200px|thumb|Avtomat Kalashnikova 74
Avtomat qurol – oʻq otish quroli. U oʻq (snaryad) otilganda hosil boʻlgan porox gazining quvvati bilan oʻz-oʻzidan oʻqlanib otilgani uchun shunday ataladi. U uzluksiz va yakka olish imkonini beradi. Avtomat qurol XIX asrning 2-yarmida paydo boʻlgan.
Quyidagi turlarga boʻlinadi:
Avtomat pistoletlar – yaqin masofa (50 m)ga oʻq otadigan qurollar; Pistolet-pulemyotlar – 300 m gacha masofadagi nishonga zarba beruvchi qurollar; Oʻzi oʻqlanuvchi va oʻzi otiluchi avtomat miltiqlar – 600 m ga qadar masofadagi nishonga bittalab otish uchun moʻljallangan. Oʻq bittalab otilganda minutiga 25-30 ta oʻq otish mumkin; Qoʻl pulemyotlari – 800 m masofadagi nishonga otishga mo'ljallangan qurollar. Bittalab minutiga 120 donaga qadar oʻq otish mumkin; Stanokli pulemyotlar – 1000 m va undan uzoq, (2-2,5 km) masofadagi nishonga zarba berish uchun ishlatiladigan kuchli qurollar. Minutiga 250 ga qadar oʻq otadi. Stanokli pulemyotlar pastroq uchuvchi dushman samolyotlarga zarba bera oladi; Yirik kalibrli pulemyot (odatda, kalibri 12,7-15 mm) – tank va samalyotlarga oʻrnatiladigan qurol, havodagi nishonlarga zarba berish, yengil zirh bilan qoplangan nishonlarga qarshi kurashish uchun moʻljallangan qurol; Avtomat toʻp (kalibri 20 mm va undan katta) – asosan havodagi nishonlarga zarba berish uchun tank va samolyotlarga oʻrnatiladigan qurol.
Yana qarang Avtomat qurol Oʻtochar qurol
Turkum:Qurollar