Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, 1991—2018-yillarda Oʻzbekiston futbol federatsiyasi, qisqartmasi OʻFA — Oʻzbekistonning futbol klublari va musobaqalarini idora etuvchi tashkilot. U mamlakat futbol terma jamoalarini tashkil etish va boshqarish, Oʻzbekistonda futbolni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va ommalashtirish bilan shugʻullanadi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatda 14 ta boʻlimi mavjud. Boʻlimlarga ushbu hudud rahbari (hokim) ayni vaqtda raislik qiladi.

Tarixi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 1946-yilda SSSR futbol federatsiyasining boʻlimi, Oʻzbekiston SSR futbol federatsiyasi sifatida tashkil etilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yilda Oʻzbekiston futbol federatsiyasiga aylantirildi. 1994-yilda FIFA va OFKga qabul qilindi. UEFAga aʼzo boʻlish imkoniyatiga ega boʻldi, ammo bu taklif nomaʼlum sabablarga koʻra rad etildi.

Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi FIFA va OFKga 1994-yilda qabul qilingan boʻlsa-da, Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga 1992-yildan beri FIFA shafeligida oʻtkazilayotgan xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlariga ruxsat berilgan. 1997—2013-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi OFKning quyi federatsiyalaridan biri — oʻsha paytda Markaziy va Janubiy Osiyo (hozirgi) mamlakatlari futbol federatsiyasini birlashtirgan Markaziy va Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi tarkibiga kirgan. Bu subfederatsiya Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi deb ataladi va faqat Janubiy Osiyo davlatlarini birlashtiradi. 2014-yilning iyun oyidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi OFKning yangi subfederatsiyasi — Afgʻoniston, Eron, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston futbol federatsiyalarini birlashtirgan Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi tarkibiga kirdi.

2008-yilgacha Oʻzbekiston futbol federatsiyasi Oʻzbekistondagi barcha futbol, ​​jumladan, milliy terma jamoalar va Oʻzbekiston chempionatlarini nazorat qilib kelgan. Ammo 2008-yilda Oʻzbekistonda yana bir futbol tashkiloti — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi (OʻzPFL) tashkil etilib, Oʻzbekiston ichki chempionatlarini nazorat qila boshladi. Oʻzbekiston futbol federatsiyasi faqat Oʻzbekiston terma jamoalari va ayollar oʻrtasidagi musobaqalar ustidan nazoratni oʻzida saqlab qoldi.

2024-yil 25-dekabr kuni Oʻzbekistonda futzalni rivojlantirishga masʼul yana bir nodavlat-notijorat tashkiloti — Oʻzbekiston futzal federatsiyasi alohida tashkilot sifatida ajratildi.

Vazifalari Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi, Olimpiya terma jamoasi, yoshlar terma jamoalari (U-23 va U-20), oʻsmirlar terma jamoasi (U-17), amputantlar oʻrtasidagi terma jamoasi, ayollar terma jamoasi, yoshlar va oʻsmir ayollar milliy terma jamoasi faoliyatini muvofiqlashtiradi, musobaqalar oʻtkazilishini nazorat qiladi.

Prezidentlar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari prezident hisoblanadi. Boshqa sport federatsiyalaridagidek, 1992-yildan buyon futbol federatsiyasida ham Oʻzbekiston siyosiy elitasida muhim oʻrin egallagan shaxslar prezidentlikka saylanib keladi. 1992—1995-yillarda Oʻzbekiston bosh vaziri lavozimida ishlagan Abdulhoshim Mutalov bir vaqtda futbol federatsiyasi rahbari boʻlganMoziyga qaytib… Futbolimiz rivoji uchun poydevor qoʻyildi, endigi vazifa uni yuqoriga koʻtarish.

Keyingi 10 yil davomida 1991-yildan buyon ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan general-polkovnik Zokir Almatov rahbar boʻlgan. 2005-yilda salomatligi yomonlashgani sabab bu lavozimni tark etgan„Asr futbolidagi asl qadrdonlarim“. Axbor Imomxoʻjayevning 800 sahifadan iborat futbol haqidagi yangi kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi (foto).

Uning oʻrniga senator Mirabror Usmonov saylandi. 2017-yilda Usmonov ham salomatligi yomonlashgani sabab bu lavozimni tark etganMirabror Usmonovni xotirlab.

2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi boʻlgan Umid Ahmadjonov bir vaqtda futbol federatsiyasiga ham prezident boʻldiUmid Ahmadjonov Futbol federatsiyasiga rahbar boʻldi.

2018-yilning 25-yanvar kuni boʻlib oʻtgan federatsiyaning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida Oʻzbekiston futbol federasiyasini (OʻFF) Oʻzbekiston futbol assosiasiyasiga (OʻFA) aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Oʻzbekiston temir yoʻllari davlat kompaniyasi raisi, bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, boks federatsiyasi prezidenti, Oʻzbekiston qahramoni va senator Ochilboy Ramatov bir vaqtda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga ham prezident etib saylandiOchilboy Ramatov Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining prezidenti etib saylandi.

2019-yil 15-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga saylangan.

2025-yil 13-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov nomzodi futbol assotsiatsiyasi raisligiga ilgari surildiDXX raisi Bahodir Qurbonov nomzodi OʻFA prezidentligiga ilgari surildi. 2025-yil 22-fevral kuni Qurbonov rais lavozimiga tasdiqlandi.

Assotsiatsiyaning amaldagi va ijrochi rahbari birinchi vitse-prezident boʻlib, bu lavozimida 2019-yil iyun oyidan buyon Ravshan Ermatov ishlab kelmoqdaRasman: Ravshan Ermatov Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidentiga aylandi. Tashkiliy tuzilishi Rahbariyat va Yuqori boshqaruv organlari Kongress: OʻFAning oliy organi boʻlib, unda barcha aʼzo tashkilotlar va hududiy assotsiatsiyalar vakillari ishtirok etadi. Ijroiya qoʻmitasi: Musobaqalar oraligʻidagi davrda assotsiatsiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiluvchi ijro organi. Prezident: OʻFAning oliy rahbari (hozirda Bahodir Qurbonov). Birinchi vitse-prezident: Kundalik tashkiliy va strategik masalalarni muvofiqlashtiruvchi rahbar (hozirda Ravshan Ermatov). Vitse-prezidentlar: Sohalar boʻyicha masʼul rahbarlar. Maʼmuriyat va Ijro etuvchi apparat (Kotibiyat) Bosh kotib rahbarligida faoliyat yuritadigan ushbu tuzilma kundalik ishlarni tashkil qiladi. Uning tarkibiga quyidagi asosiy boshqarma va boʻlimlar kiradi: Terma jamoalar markazi: Barcha yoshdagi milliy terma jamoalarning (milliy, olimpiya, yoshlar, oʻsmirlar, ayollar terma jamoalari) yigʻinlari va oʻyinlarini tashkil etish. Texnik rivojlanish boshqarmasi: Bolalar va oʻsmirlar futbolini rivojlantirish, murabbiylarni tayyorlash va ularga litsenziya berish tizimi bilan shugʻullanadi. Xalqaro aloqalar boʻlimi: FIFA, OFK va boshqa xorijiy futbol federatsiyalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Musobaqalarni tashkil etish boʻlimi: Kubok bahslari, ayollar futboli va boshqa ichki musobaqalarni muvofiqlashtirish. Marketing va tijorat boʻlimi: Homiylarni jalb qilish, futbol brendini rivojlantirish va translyatsiya huquqlari bilan ishlash. Matbuot va media xizmati: Jamoatchilik va OAV bilan aloqalarni taʼminlash. Mustaqil va Sud organlari Tartib-intizom qoʻmitasi: Oʻyinlardagi qoidabuzarliklar va intizomga oid masalalarni koʻrib chiqadi. Apellyatsiya qoʻmitasi: Qoʻmitalar chiqargan qarorlar ustidan berilgan shikoyatlarni oʻrganadi. Etika qoʻmitasi: Futboldagi halol oʻyin (Fair Play) qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi. Futbol hakamlari markazi: Hakamlarni tayyorlash, oʻyinlarga tayinlash va ularning faoliyatini baholash bilan shugʻullanuvchi mustaqil tuzilma. Hududiy va Yordamchi tuzilmalar Hududiy futbol assotsiatsiyalari: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi 14 ta mahalliy boʻlimlar. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi (OʻzPFL): Superliga, Proliga va Birinchi liga kabi professional klublar oʻrtasidagi ichki chempionatlarni mustaqil tashkil etuvchi tuzilma (OʻFA tarkibidan alohida ajratilgan holda hamkorlikda ishlaydi).

Ijroiya qoʻmitasining joriy tarkibi Bahodir Qurbonov — DXX raisi, OʻFA prezidenti. Ravshan Ermatov — OʻFA birinchi vitse-prezidenti. Odil Ahmedov — OʻFA vitse-prezidenti. Avazjon Karimov — sport vazirining maslahatchisi. Oybek Kasimov — Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti. Avaz Azizxoʻjayev — OʻFA prezidenti maslahatchisi. Edita Mirabidova — OʻFA hakamlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari. Kozimjon Komilov — Konstitutsiyaviy sud sudyasi. Bekzod Mamatkulov — Oʻzbekiston futzal federatsiyasi prezidenti. Diyor Imomxoʻjayev — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori. Jahongir Usmonov — OFK Futzal qoʻmitasi aʼzosi.

Yutuqlari 2013-yilning 7-yanvar kuni Shveysariyaning Syurix shahrida Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasiga FIFAning „Fair play“ mukofoti topshirildi. Oʻzbekiston futbol federatsiyasining ushbu nominatsiyada gʻalaba qozonishiga OFK vakillari oʻrtasida Fair play ochkolari boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchilarining minimal sondagi sariq va qizil kartochkalari sabab boʻldi.

Homiylar 2018-yildan Olmoniyaning Jako shirkati bilan hamkorlik qilib kelgan. 2025-yilda ushbu hamkorlik yakunlangan va 7SABER brendi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.

2024-yil 12-mart kuni Uzcard shirkati Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy hamkori boʻldi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati, shuningdek Coca-Cola va UCell shirkatlari, Euroasia Insurance sugʻurta tashkiloti OʻFA rasmiy homiylari hisoblanadi. Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayti Oʻzbekiston futbol federatsiyasi AFC.com da (oʻzbek tilida) FIFA.com saytida Oʻzbekiston profili Rasmiy veb-sayt (oʻzbek va rus tillarida)

Turkum:Oʻzbekiston futboli Turkum:Oʻzbekistonda Sport Federatsiyalari Turkum:1946-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar