Semih Şentürk (1983-yil 29-aprelda tugʻilgan) – turkiyalik sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.
Semih klub faoliyatining asosiy qismini „Fenerbahche“ jamoasida oʻtkazgan. 1999—2014-yillar oraligʻida ushbu jamoa safida oʻynab, 5 marta Superliga va 2 marta Turkiya kubogi gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Şentürk „Fenerbahche“ yoshlar tizimida yetishib chiqqan. Semih 2008-yilgi UEFA Yevropa chempionatida Turkiya terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, yarim finalgacha yetib borgan. Şentürk 2007-08 yilgi mavsumda 17 ta gol urib, Superliganing eng sermahsul hujumchisi unvoniga sazovor boʻlgan. „Fenerbahche“ va Turkiya terma jamoasida zahiradan chiqib oʻyin koʻrsatishdagi mahorati uchun ommaviy axborot vositalari va muxlislar tomonidan „Ikkinchi toʻpurar“ deb nom olgan.
Yutuqlari Fenerbahche
Superliga: 2000-01, 2003-04, 2004-05, 2006-07, 2010-11 Turkiya kubogi: 2011-12, 2012-13 Superkubok: 2007, 2009 Turkiya
UEFA Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori: 2008
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari Turkum:İzmirspor futbolchilari Turkum:Antalyaspor futbolchilari Turkum:Eskişehirspor futbolchilari Turkum:İstanbul Başakşehir F.K. futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari