Tuanku Munavir qirollik masjidi () — Malayziyaning Negeri Sembilan shtati Seri Menanti shahridagi masjid. Seri Menanti qirollik maqbarasi yonida joylashgan.
Tarixi Hozirgi Tuanku Munavir qirollik masjididan 500 metr shimolda, Kampung Tanjung Beringin qishlogʻida joylashgan dastlabki eski masjid 1885-yilda bunyod etilgan. Bino qurilishi uchun yer uchastkasi Negeri Sembilan shtatining 7-oliy hukmdori Tuanku Muhammad tomonidan vaqf qilingan. Hozirda eski masjiddan foydalanilmaydi. Eski masjid milliy meros obyekti sifatida rasman roʻyxatga olingan.
Hozirgi masjidning tamal toshi qoʻyish marosimi 1964-yilda boʻlib oʻtgan. Marosim Negeri Sembilanning oʻsha vaqtdagi oliy hukmdori Tuanku Munawir rahbarligida oʻtkazilgan. Masjid qurilishi 1970-yilda yakunlanib, shu yili foydalanishga topshirilgan. Inshoot joylashgan yer uchastkasi ham Negeri Sembilan qirollik oilasining vaqf mulki hisoblanadi.
Meʼmorchiligi Masjid qurilishida Boburiylar davri meʼmorchiligining taʼsiri kuchli seziladi. Shu bilan birga, binoda modernizmga xos unsurlar ham mavjud. Binoning markazida katta, oltinrang gumbaz qad rostlagan. Masjid binosining toʻrt burchagidan minoralar oʻrin olgan, ayvon ustiga esa kichikroq gumbaz oʻrnatilgan. Masjid bir vaqtning oʻzida 1500 nafar namozxonni sigʻdira oladi.
Manbalar
Turkum:Osiyodagi 20-asr masjidlari Turkum:1970-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Negeri Sembilandagi masjidlar Turkum:Malayziyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Malayziyadagi minorali masjidlar