Pan Gi Mun (hangul: 반기문, hanja: 潘基文; 13-iyun, 1944) Birlashgan Millatlar Tashkilotining sakkizinchi bosh kotibi. Bu mansabga Kofi Annandan soʻng, 2007-yili saylangan. Bungacha u Koreya Respublikasi Tashqi Ishlar va Savdo Vazirligida diplomat boʻlib ishlagan. Diplomatlik karyerasini universitetni bitirgan yiliyoq Hindistonda boshlagan. 2004–2006-yillarda Pan Tashqi Ishlar Vaziri boʻlgan.

2006-yil 13-oktyabrda Pan Gi Mun BMT Bosh Assambleyasida bosh kotib etib saylandi. 2007-yil yanvarida Annan mansabdan ketdi, uning oʻrnini Pan egalladi. Pan bu mansabda Darfur ziddiyatini hal qilishga harakat qildi, Umar al-Bashirni mintaqaga tinchlikparvar qoʻshinlar kirgizishga koʻndirdi; global issiqlashuv muammosini yechish ustida ishladi, bunda u AQShning sobiq prezidenti George W. Bush'ga muntazam ravishda bosim oʻtkazishga harakat qildi. Biroq Pan Gi Mun tanqid ham qilindi: BMT Ichki Nazorat Xizmati uni BMT ahamiyatining susayishida aybladi.

2011-yili Pan bosh kotib martabasiga ikkinchi marotaba nomzodini qoʻydi. 2011-yil 21-iyunida u bir ovozdan bosh kotib etib qayta saylandi, u bu mansabda 2016-yil 31-dekabrigacha qoladi.

Manbalar

Havolalar Secretary-General Ban Ki-moon, rasmiy BMT sayti

Turkum:Yashayotgan insonlar