Odil Olimovich Olimjonov — oʻzbekistonlik iqtisodchi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.Объявление. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, 2024-yil 25-mart. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.Jizzax viloyati tarkibida Yangiobod maʼmuriy-hududiy tumanini tuzishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 206-son qarori, 1-ilova. Lex.uz.

Taʼlimi va dastlabki faoliyati 1957-yil 19-mayda Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Olabuqa tumani Safed Bulon qishlogʻida tugʻilgan.

1978-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutining moliya-iqtisod fakultetini moliya mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Mehnat faoliyatini shu institutning professor Yu. Shenger nomidagi irrigatsiya va melioratsiyaga ajratilayotgan kapital qoʻyilmalar samaradorligini aniqlash muammoli laboratoriyasida laborant sifatida boshlagan.

1979-yilda Moskva moliya institutining moliya kafedrasi kunduzgi aspiranturasiga oʻqishga kirgan. Aspirantura davrida bir yarim yillik muddatli harbiy xizmatni oʻtagan. 1984-yilda „Agrosanoat birlashmalarining moliyaviy muammolari“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1984–1987-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi institutining moliya kafedrasida assistent va dotsent boʻlib ishlagan. 1987-yilda institut Andijon filiali direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan. Keyinchalik filial negizida tashkil etilgan Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutining birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

1990-yilda Sankt-Peterburg iqtisodiyot va moliya universiteti doktoranturasiga yuborilgan. 1992-yilda „Zamonaviy sharoitda agrosanoat kompleksi moliyasining rivojlanishi“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U Özbekistonda " moliya, pul muomalasi va kredit" mutaxassisligi böyiça  rasman birinçi fan doktori böldi. U Özbekistonda " moliya, pul muomalasi va kredit" mutaxassisligi böyiça  rasman birinçi fan doktori böldi.Iqtisodiyot universiteti olimlari. Toshkent: Sharq, 2001. 84-bet. Elektron nusxa.

Davlat idoralari va ilmiy muassasalardagi faoliyati 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida ish boshlagan. 1995–1999-yillarda Vazirlar Mahkamasining tashkiliy-hududiy boʻlimi boshligʻi hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. Vazir oʻrinbosari sifatidagi faoliyati Vazirlar Mahkamasining 1999-yilgi qarorida ham qayd etilgan.

Mazkur davrda iqtisodiy islohotlar, moliya, bank, soliq, sugʻurta va bojxona tizimlariga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashgan. 1993-yil 15-noyabrda soʻm-kuponni va 1994-yil 1-iyulda soʻmni muomalaga kiritish jarayonlarida ishtirok etgan. Shuningdek, oliy va xalq taʼlimi, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari bilan shugʻullangan.

1999–2014-yillarda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining iqtisodiyot boshqarmasi va iqtisodiy islohotlar bosh boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktorining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

2014–2021-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida loyiha rahbari boʻlgan. 2020-yilgi Kun.uz suhbatida ham u mazkur institut loyiha rahbari sifatida tanishtirilgan.Davlat tashqi qarzi maqsadli sarflanyaptimi? Iqtisodchi bilan suhbat. Kun.uz, 2020-yil 19-sentyabr.

2021-yil 10-noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida bosh ilmiy xodim sifatida ishlaydi. Markazdagi ushbu lavozimi 2026-yil martdagi nashrda ham qayd etilgan.Yangi Oʻzbekiston, 2026-yil 25-mart, 57-son, 4-bet.

Ilmiy va pedagogik faoliyati Moliya, pul muomalasi va kredit, agrar iqtisodiyot, soliq siyosati hamda Oʻzbekistonning iqtisodiy islohotlariga oid tadqiqotlar olib borgan. Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosligi boʻyicha ilmiy kengash tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan. Xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT, FAO, Shanxay hamkorlik tashkiloti, MDH agrosanoat kompleksi komissiyasi va TACIS doirasidagi anjumanlarda Oʻzbekiston delegatsiyalari tarkibida qatnashgan.

9 nafar fan doktori va 22 nafar fan nomzodini tayyorlagan, 170 dan ortiq magistrlik ishiga rahbarlik qilgan. 32 ta kitob va 600 dan ortiq maqola muallifi. Nashr etilgan asarlarining umumiy hajmi 500 bosma taboqdan oshadi. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosat va islohotlarga bagʻishlangan publitsistik maqolalar ham yozgan.

1992-yilda „Iqtisod va hayot“ jurnalida „Iqtisodiy mustaqillik va soliqlar“ hamda „Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida soliq siyosati“ maqolalarini eʼlon qilgan. 1994-yil 10-mayda Qirgʻiziston milliy valyutasiga bagʻishlangan „Som bilan shaxmat oʻyini“ maqolasi chop etilgan.

Amir Temur, Bobur, temuriylar, Alixontoʻra Sogʻuniy va Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning iqtisodiy qarashlarini tadqiq qilgan. 2022–2025-yillarda uning rahbarligida oʻn jildlik „Oʻzbekiston tarixi“ tadqiqotining „Oʻzbekistonning eng yangi iqtisodiy tarixi“ nomli 9-jildi (1991–2016-yillar) va „Oʻzbekiston Respublikasi taraqqiyotida yangi davrning boshlanishi“ nomli 10-jildi (2016–2023-yillar) tayyorlangan.

T. S. Malikov bilan hammualliflikda 2019-yilda „Moliya“ darsligini tayyorlagan.Malikov T. S., Olimjonov O. O. Moliya. Darslik. Toshkent, 2019. Kitob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining adabiyotlar roʻyxatiga kiritilgan.Adabiyotlar roʻyxati. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston iqtisodchilari Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:Tirik insonlar