʻambar Madinaga hijrat qilishidan avval uni oʻldirishga uringan suiqasdchilardan biri sifatida tilga olgan. Biroq britaniyalik sharqshunos David Samuel Margoliouth Nadr ibn al-Horis Muhammad paygʻambarga qarshi chiqqani va uni masxara qilgani sababli qatl etilgan, deb taʼkidlagan. Uning fikricha, bu talqin IX–X asrlarga oid ayrim musulmonlar manbalari, jumladan, Tabariy asarlarida ham qoʻllab-quvvatlangan. At-Tabariy Muhammad paygʻambarning Nadrni qatl etish haqidagi buyrugʻini asoslash maqsadida keltirilgan ogʻzaki rivoyatni bayon qilgan. Unda Nadr Muhammad paygʻambarni ayblagani qayd etilgan. Al-Voqidiy Nadr musulmonlardan nima sababdan qatl etilayotganini soʻraganida ular bunga uning musulmonlarni taʼqib qilgani va qiynoqqa solgani, shuningdek, Qur’onni masxara qilgani sabab boʻlganini aytganlari haqidagi rivoyatni keltirgan.

Yana qarang Hijoz Paygʻambar Muhammadning yurishlari roʻyxati Qutayla binti al-Horis

Manbalar

Turkum:7-asr arab shaxslari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:624-yilda vafot etganlar Turkum:Muhammadning muxoliflari