Zulfiqor oilasi (misrcha: , ) — Misrdagi taniqli zodagon oila. Oilaning taʼsiri XVI asr oxiridan hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.

Maʼlumki, Zulfiqorlardan bir nechtasi Misr hukmdori boʻlgan yoki Mamluklar davrida amir boʻlgan. Oiladan XIX asrdan XX asr oxirigacha koʻplab harbiy xizmatchilar chiqqan. Oila zamonaviy Misr sanʼatiga ham hissa qoʻshgan. Bunda rejissyorlar Izz ad-Din Zulfiqor va Mahmud Zulfiqor, aktyor Solih Zulfiqor, shoira Majda Zulfiqor va boshqalarning ijodi muhim oʻrin tutadi.

Tarixi Manbalarga koʻra, „Zulfiqor“ familiyasi Muhammadning Zulfiqor qilichi qiyosidan kelib chiqib qoʻyilgan. Rivoyatga koʻra, Muhammad Allohdan qilich soʻragan. Keyin uni Alining sinib qolgan eski qilichi oʻrniga bergan. Bu qilich Islom dunyosi uchun katta qadriyatga ega.

Zulfiqorlar oilasi XVI asr oxiriga kelib Qohirada mustahkam oʻrin egallagan edi. Oilaning koʻp keksalari mamluklar davrida shahzoda, posho, bek yoki xonim unvonini olgan. Ayrimlari boʻlsa Ibrohim Posho tashkil etgan Majlisda oʻtirgani ham aytiladi.

Ahmad Posho Zulfiqorlar oilasining zamonaviy asoschisi hisoblanadi. 1952-yilgi Misr inqilobi davrida Zulfiqorlar oilasi Britaniya istilosiga qarshi kurashda qatnashgan. Oilaning koʻp aʼzolari shu davrda Misr qurolli kuchlari va Misr milliy politsiyasida xizmat qilgan. Oilaning Misr madaniyati, adabiyoti, ilm-fani va sanʼatiga taʼsiri juda katta boʻlgan.

Taniqli aʼzolari Oilaning taniqli aʼzolari orasida Muhammad Bek Zulfiqor va Ahmad Murod Bek Zulfiqordir. Ahmad Murod Bek 1940-yillar boshida Qohira politsiyasining yuqori martabali komissaridan biri boʻlgan. Oila aʼzolarining aksariyati harbiy boʻlgan. Masalan, general-mayor Kamol Zulfiqor Misr qurolli kuchlarida xizmat qilgan. Boshqalari XX asr oʻrtalarida kinoga oʻtgan.

Ular orasida Izz ad-Din Zulfiqor ham bor. U ham Misr qurolli kuchlarida zobit boʻlgan. U Ozod zobitlar harakatining koʻpgina yetakchilari bilan doʻst edi. 1947-yilda kasbini oʻzgartirgan. Inqilobdan keyin vatanparvarlik filmlarini suratga olgan. Misr kino sanoatining eng nufuzli rejissyorlaridan biri hisoblanadi.

alt=Solih Zulfiqor|thumb|180px|left|Solih Zulfiqor

Solih Zulfiqor politsiyada xizmat qilgan paytida Misrning istilochilarga qarshi kurashidagi qahramonlaridan biri edi. 1956-yilda aktyor, 1958-yilda kinoproduser boʻldi. Yuzdan ortiq filmda rol oʻynagan. XX asrda mamlakatning eng mashhur erkak aktyorlaridan biri sanaladi. Mahmud Zulfiqor meʼmor, kino rejissyori, aktyor, prodyuser va ssenarist edi. U Misr kino sanoatining yirik namoyandasi boʻlgan.

Biznes olamida Ahmad Bek Zulfiqor, Abbos Helmi Bek Zulfiqor, Muhammad Zulfiqor, Mamduh Zulfiqor va boshqalar tanilgan. Ularning hammasi XIX–XX asrlarda bir nechta tarmoqda faoliyat yuritgan. Ahmad Zulfiqor misrlik tadbirkor edi. U Misrda zamonaviy sugʻorish tizimlari texnologiyasining asoschilaridan biri hisoblanadi.

alt=Dina Zulfiqor|thumb|220px|Dina Zulfiqor

Oilaning boshqa taniqli aʼzolari orasida Muna Zulfiqor ham bor. U taniqli huquqshunos va inson huquqlari himoyachisi. U Forbesning 2021-yilgi „Arab mintaqasidagi eng nufuzli 100 ayol tadbirkor“ roʻyxatiga kiritilgan. Izz ad-Din Zulfiqorning qizi Dina Zulfiqor — ekolog va Misrdagi hayvonlar huquqlari harakatining faol aʼzosi. U mamlakatdagi birinchi va eng yirik hayvonlar huquqlari tashkiloti — Misrda hayvonlar huquqlarini himoya qilish jamiyatining hammuassislaridan biridir.

Qarang Zodagonlik Qohira muhofazasi Zulfiqor (maʼnolari)

Manbalar

Turkum:Misrlik oilalar