300px|right|thumb|
Arab bahori (, al-Thawrāt al-ʻArabiyyah) 2010-yil oxirida arab dunyosida boshlangan qator norozilik namoyishlariga berilgan nomdir. Ular Tunis, Misr, Yaman, Jazoir, Iordaniya, Mavritaniya, Saudiya Arabistoni, Ummon, Sudan, Siriya, Liviya hamda Marokash kabi mamlakatlarni qamrab oldiThousands in Yemen Protest Against the Government. Eʼtirozlar inqilob deya baholanmoqda .
Eʼtirozlar 2010-yil 18-dekabrida Tunisda, Muhammad Buazizining politsiya poraxoʻrligi va qattiqqoʻlligiga achchiq qilib oʻzini yoqib yuborishidan boshlanib ketdi . Tunis toʻntarilishi muvaffaqiyati va mintaqadagi oʻxshash vaziyatlar tufayli, namoyishlar toʻlqini qoʻshni mamlakatlarga oʻtdi, jumladan eʼtirozlar Jazoir, Iordaniya, Misr va Yamanda davom etdi, nisbatan kichik miqyosda boshqa arab mamlakatlari ham voqealar silsilasiga tushdi. Koʻpgina vaziyatlarda eʼtirozli kunlar "jahl kunlari", deb ataldi.
Eʼtirozlar natijasida birinchi boʻlib oʻzgargan hukumat Tunisniki boʻldi: sobiq Prezident Zayn al-Abidin ibn Ali Saudiya Arabistoniga qochdi. Keyingi katta eʼtirozlar Misrda 2011-yil 25-yanvarida boshlandi. Toʻrt kunlik namoyishlardan soʻng Prezident Husni Muborak islohotlar oʻtkazishga vaʼda berdi, biroq lavozimidan kechish niyatini bildirmadi. Bundan keyin davom etgan namoyishlardan soʻng Muborak 30 yillik mansabini boshqa egallamasligini, sentabrda boʻlib oʻtadigan saylovlardan soʻng isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Bu paytda Iordaniya qiroli Abdulla II bosh vazirni almashtirdi, Yaman Prezident Ali Abdulloh Solih esa keyingi saylovlarda nomzodini qoʻymaslikka vaʼda berdi .
Eʼtirozlar butun jahon eʼtiborini oʻziga qaratdi . Namoyishchilarni 2011-yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlash takliflari oʻrtaga tashlandihttp://www.news24.com/World/News/Arab-protests-attract-Nobel-interest-20110131.
Bugungi natijalar Qachon boshlandi Mamlakat Qachon tugadi Eʼtiroz tur(lar)i Natija Oʻlim(lar) 18-dekabr, 2010 Oʻzini yoqishNamoyishlar Hukumat toʻntarildiPrezident va oilasi mamlakatdan ketdi (14-yanvar, 2011) 219Tunisia protests against Ben Ali left 200 dead, says UN, BBC, 1-fevral 2011-yil. 28-dekabr, 2010 Namoyishlar Prezident favqulodda vaziyatni bekor qildi (3-fevral, 2011) 5 13-yanvar, 2011 16-yanvar, 2011 Turar-joy muammosi va korrupsiyaga qarshi namoyishlar Hukumat fuqarolarni turar-joy bilan taʼminlashga vaʼda berdi 0 14-yanvar, 2011 Kichik eʼtirozlar Vazirlar Mahkamasi shaxsiy tarkibi almashtirildi (1-fevral, 2011) 0 17-yanvar, 2011 17-yanvar, 2011 Oʻzini yoqish 1 17-yanvar, 2011 Kichik eʼtirozlar 1 17-yanvar, 2011 17-yanvar, 2011 Kichik eʼtirozlar 0 18-yanvar, 2011 Hukumat aʼzolari Prezidentga qarshiKatta namoyishlar"Yemenis in anti-president protest""Thousands in Yemen Protest Against the Government" Prezident keyingi saylovlarda nomzodini qoʻymaslikka vaʼda berdi (2-fevral, 2011) 0 21-yanvar, 2011 29-yanvar, 2011 Oʻzini yoqish"Man dies after setting himself on fire in Saudi Arabia"Namoyishlar 4 25-yanvar, 2011 Butun mamlakat miqyosidagi namoyishlar Vazirlar Mahkamasi shaxsiy tarkibi almashtirildi (29-yanvar, 2011)Prezident mansabdan ketdi 300 gacha 26-yanvar, 2011 Oʻzini yoqish 1 30-yanvar, 2011 Oʻzini yoqish 0 1-fevral, 2011 1-fevral, 2011 Kichik namoyishlar 0Jami oʻlimlar soni: 607
Manbalar