Aleksey Vladimirovich Nikolayev (1979-yilning 5-sentyabrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.
2002—2008-yillarda Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyati davomida himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyatini 2000-yilda „Qizilqum Zarafshon“ klubida boshlagan. 2003—2005 yillarda „Paxtakor“ safida toʻp surgan va uch karra Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni boʻlgan. 2006-yilda u Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazdi. 2006-yildan 2007-yilgacha „Aktobe“ da oʻynagan va 2007-yilda Qozogʻiston Premyer-ligasida gʻolib chiqqan. 2008-yilda Oʻzbekiston Superligasining vakili „Quruvchi“ klubida bir mavsum oʻynagan. 2009-yilda Xitoyning „Shenchjen Shangqingyin“ jamoasida oʻynagan, 2010-yilda esa Samarqandning „Dinamo“ klubiga oʻtgan. 2015-yilgi mavsum avvalida Qoʻqon 1912 jamoasiga oʻtgan. 2017-yil Samarqandning Dinamo jamoasida oʻynagan va mavsum yakunida faoliyatini yakunlagan.
Milliy terma jamoa Nikolayev Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2002-yilning 14-mayida Slovakiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:1) oʻtkazgan. Aleksey 2004-yilgi Osiyo kubogi uchun tarkibga kiritilgan. Musoboqada 3 ta oʻyinda maydonga tushdi: Iroq bilan (1:0 va qizil kartochka), Turkmaniston bilan (1:0) va chorak finalda Bahrayn bilan (2:2, k.3:4) oʻyinlarda ishtirok etgan. Oʻz navbatida, 2007-yilgi Osiyo Kubogi uchun tarkibda boʻlgan, ammo musoboqada birorta ham oʻyin oʻtkazmaganInformatsiya na sportportal.uz .
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan murabbiylik faoliyatini boshlagan va Paxtakor akademiyasi ishlagan. Paxtakor klubi tizimidagi uzoq yillik faoliyatidan soʻng 2024-yilda Surxon klubida murabbiy sifatida boshlagan. Surxon klubida asosiy jamoada jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiylik qilgan boʻlsa U21 jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.
Yutuqlar
Paxtakor
Oʻzbekiston Superligasi (3): 2003, 2004, 2005 Oʻzbekiston Kubogi (3): 2003, 2004, 2005 AFC Osiyo Chempionlar ligasi yarim finali: 2002/03, 2004
Aktobe
Qozogʻiston Premyer-ligasi (1): 2007 Qozogʻiston Premyer-ligasi 2-oʻrinchisi (1): 2006
Bunyodkor
Oʻzbekiston Superligasi (1): 2008 Oʻzbekiston Kubogi (1): 2008
Manbalar
Havolalar Aleksey Nikolayev Bunyodkor saytida Aleksey Nikolayev Transfermarkt saytida Aleksey Nikolayev Footballfakts saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:NBU-Osiyo klubi futbolchilari Turkum:Shenzhen F.C. futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2002 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2004 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari