Abdusaid Koʻchimov — shoir, adib. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.
Biografiyasi Abdusaid Koʻchimov 1951-yil 15-mayda Samarqandning Urgut tumanida tugʻilgan. Tumandagi 37-maktabni (1967), Toshkent pedagogika institutini oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1968-1972). Mehnat faoliyatini „Lenin uchquni“ gazetasida ishlashdan boshlahgan. 1984-1991-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida masʼul kotib, „Lenin uchquni “da bosh muharrir boʻldi. 1991-1997-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida boʻlim mudiri, Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rais oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida axborot markazi rahbari vazifalarida faoliyat koʻrsatdi. 1997-2005-yillarda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi Raisi. 2005-2006-yillarda "Toshkent" teleradiokanali bosh direktori. 2006-2016-yillarda "Xabar" gazetasi bosh muharriri. 2017-yildan Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori vazifasini bajarmoqda.
Ijodi Ilk kitobi- „Kashfiyotchi bolalar“ 1975-yilda chop etildi. Shundan soʻng uning „Halqa“, „Qiyofa“, „Mening yulduzim“, „Umid daraxtlari“, „Chanoq“, „Ikki bahor“ kabi sheʼriy va nasriy kitoblari nashr qilindi. „Baland tog’lar“ (2002)saylanma kitobiga yozuvchining qissalari, dostonlari, sheʼrlari kiritilgan. Abdusaid Koʻchimov Xalqaro YUNESKO mukofoti, Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofoti bilan taqdirlangan. Abdusaid Koʻchimov tomonidan bolalar hayoti muammolari badiiy tahlil qilinadi. 4 tomli yangi kitobi nashrdan chiqqan
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar