Leila Ahmed (; 1940-yil 29-mayda tugʻilgan) — xotin-qizlar muammolari va din boʻyicha misr-amerikalik olimaProfile of Leila Ahmed. Leila 1992-yilda oʻzining „Women and Gender in Islam“ („Islomda ayollar va gender“) nomli kitobini nashr etdi. Ushbu asar arab-musulmon jamiyatlarida ayollarning oʻrnini tahlil qiluvchi dastlabki tarixiy tadqiqotlardan biri hisoblanadi. U 1999-yilda Garvard dinshunoslik maktabida dindagi ayollar tadqiqotlari birinchi professor boʻldi. Shuningdek, 2003-yildan beri Victor S. Thomas nomidagi dinshunoslik professori lavozimini egallab kelgan. Keyinchalik, 2020-yilda unga Victor S. Thomas nomidagi ilohiyot boʻyicha tadqiqotchi professor unvoni berildi.
Biografiyasi Ahmed 1940-yilda Qohiraning Geliopolis rumanida tugʻilgan. Uning otasi misrlik oʻrta tabaqaga mansub, onasi esa yuqori sinfga mansub turk edi. Ahmedning bolaligi musulmon va misr qadriyatlari hamda mamlakatdagi liberal qarashlar taʼsirida oʻtdi. 1952-yildagi Erkin zobitlar harakatidan soʻng Ahmedlar oilasi siyosiy bosimga uchradi. Uning otasi qurilish muhandisi boʻlgan. U Jamol Abdul Nosir tomonidan Asvon toʻgʻoni qurilishiga ekologik sabablarga koʻra qarshi chiqqan edi.
Ahmed 1960-yillarda Kembrij universitetida bakalavr hamda doktorlik darajasini oldi. Shundan soʻng pedogogik va ilmiy faoliyatini davom ettirish uchun AQShga koʻchib oʻtdi. U 1981-yilda Amherstagi Massachusets universitetida xotin-qizlar muammolari va sharqshunoslik boʻyicha professor, shuningdek, ushbu dasturlar direktori etib tayinlandi. Keyinchalik, 1999-yildan boshlab Garvard dinshunoslik maktabida xotin-qizlar muammolari va din boʻyicha dars bera boshladi.
Manbalar