Yunusobod yoʻli — Toshkent metropoliteni yoʻllaridan biri. 2001-yil 26-oktyabrda yoʻlga qoʻyilgan. 2016-yil noyabrda avvaldan qurilishi rejalashtirilgan Yunusobod va Turkiston bekatlarini qurish ishlari boshlab yuborildi. Qurilishga 108 million dollar ajratilgan. Bekatlar 2020-yil 29-avgustda foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Fayzulla Xoʻjayev, Bobur, Toʻqimachilar, Usmon Nosir, Janubiy bekatlari loyihasi bekor qilindihttps://m.kun.uz/news/2019/11/06/toshkent-metropoliteni-42-yoshini-qarshiladi.

Bekatlar Mingoʻrik (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) — Oʻzbekiston yoʻlining Oybek bekatiga o'tiladi. Yunus Rajabiy (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) — Chilonzor yoʻlining Amir Temur xiyoboni bekatiga o'tiladi. Abdulla Qodiriy (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) — Minor (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) — Bodomzor (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) — Shahriston (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) — 2015-yil 16-iyungacha nomi "Habib Abdullayev" bo'lgan Yunusobod (metro bekati) (29-avgust 2020-yilda ishga tushgan) — Turkiston (metro bekati)https://m.kun.uz/news/2020/06/16/toshkent-metrosining-yunusobod-yonalishida-ikkita-bekat-qurib-bitkazildi (29-avgust 2020-yilda ishga tushgan)https://m.kun.uz/news/2020/08/29/prezident-toshkent-metrosining-qurilishi-tugallangan-yunusobod-yonalishi-bilan-tanishdi —

Harakat tarkibi Yunusobod yoʻlida 81-717/714 raqamli vagonlardan iborat toʻrt vagonli poyezd harakatlanadi.http://metrotashkent.narod.ru saytida Yunusobod yoʻli

Avariya 2019-yil 18-dekabrda Yunusobod bekati qurilishida yon devorning qulab tushishi oqibatida avariya holati kelib chiqqan. Hodisa joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari, qutqaruchilar, shifokorlar yetib kelishgan, qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan Oʻzbekiston Bosh vaziri boshchiligida avariya oqibatlarini bartaraf etish komissiyasi tuzildi Hodisaga kuchli yomgʻir natijasida beton devorning orasiga suv toʻplanib, devor ogʻirlik oqibatida qulab tushgani aytildi. Qutqaruv yakunlandi. Qurbonlar soni 6ta ekani aytildi. 19-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan hodisa yuzasidan jinoiy ish ochildi Saylovlar doirasidagi anjumanlarda deptatlar qurilish sohasiga mas’ul shaxslarni tanqid qilishgan. Go Uzbekistan loyihasi muallifi esa Yunusobod bekatiga „Quruvchilar“ nomini berishni taklif qilgan. Oʻzbekiston temir yoʻllari halok boʻlgan har bir ishchining oilasi uchun 100 million soʻm (taqriban 10400 dollar) tovon puli ajratdi.

Manbalar

Turkum:Yunusobod yoʻli liniyasi Turkum:2001-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar