Al-Hayy yoki Hayy () — Islomda Allohning ismlaridan biri boʻlib, „Abadiy tirik“ degan maʼnoni anglatadiSaʼdi, A. A. al-R. N. (2008). In Explanation to the Beautiful and Perfect Names of Allah (pp. 39–40). Daar Us-Sunnah.. Al-Hayy hamma narsani koʻruvchi, hamma narsani eshituvchi va hamma narsaga qodir boʻlib, lanjlik yoki charchoqni boshdan kechirmaydi. Bu ism, shuningdek, islomiy dunyoqarashda barcha mavjudotlar — farishtalar, odamlar, jinlar va hayvonlar — hayotni Allohdan olishi gʻoyasiga ham ishora qiladi. Bundan tashqari, Alloh Oʻz kalomi (Qurʼon) orqali odamlarning qalblarini yoritadi, deb ishoniladi.
Hadisga koʻra, Muhammad paygʻambar bir kuni Ubayy ibn Kaʼbdan Qurʼondagi eng ulugʻ oyatini aytib berishini soʻragan. Sahoba Oyat al-Kursi deb javob bergan, paygʻambar esa uning buni bilganini eʼtirof etgan.
Oyat al-Kursi (Arsh oyati)
Musilmonlarda Al-Hayy Allohning eng ulugʻ ismlaridan biri hisoblanadi, chunki u Baqara surasining Arsh oyatida (Oyat al-Kursi) zikr qilingan. Bu oyat koʻplab musulmonlar tomonidan Qurʼondagi eng ulugʻ oyat deb ishoniladi va musulmon bolalar hamda yoshlar bu oyatni yod oladilarSeyyed Hossein Nasr, ed. (2018). The Study Quran. HarperCollins Publishers. p. 110.:
(اللَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ لَا تَأْخُذُهُ سِنَةٌ وَلَا نَوْمٌ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ مَنْ ذَا الَّذِي يَشْفَعُ عِنْدَهُ إِلَّا بِإِذْنِهِ يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يُحِيطُونَ بِشَيْءٍ مِنْ عِلْمِهِ إِلَّا بِمَا شَاءَ وَسِعَ كُرْسِيُّهُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَلاَ يَؤُودُهُ حِفْظُهُمَا وَهُوَ الْعَلِيُّ الْعَظِيمُ)
Yana qarang Hayyi Rabbi — mandeizmda Xudoning ismi Chai (ramz) — ibroniy tilida „hayot“ maʼnosini ifodalaydi. Arab tili bilan bir xil til oilasiga mansub.
Manbalar
Turkum:Islomda Allohning ismlari