Abdulla, Abdulloh ( — Ollohning quli, bandasi) – musulmon davlatlarida keng tarqalgan oʻgʻil bolalar va erkaklar ismi.

Abdulla Abdullaxon — chigʻatoy xonlaridan biri, Xoʻtan hukmdori; Abdullaxon — oʻzbek xonlaridan biri. Xorazm hukmdori; Abdullaxon I — oʻzbek xonlaridan biri. Buxoro xonligi hukmdori; Abdullaxon II — oʻzbek xonlaridan biri. Buxoro xonligi hukmdori; Abdulla Aripov — Oʻzbekiston davlat arbobi; Abdulla Avloniy — taniqli oʻzbek sovet yozuvchisi; Abdulla Ayupov — Oʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi; Abdulla Boboxonov — SSRI xalq meʼmori; Abdulla Boltayev — Oʻzbek SSR xalq rassomi; Abdulla Fonus — oʻzbek xalq qiziqchisi, taqlid ustasi; Abdulla hofiz Fayzullayev — Oʻzbek SSR xalq hofizi, Qirgʻiz SSR xalq artisti. Abdulla Hotifiy — Temuriylar davrida ijod qilgan tarixchi, shoir. Temurnoma (yoki Zafarnoma) tarixiy dostonining muallifi; Abdulla Hoshimov — Oʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi; Abdulla Karimov — SSRI davlat arbobi; Abdulla Musavvir Xurosoniy — Shayboniylar davrida ijod qilgan miniatyurachi rassom. Buxoro miniatyura maktabi vakili; Abdulla Nurali oʻgʻli — Oʻzbek SSR xalq dostonchisi; Abdulla Oripov — Oʻzbekiston xalq shoiri; Abdulla Qahhor — Oʻzbek SSR xalq yozuvchisi; Abdulla Qodiriy — oʻzbek sovet yozuvchisi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; Abdulla Qurbonov — Sovet Ittifoqi Qahramoni; Abdulla Rahimboyev — oʻzbek va tojik sovet davlat va jamoat arbobi; Abdulla Sagitov — Oʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgʻan fan arbobi Abdulla Sultonov — Oʻzbek SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi; Abdulla Toʻqay — taniqli tatar shoiri; Abdulla Ubaydullayev — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi; Abdulla Zohidov — Oʻzbek SSRda va Qoraqalpoq ASSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi.

Abdulloh Abdulloh II — Iordaniya podshohi; Abdulloh Abdulloh — Afgʻoniston siyosat arbobi; Abdulloh ibn Abbos — islom taʼlimoti sharhlovchilaridan biri (faqih); Abdulloh ibn Abdulaziz as-Saud — Saudiya Arabistoni podshohi; Abdulloh ibn Masʻud — birinchilardan bo'lib iymon keltirgan musulmon. Muhammad paygʻambarning yaqin safdoshlaridan biri; Abdulloh ibn Muborak — hadis, fiqhda zamonasining yetakchi olimi;

Manbalar

Turkum:Arabcha ismlar