Joseph Robinette „Joe“ Biden Jr. (; 1942-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik davlat va siyosiy arbob, AQSHning 46-prezidenti (2021—2025)'We must end this uncivil war,' Biden says, taking over a U. S. in crisis | Reuters. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Biden bungacha 1973-yildan 2009-yilga qadar Delaver shtatidan senator hamda 2009-yildan 2017-yilga qadar 47-vitse-prezident vazifalarini bajargan.
Biden Pensilvaniya shtatining Skranton shahrida tugʻilib oʻsgan. 1953-yili Biden oʻn yoshligida oilasi bilan Delaver shtatidagi New Castle Countyga koʻchib oʻtadi. U 1968-yilda Sirakuz universitetini tamomlab, huquq boʻyicha bakalavr darajasini oldi va Delaver universitetiga oʻqishga kirdi. 1970-yilda u Nyu-Kasl okrugi Kengashiga senator etib saylandi va buning ortidan AQSH tarixida oltinchi eng yosh senator boʻldi. Keyinchalik, 1972-yilga kelib, Biden Delaverdan AQSh senatori etib saylandi, bu paytda u 29 yoshda boʻlgan.
2008-yilgi prezidentlik saylovlarida Biden Barack Obamaning yordamchisi (vitse-prezident) sifatida qatnashib, John McCain va uning yordamchisi Sarah Palin ustidan gʻalaba qozonishdi. Obama va Biden 2012-yilgi prezidentlik saylovlarida Mitt Romney va uning yordamchisi Paul Ryan ustidan gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylanishdi.
Biden 2020-yilgi saylovlarda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod boʻlib, AQSh prezident Donald Trump bilan raqobatlashdi va gʻalaba qozondi.
Dastlabki hayoti Joseph Robinette Biden Jr. 20-noyabr 1942-yili Pensilvaniya shtatining Skranton shahridagi St. Mary shifoxonasida dunyoga keldi.Witcover (2010), p. 5. Onasi – Catherine Eugenia „Jean“ Biden (qizlik familiyasi Finnegan), otasi – Joseph Robinette Biden Sr. Katolik oilada toʻngʻich farzand boʻlgan Bidenning bir singli – Valerie hamda ikki ukasi – Francis va James mavjuddir.Witcover (2010), p. 9. Jean irland kelib chiqishga,Witcover (2010), p. 8. Joseph Sr. Esa ingliz, fransuz va irland kelib chiqishga ega boʻlgan.
Saylov tarixi + Saylov natijalari Yil Lavozim Partiya Biden uchun ovozlar % Raqib Partiya Ovozlar% 1970 New Castle County Council, 4-okrug Demokratlar 10,573 55 % Lawrence T. Messick Respublikachilar 8,192 43 % 1972AQSh senatori Demokratlar 116,006 50 % J. Caleb Boggs Respublikachilar 112,844 49 % 1978 Demokratlar 93,930 58 % James H. Baxter Jr. Respublikachilar 66,479 41 % 1984 Demokratlar 147,831 60 % John M. Burris Respublikachilar 98,101 40 % 1990 Demokratlar 112,918 63 % M. Jane Brady Respublikachilar 64,554 36 % 1996 Demokratlar 165,465 60 % Raymond J. Clatworthy Respublikachilar 105,088 38 % 2002 Demokratlar 135,253 58 % Raymond J. Clatworthy Respublikachilar 94,793 41 % 2008 Demokratlar 257,484 65 % Christine O'Donnell Respublikachilar 140,584 35 % 2008Vitse-prezident Demokratlar 69,498,516365 ta ovoz (270 ta ovoz kerak) 53 % Sarah Palin Respublikachilar 59,948,323173 ta ovoz 46 % 2012 Demokratlar 65,915,795332 ta ovoz (270 ta ovoz kerak) 51 % Paul Ryan Respublikachilar 60,933,504206 ta ovoz 47 % 2020 Prezident Demokratlar 81,268,924 306 ta ovoz (270 ta ovoz kerak) 51 % Donald Trump Respublikachilar 74,216,154 232 ta ovoz 47 % Galereya
Yana qarang Joe Bidenning 2024-yilgi AQSh prezidentlik poygasini tark etishi
Nashrlar
Kitoblar
Also paperback edition, Random House 2008, .
Broshyuralar Biden, Joseph R., Jr., and Les Aspin, William Louis Dickinson, Brent Scowcroft (1982). Arms Sales: A Useful Foreign Policy Tool? American Enterprise Institute. AEI Forum 56. Moderated by John Charles Daly.
Maqolalar Biden, Joseph R., Jr., and Miga Purev-Ochir (Spring 2015). „U. S.-Russian Relations in a Post-Cold War World: A Strategic Vision: Mapping a Future for U. S.-Russian Relations.“ Harvard International Review, vol. 36, no. 3, pp. 72–76. .
Manbalar
Havolalar Prezident Joe Biden rasmiy sayti Prezidentlik kampaniyasi sayti Obama biografiyasi, Oq Uy (arxivlangan)
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:AQSh vitse-prezidentlari Turkum:AQSh prezidentlari Turkum:Amerikalik siyosatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar