Nubiya yodgorliklarini asrab qolish xalqaro kampaniyasi — bu 1960—1980-yillar oraligʻida Janubiy Misr va Shimoliy Sudandagi Quyi Nubiyada joylashgan 22 ta yodgorlikni boshqa joyga koʻchirishga qaratilgan saʼy-harakat. Bu ish Iyul inqilobidan soʻng boshlangan loyiha — Nil daryosining birinchi ostonasi (sayoz oqimli qismi)da Asvon toʻgʻonini qurishga yoʻl ochish maqsadida amalga oshirilgan. Loyiha UNESCO rahbarligida va ellikta davlatdan iborat koalitsiya tomonidan bajarilgan. Ushbu jarayon 1972-yilda Jahon merosi toʻgʻrisidagi konvensiyaning va shu tariqa UNESCOning Jahon merosi obyektlari tizimining yaratilishiga olib keldiThe World Heritage Convention: „Xalqaro miqyosda alohida xavotir uygʻotgan voqea Misrda Asvon yuqori toʻgʻonini qurish qarori edi; ushbu loyiha amalga oshirilgan taqdirda, qadimgi Misr tamaddunining durdonasi hisoblangan Abu Simbal ibodatxonalari joylashgan vodiy suv ostida qolishi mumkin edi. 1959-yilda Misr va Sudan hukumatlarining murojaatidan soʻng, UNESCO madaniy merosni asrab-avaylash boʻyicha xalqaro kampaniyani boshladi. Suv ostida qolishi kutilayotgan hududlarda arxeologik tadqiqotlar jadallashtirildi. Eng muhimi, Abu Simbal va Fila ibodatxonalari qismlarga ajratilib, quruq hududga koʻchirildi va qayta tiklandi. Kampaniya taxminan 80 million AQSh dollariga tushdi; mablagʻning yarmi 50 ga yaqin mamlakat tomonidan xayriya qilindi, bu esa noyob madaniy obidalarni saqlab qolishda xalqlar oʻrtasidagi hamjihatlik va umumiy masʼuliyat naqadar muhimligini namoyish etdi. Ushbu tashabbusning muvaffaqiyati boshqa muhim saqlash kampaniyalariga, jumladan, Venetsiya va uning lagunasini (Italiya) hamda Mohenjo-daro arxeologik yodgorliklarini (Pokiston) asrab qolish, shuningdek, Borobudur ibodatxonasi majmuasini (Indoneziya) qayta tiklash ishlariga turtki bo‘ldi. Natijada, UNESCO Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylar boʻyicha xalqaro kengash (ICOMOS) koʻmagida madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya loyihasini tayyorlash ishlarini boshladi“..
Asvon toʻgʻonining qurilishi 1952-yildagi Erkin zobitlar harakati tomonidan oʻrnatilgan yangi tuzumning asosiy maqsadlaridan biri boʻlgan. Bu suv toshqinlarini yaxshiroq nazorat qilish, sugʻorish uchun suv zaxirasini koʻpaytirish va gidroelektr energiyasini ishlab chiqarishga xizmat qilishi koʻzda tutilgan boʻlib, bularning barchasi Misrni sanoatlashtirish uchun hal qiluvchi omillar deb hisoblangan.
Toʻgʻonning qurilishi Nosir koʻlining paydo boʻlishiga olib kelishi va buning natijasida Nil daryosining toʻgʻondan janubga tomon choʻzilgan 479 km (298 mil) uzunlikdagi qirgʻoqlari suv ostida qolishi — yaʼni tarixiy Quyi Nubiya hududi toʻliq suvga choʻkishi kutilayotgan edi. Ushbu mintaqada 22 ta muhim tarixiy obyekt, jumladan, Abu Simbal ibodatxonalari, shuningdek, Fila, Kalabsha va Amada ibodatxonalari joylashgan edi.
Kampaniya UNESCO Courier nashrida „barcha davrlardagi eng ulkan arxeologik qutqaruv amaliyoti“ deb taʼriflangan.
1979-yil aprel oyida ushbu yodgorliklar roʻyxatga kiritilgan ikkinchi guruhdagi obyektlar qatorida Abu Simbaldan Filagacha boʻlgan Nubiya yodgorliklari nomi bilan Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi (birinchi 12 ta obyekt 1978-yilda qoʻshilgan).
Jahon merosi obyekti 1979-yil aprel oyida ushbu yodgorliklar Abu Simbaldan Filagacha boʻlgan Nubiya yodgorliklari nomi bilan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Roʻyxatga kiritilgan hudud oʻnta obidani oʻz ichiga oladi; ulardan beshtasi boshqa joyga koʻchirilgan (barchasi Asvon shahridan janubda), qolgan beshtasi esa oʻzining asl oʻrnida (Asvon shahri yaqinida) saqlanib qolgan:
Asvon quyi toʻgʻonidan janubda joylashgan va koʻchirilgan obidalar
Abu Simbal Yangi Amada Yangi Vodiy as-Sabua Yangi Kalabsha Fila ibodatxonalari majmuasi (Agilkia orolida)
Asvon quyi toʻgʻonidan shimolda, oʻzining asl joylashuvida saqlanib qolgan obidalar — garchi bu beshta obida Abu Simbaldan Filagacha boʻlgan Nubiya yodgorliklari turkumiga kiritilgan boʻlsa-da, ular na Nubiyaga tegishli, na Abu-Simbel va Fila oraligʻida joylashgan.
Qubbat al-Havo (Qadimgi va Oʻrta podsholik davri maqbaralari) Elefantina shahri xarobalari Tosh konlari va tugallanmagan obelisk (Asvon) Avliyo Simeon monastiri (Asvon) Asvondagi Fotimiylar qabristoni
Galereya
Manbalar
Adabiyotlar UNESCO nashrlari A Common trust: the preservation of the ancient monuments of Nubia, 1960, UNESCO CUA.60/D.22/A Save the treasures of Nubia: UNESCO launches a world appeal, 1960, UNESCO Courier Abu Simbel: now or never, 1961, UNESCO Courier Nubia's sands reveal their last secrets, 1964, UNESCO Courier Victory in Nubia: the greatest archaeological rescue operation of all time, 1980, UNESCO Courier
Success stories, 2019, UNESCO.
Boshqa nashrlar See also:
Havolalar The World Saves Abu Simbel. A 29 minute long film produced by UNESCO in 1972 on the relocation of Abu Simbel. Nubian Monuments from Abu Simbel to Philae. A short film produced by UNESCO on Abu Simbel. Believe it or not, it is possible to move a mountain... literally!. A short film produced by UNESCO on saving the monuments.
Turkum:1960-yilda Misrda tashkil etilganlar Turkum:Sudan Turkum:Qadimgi Misr Turkum:Nubiya Turkum:Nil tarixi