Philip J. Fry (talaffuzi: Filip Jey Fray; 1974-yilda tugʻilgan) Futurama serialining bosh qahramonidir. Fry 1999-yilda tasodifan muzlab qolib, 3000-yil arafasida eritib olinadi. Fryga Billy West ovoz bergan.
Fryning laqmaligi tufayli omad undan tez-tez yuz oʻgiradi. Kollejda uch hafta oʻqib, haydaladi. Bunda uning ota-onasi sabab boʻlgan boʻlishi mumkin — ular Fryni maktabda oʻqitishmagan (mablagʻ tejash maqsadida).
Kelajakka tushib qolgan Fry bir koʻzli qiz Leela va robot Bender bilan tanishib qolib, doʻst tutinadi va birgalikda oʻzining uzoq qarindoshi — Professor Farnsworthni topishadi. Professor ularni oʻzining «Planet Express» shirkatiga ishga oladi. Fry Leelani yoqtirib qoladi, serial davomida uning hislari kuchayadi.
«Roswell That Ends Well» qismida Fry 1947-yilga qaytib, oʻz-oʻziga buva boʻlib qaytadi. Bu hodisa tufayli u genetik anomaliya orttiradi — uning miyasi boshqalarnikidan kamroq ishlaydi. Biroq baʼzi qismlarda u qiyin vaziyatlardan chiqish yoʻlini topa oladi.
Manbalar
Turkum:Xayoliy personajlar
cs:Seznam hlavních postav ve Futuramě#Philip J. Fry