Selena Marie Gomez (; 22-iyul 1992-yilda tugʻilgan) amerikalik aktrisa va qoʻshiqchidir. Gomezning debyut roli Barney & Friends serialidagi Gianna roli boʻldi (2002—2004). Bundan keyin Gomez Uddaburon bolalar 3-D: Oʻyin tugadi (2003) va Walker, Texas Ranger: Trial by Fire (2005) kabi filmlarda kameo rollarni ijro etdi. 2006-yilda Gomez Disney Channelning The Suite Life of Zack & Cody va Hannah Montana seriallarida mehmon yulduz sifatida qatnashdi. Gomez bundan keyin Disney Channelning Wizards of Waverly Place serialida suratga tushdi. Teleserial tanqidiy va tijoriy muvaffaqiyat boʻlib, Gomezga qator mukofot va nomzodliklarni keltirdi. Gomez keyin Jonas Brothers: Living the Dream (2008) va Disney Channel Games (2008) va boshqa qator Disneyning serial va filmlarida suratga tushdi. 2009-yilda Gomez Princess Protection Program va Wizards of Waverly Place: The Movie filmlarida rollar oʻynadi, Selena Gomez & the Scene guruhi tarkibida Kiss & Tell studiya albomini chiqardi. Albom tijoriy muvaffaqiyat boʻlib, Billboard oʻnligiga kirdi.

Bundan keyin Gomez birinchi marta Disneydan tashqari Ramona and Beezus filmida suratga tushdi. 2010-yili Selena Gomez & the Scene ikkinchi, A Year Without Rain albomini chiqardi. Albom Billboard beshligiga kirib, ichidagi ikkita singl Top 40 chartga chiqdi. 2011-yilda Gomez pop-musiqachi Justin Bieber bilan munosabatda ekanligi tasdiqlangach, yana omma eʼtiboriga tushdi. Juft media tomonidan „Jelena“ deb ataldi. Gomez oʻsha yili Monte Carlo (2011) va The Muppets (2011) filmlarida ijro etdi. 2011-yilda Selena Gomez & the Scene uchinchi, When the Sun Goes Down albomini chiqardi. Albomdagi „Love You Like a Love Song“ singli hit boʻlib, unga „Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi“ () tomonidan 4× platina unvoni berildi. Shu albomdan keyin Gomez musiqa taʼtiliga chiqishini va aktrisalikka berilishini eʼlon qildi. Keyin u Hotel Transylvania (2012) va Spring Breakers (2013) filmlarida rol oʻynadi, oxirgi filmda Gomez nisbatan ulgʻaygan ayolni tasvirladi.

Gomez musiqa taʼtilini 2012-yil oxirida yakunlab, yangi, Stars Dance solo albomi ustida ish boshlaganini bildirdi. 2013-yil aprelida chiqqan „Come & Get It“ singli Billboard Hot 100 chartining tepa oʻnligiga koʻtarilgan birinchi Selena Gomez ashulasi boʻldi va „Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi“ tomonidan ikki karra platinaga baholandi. Albomning ikkinchi singli, „Slow Down“ 2013-yil iyunida chiqarildi. Butun albom iyulda chiqdi. Musiqa va kinodan tashqari, Gomez yana filantroplik bilan shugʻullanadi: u atrof-muhitni himoyalash xayriya tadbirlarida ishtirok etib turadi.

Filmografiyasi Filmlar Yil Film Rol Izoh2003Uddaburon bolalar 3-D: Oʻyin tugadiSuv parkidagi qizEpizod2005Walker, Texas Ranger: Trial by FireJulieTelefilm2006Brain ZappedEmily Grace GarciaTelefilm2008Another Cinderella StoryMary SantiagoBosh rolHorton Hears a Who!Helga(ovoz) 2009Princess Protection ProgramCarter Mason Bosh rolWizards of Waverly Place: The MovieAlex RussoArthur and the Vengeance of MaltazardPrincess Selenia(ovoz)(Madonna oʻrniga)2010Ramona and BeezusBeatrice „Beezus“ QuimbyBosh rol2011Monte Carlohttp://www.imdb.com/title/tt1067774/GraceTelevideniye Yil Nom Rol Izoh2002-03Barney & FriendsGiannaIkkilamchi rol2007-Wizards of Waverly PlaceAlex RussoBosh rol2006The Suite Life of Zack & CodyGwen2-fasl, 22-qism2007-08Hannah MontanaMikayla2-fasl 2009Sonny With a ChanceSelena Gomez1-fasl, 13-qismThe Suite Life on DeckAlex Russo1-fasl, 21-qismKlip Yil Nom Artist Izoh 2008 „Burninʼ Up“ Jonas Brothers Nick Jonas'ning sevgilisi

Diskografiyasi

Singllar Yil Qoʻshiq Chart oʻrni Albom AQSh Kanada 2008 „Tell Me Something I Donʼt Know“ 58 — Hurry Up & Save Me2009 „Magic“ 61 86 Wizards of Waverly Place taklif etilgan yulduz sifatida 2009 „Whoa Oh!“ — — „One and the Same“ 82 — Disney Channel Playlist „Send It On“ (Demi Lovato, Jonas Brothers va Miley Cyrus bilan) 20 —

Boshqa Yil Qoʻshiq Albom 2006 „Brain Zapped“ Brain Zapped 2008 „Cruella de Vil“ Disneymania 6 „Tell Me Something I Donʼt Know“Another Cinderella Story „New Classic“ (Drew Seeley bilan) „Bang a Drum“ „New Classic“ (jonli) (Drew Seeley bilan) „Fly to Your Heart“ Tinker Bell 2009 „One and the Same“ Disney Channel Playlist „Everything Is Not What It Seems“Wizards of Waverly Place „Disappear“ „Magical“ „Magic“ 2010 „Trust in Me“ Disneymania 7

Kliplari Yil Nom 2008 „Cruella de Vil“ „Tell Me Something I Donʼt Know“ „Fly to Your Heart“ 2009 „One and the Same“ „Magic“ „Send It On“

Manbalar

Havolalar

Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:Amerikalik ayol filantroplar Turkum:LGBT huquqlari faollari Turkum:Amerikalik bola aktrisalar Turkum:Amerikalik bola qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar