Qara vohasi – (arabcha: , shuningdek Qarat Umm al-Sagir, arabcha: ) — Misrdagi voha va qishloq. Aholisi 363 kishi (2006-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra). Voha boshqalarga qaraganda juda kichik boʻlgani uchun koʻpincha Misr vohalari roʻyxatida eʼtibordan chetda qoladi.

U Kattara botiqligining shimoli-gʻarbiy chekkasida, Siva vohasidan 75 km shimoli-sharqda joylashgan va Matruh muhafazasining Siva okrugi tarkibiga kiradi.

Tarixi Dastlab qishloq aholisi yaqin atrofdagi qoyali togʻ tepasida barpo etilgan qal’ada yashagan, bu ularni dushmanlardan himoya qilgan. Bugungi kunda esa ular togʻ etagidagi oddiy uylarda istiqomat qilishadi. Aholining asosiy mashgʻuloti xurmo va zaytun yetishtirishdir.

Qishloqning oʻzi loy va tuz aralashmasidan tayyorlanadigan kershef xomashyosidan qurilgan meʼmoriy va arxeologik yodgorlik hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Matruh muhafazasi aholi punktlari Turkum:Misr vohalari Turkum:Misr qishloqlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari