Lisa Daniela „Danni“ Di Toro (1974-yil 16-oktyabrda tugʻilgan) — avstraliyalik nogironlar aravachasidagi tennischi va para stol tennischisi. Di Toro Fransiya ochiq chempionatining 2010-yilgi juftlik bahslari chempioni hamda Masters turnirining juftlik chempioni hisoblanadi. Yakkalik bahslarida Di Toro dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi va ikki karra Masters finalchisi boʻlgan. 2015-yilda u para stol tennisiga oʻtgan va Avstraliya sharafini 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida himoya qilgan. U yerda Kurt Fearnley bilan birga jamoa sardori boʻlgan. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida (uning yettinchi Paralimpiadasi) u jamoa sardori va Ryley Batt bilan birga ochilish marosimida bayroqdor boʻlgan. Sportchi Parijda oʻzining sakkizinchi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti Daniela Di Toro 1974-yil 16-oktyabrda Melburnda (Viktoriya shtati) tugʻilgan. U 1988-yilda maktabdagi suzish musobaqasi paytida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa natijasida devor ustiga qulab tushishi sababli paraplegiya (oyoqlari falajlanishi) holatiga tushib qolgan. Shifoxonada yotganida Di Toro Avstraliya nogironlar aravachasidagi basketbol terma jamoasi aʼzosi Sandy Blythe bilan uchrashgan. U Di Toroni sport bilan shugʻullanishda davom etishga ilhomlantirgan. Di Toro Melburnning Tornberi shahar atrofida yashaydi va Melburnda yoshlar bilan ishlovchi mutassis boʻlib faoliyat yuritadi. U 2009-yilda Viktoriya universitetini Xitoy tabobati bakalavri darajasi bilan tamomlagan.
2017-yilda u Avstraliya Paralimpiya qoʻmitasining sportchilar bilan hamkorlik va farovonlik boʻyicha mas’ul xodimi hamda Sportchilar komissiyasining rais oʻrinbosari etib tayinlangan.
Nogironlar arabachasidagi tennis
Nogironlar aravachasidagi tennisda Di Toro T12/L1 paraplegiya toifasiga kiradi. U ilk bor toʻqqiz yoshida tennis oʻynashni boshlagan. Nogironlar aravachasidagi tennis bilan 1988-yilda shugʻullana boshlagan va 1989-yildan Avstraliya sharafini himoya qilishga kirishgan. 1991-yilda Avstraliya ochiq chempionatida gʻolib chiqqan — bu uning ushbu turnirdagi ikkita unvonidan birinchisi boʻlgan. Xalqaro miqyosda u dunyoning birinchi raqamli tennischisi darajasigacha koʻtarilgan. Sportchi Viktoriya sport institutining stipendiyasi sohibasi boʻlgan. Professional tennischi sifatida Di Toro uch yuzdan ortiq uchrashuvda gʻalaba qozongan. Unga Greg Crump murabbiylik qilgan. U Tennis markazida va Nunavadingda mashgʻulot oʻtkazgan. Sportchining klubdagi tennis faoliyati Wheelchair Sport Victoria bilan bogʻliq.
2010-yilgi mavsum oxirida Di Toro dunyo reytingida ikkinchi oʻrinni egallagan. 2010-yilgi mavsumda u Avstraliya ochiq chempionatida chorak finalga, Fransiya ochiq chempionatida yarim finalga va AQSh ochiq chempionatida finalga yetib borgan. 2010-yilda u Yaponiya ochiq chempionati va Koreya ochiq chempionatida gʻolib chiqqan. 2010-yilda Di Toro toʻrtta yirik tennis musobaqasining ayollar oʻrtasidagi juftlik bahslarida ishtirok etgan. Uning sheriklari Buyuk Britaniyalik Lucy Shuker va Gollandiyalik Aniek Van Koot boʻlgan. Di Toro 2011-yilda jarohat olgan hamda boʻyin umurtqasi yalligʻlanishi sababli Fransiya va Koreya ochiq chempionatlarini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan. Jarohat Yaponiya ochiq chempionatida ishtirok etayotganda sodir boʻlgan boʻlib, u umurtqalararo disk churrasi edi.
Paralimpiya oʻyinlari Di Toro nogironlar aravachasidagi tennischi sifatida ketma-ket 4 ta Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan: 1996-yil Atlantada, 2000-yil Sidneyda, 2004-yil Afinada va 2008-yil Pekinda. U 2000-yilgi Sidney oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi juftlik bahslarida Branka Pupovac bilan birga kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2004-yilgi oʻyinlarda esa ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida bronza medaliga ega chiqqan. Sportchi 2008-yilgi Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan hamda Avstraliya terma jamoasidagi yagona ayol nogironlar aravachasidagi tennischi boʻlgan.
Kobe Open Di Toro 2003-yilda Kobe Open musobaqasida ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida gʻalaba qozongan.
Sportdan tanaffus 2005-yilda Di Toro Xitoy tabobatini oʻrganishga koʻproq vaqt ajratish uchun professional tennisdagi faoliyatini yakunlagan. U faoliyatini 2 marta AQSh ochiq chempionati chempioni unvoni, 2000-yilgi Nogironlar aravachasidagi tennis Masters juftlik chempionligi hamda Paralimpiya oʻyinlarining kumush va bronza medallari bilan yakunlagan. 2005-yilda nafaqaga chiqqanidan soʻng ham u yosh tennischilarga murabbiylik qilish orqali nogironlar aravachasidagi tennis hamjamiyatida faol boʻlishda davom etgan.
Katta sportga qaytish 2007-yil yanvar oyida Di Toro professional tennisga qaytdi hamda Avstraliya ochiq chempionatining Super Series turnirida ishtirok etdi va birinchi bosqichda imkoniyatni boy berdi. U juftlik bahslarida koʻproq muvaffaqiyatga erishdi va sherigi Lucy Shuker bilan yarim finalgacha yetib bordi. U nafaqadan qaytganidan soʻng ilk bor 2009-yilda Uimbldon finaliga chiqdi. Keyinchalik u ketma-ket 6 ta finalda oʻynadi, jumladan |2010-yilgi Fransiya ochiq chempionatida Esther Vergeer va Sharon Walravenni magʻlub etib gʻolib boʻldi. Shuningdek, u yakkalik bahslarida ikkita finalda — 2010-yilgi AQSh ochiq chempionati va 2011-yilgi Avstraliya ochiq chempionatida ishtirok etdi. 2010-yilda u Nogironlar aravachasidagi tennis Masters turnirining yakkalik bahslarida finalga yetib bordi.
Para stol tennisi
U Para table tennisida 4-sinf toifasidagi stol tennischisidir. 2015-yil aprel oyida Di Toro Xalqaro stol tennisi federatsiyasi Okeaniya Para stol tennisi chempionatida C3-5 musobaqasida ustunlik qildi. Bu uning nogironlar aravachasidagi tennisdan para stol tennisiga oʻtgandan keyingi birinchi xalqaro musobaqasi edi.
2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u Ayollar oʻrtasidagi 4-sinf yakkalik bahslarida ikkala uchrashuvda ham magʻlub boʻldi va keyingi bosqichga oʻta olmadi. Darvinda boʻlib oʻtgan 2019-yilgi Okeaniya para stol tennisi chempionatida u ayollar oʻrtasida 2–5 sinf bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari u Ayollar oʻrtasidagi 4-sinf yakkalik bahslarida ikkala uchrashuvda magʻlubiyatga uchradi va guruhdan chiqa olmadi.
Di Toro 2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida Ayollar oʻrtasidagi C3-5 yakkalik bahslarida qatnashdi, biroq guruh bosqichidan oʻta olmadi. U 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Ayollar oʻrtasidagi 4-sinf yakkalik hamda 10-sinf juftlik bahslarida qatnashdi, biroq dastlabki uchrashuvlardagi magʻlubiyatdan soʻng bahslarni tark etdi.
Eʼtirof va mukofotlar
1999-yilda Di Toro „Avstraliyada yilning eng yaxshi Paralimpiyachisi“ deb topildi. 2000-yilda u Avstraliya sport medali bilan taqdirlandi, 2001-yilda esa „Yilning eng yosh Viktoriyalik sportchisi.“ deb eʼlon qilindi. 2010-yilda u Tennis Australia tomonidan „Imkoniyati cheklangan eng taniqli sportchi“ nominatsiyasiga koʻrsatildi. Sportchi 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Avstraliya terma jamoasiga Kurt Fearnley bilan birga sardor etib tayinlandi. 2019-yil noyabr oyida Ryley Batt hamda Daniela di Toro 2020-yilgi Tokio Paralimpiya oʻyinlarida Avstraliya terma jamoasining ham-sardorlari etib tayinlandilar. 2021-yil 23-avgustda di Toro va Batt 2020-yilgi Tokio Paralimpiya oʻyinlarida Avstraliya terma jamoasi bayroqdorlari sifatida eʼlon qilindi. 2022-yilda u Avstraliya Paralimpiya qoʻmitasining Prezident mukofoti bilan taqdirlandi.
Turnirlardagi natijalar xronologiyasi
**Chalkashliklarning oldini olish uchun ushbu jadvalga faqat 2002-yildan keyin Katta dubulgʻa kortlarida boʻlib oʻtgan musobaqalar kiritilgan. Nogironlar arabachasidagi yakkalik bahslari Turnir19961997199819992000200120022003200420052006200720082009201020112012Katta dubulgʻa turnirlariAustralian OpenOʻtkazilmaganFFFIshtirok etmagan1R1RYFChFFChF French OpenOʻtkazilmaganIshtirok etmaganYFAA US OpenOʻtkazilmaganIshtirok etmaganNHChFFCHFNHYil yakunlari boʻyicha chempionatWheelchair Tennis Masters FYFASFDBIshtirok etmaganYFFDBMilliy vakillikParalimpiya oʻyinlariYFOʻtkazilmaganChFOʻtkazilmaganYF-BOʻtkazilmagan1ROʻtkazilmagan
Nogironlar arabachasidagi juftlik bahslari Turnir19961997199819992000200120022003200420052006200720082009201020112012Katta dubulgʻa turnirlariAustralian OpenOʻtkazilmaganYFIshtirok etmaganChFYFYFFYFYF French OpenOʻtkazilmaganIshtirok etmaganG'A WimbledonOʻtkazilmaganFFA US OpenOʻtkazilmaganIshtirok etmaganNHFFChFYil yakunlari boʻyicha chempionatWheelchair Tennis MastersOʻtkazilmaganG'Ishtirok etmaganDBIshtirok etmaganMilliy vakillikParalimpiya oʻyinlariYFOʻtkazilmaganF-SOʻtkazilmagan?OʻtkazilmaganAOʻtkazilmagan
Manbalar
Tashqi havolalar
Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Avstraliyalik tennischilar