Qurʼon tilovati musobaqasi (xalqaro miqyosda „Indonesia International Quran Competition“ nomi bilan tanilgan) (, soʻzma-soʻz „Musabaqah Tilavatil Quran“ (Qurʼon tilovati musobaqasi), qisqartmasi– MTQ)– Qurʼoni karimni ulugʻlash maqsadida Indoneziyada milliy miqyosda oʻtkaziladigan diniy festival. Ushbu festivalda qatnashchilar Qurʼonni qiroat qilish boʻyicha musobaqalashadilar.

Tarixi Qurʼon tilovati musobaqasi Indoneziyadagi eng yirik islomiy ommaviy tashkilot — Nahdlatul Ulama huzuridagi „Jami’iyyatul Qurro wal Huffadz“ga (Qori va hofizlar tashkiloti) asos solingandan keyin, 1940-yillardan boshlab Indoneziyada oʻtkazib kelinadiMTQ Tingkat Provinsi ke 43 Akan Diselenggarakan di Kota Metro beritakotametro. Retrieved 8-1-2017.. Biroq oʻsha davrda bu tadbir faqat hududiy miqyosdagina oʻtkazilgan.

1968-yilda Din ishlari vaziri Muhammad Dahlan (Nahdlatul Ulama Ijroiya qoʻmitasi rahbarlaridan biri) bu tadbirni oʻtkazgandan buyon, Qurʼon tilovati musobaqasi milliy miqyosdagi tadbir sifatida rasman joriy etildi. Birinchi milliy miqyosdagi Qurʼon tilovati musobaqasi 1968-yil Ramazon oyida Makassar shahrida boʻlib oʻtadi. Oʻshanda musobaqa faqat kattalar oʻrtasidagi tilovatlar boʻyicha oʻtkazilgan edi. Ikkinchi Qurʼon tilovati musobaqasi 1969-yilda Banjarmasin shahrida tashkil etiladi. 1970-yilda esa uchinchi Qurʼon tilovati musobaqasi Jakartada koʻtarinki ruhda va dabdabali oʻtkaziladi. Ana shunday tadbirlar davomida mashhur qorilar kashf etilgan.

2018-yil holatiga koʻra, Qurʼon tilovati musobaqasi 28 marta oʻtkazilgan (Izoh: 2018-yilgacha 27 marta oʻtkazilib, G‘arbiy Sumatra 2020-yilda 28-milliy Qurʼon tilovati musobaqasiga mezbonlik qilgan). Bugungi kunga kelib, musobaqa faqat tilovat qilish bilangina cheklanib qolmay, balki notiqlik va islomiy xattotlik yoʻnalishlarini ham oʻz ichiga oladi.

Qurʼon tilovati musobaqasi ayrim tashkilot va idoralar doirasida ham oʻtkazib kelinadi. Jumladan, jurnalistlar uchun moʻljallangan Qurʼon tilovati musobaqasi Vartavan har uch yilda bir marta muntazam oʻtkazilib, 2008-yilda beshinchi musobaqasiga navbat kelgan. Indoneziyaning davlat neft va gaz kompaniyasi – Pertamina homiyligida oʻtkazib kelingan Qurʼon tilovati musobaqasi Pertamina 1980-yildan beri toʻxtatib qoʻyilgan edi. Mamlakatning eng yirik telekommunikatsiya xizmatlari kompaniyasi – Telkom Indoneziya qoshida Milliy al-Qurʼon musobaqasi (Musabawah Al-Quran Nasional) nomi ostida tashkil etiladigan Qurʼon tilovati musobaqasi Telkom oʻzining sakkizinchi festivalini 2008-yilda Banda Acheh shahrida oʻtkazishi belgilangan edi.

Mezbon shaharlar Qurʼon tilovati milliy musobaqasi hozirgacha 28 marta o‘tkazilgan bo‘lib, quyida unga mezbonlik qilgan hududlar ro‘yxati keltirilgan:

1968: Makassar, Janubiy Sulawesi 1969: Bandung, Gʻarbiy Yava 1970: Banjarmasin, Janubiy Kalimantan 1971: Medan, Shimoliy Sumatra 1972: Jakarta 1973: Mataram, Gʻarbiy Nusa Tenggara 1974: Surabaya, Sharqiy Yava 1975: Palembang, Janubiy Sumatra 1976: Samarinda, Sharqiy Kalimantan 1977: Manado, Shimoliy Sulawesi 1979: Semarang, Markaziy Yava 1981: Banda Aceh, Achex 1983: Padang, Gʻarbiy Sumatra 1985: Pontianak, Gʻarbiy Kalimantan 1988: Bandar Lampung, Lampung 1991: Jokyakarta shahri, Jokyakarta 1994: Pekanbaru, Riau 1997: Jambi, Jambi 2000: Palu, Markaziy Sulawesi 2003: Palangka Raya, Markaziy Kalimantan 2006: Kendari, Janubi-sharqiy Sulawesi 2008: Serang, Banten 2010: Bengkulu (shahar), Bengkulu 2012: Ambon, Maluku 2014: Batam, Riau orollari 2016: Mataram, G‘arbiy Nusa Tenggara 2018: Medan-Deli Serdang tumani, Shimoliy Sumatra 2020: Padang-Padang Pariaman, Gʻarbiy Sumatra 2022: Banjarmasin-Banjarbaru-Banjar, Janubiy Kalimantan 2024: Samarinda, Sharqiy Kalimantan 2026: Semarang, Markaziy Java

Musobaqada ishtirok etgan taniqli qorilar K.H. Aziz Muslim K.H. Bashori Alwi Hj. Rofiqoh darto Wahab Hj. Nursiah Ismail Hj. Aminah Hj. Maria Ulfah Muammar Zainal Asyikin Muhammadong Muhammad Ali H. Wan Muhammad Ridwan Al-Jufrie Mu'min Ainul Mubarak

Manbalar

Turkum:Qurʼonga oid chala maqolalar Turkum:Islom diniga oid chala maqolalar Turkum:Xalqaro musobaqalar Turkum:Xalqaro Qurʼon qiroat qilish musobaqalari