Futbol boʻyicha Ispaniya kubogi yoki Qirol kubogi ( — Qirol kubogi) — Ispaniya professional futbol klublari oʻrtasida har yili oʻtkaziladigan kubok turniridir.
Tarix
1902-yili keyinchalik Real Madrid klubi prezidenti boʻlgan ʻ’Karlos Padros’’ Alfonso XIII tantanali taxtga oʻtirish marosimiga toʻgʻrilab futbol musobaqasi tashkillashtirishni maslahat berdi. Madrid klubi tashabbusi ostida yana toʻrt ispan klubi musobaqaga chaqirildi. Bular: „Barselona“, „Espanyol“, „Biskaya“ birlashgan jamoasi va poytaxtning „Nyu Fut-Bol“ jamoalari edi. Birinchi turnir gʻolibi „Biskaya“ jamoasi boʻldi. Shundan boshlab Qirollik kubogi boshlandi. 1910-yilda Ispaniya klublari oʻrtasida parchalanish vujudga keldi. Oʻzaro adovat va keskinlik ikki futbol assosiyatsiyaga boʻlinishga olib keldi. Bular: Ispaniya futbol federatsiyasi va Ispaniya futbol klublari uyushmasi edi. 1910-yildan 1913-yilgacha har bir assosiyatsiya oʻzining shaxsiy kubok musobaqalarini oʻtkazib tashkil qilib keldi.
1937-yilda Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanganligi uchun respublika provinsiyalarida Erkin Ispaniya Kubogi () deb nomlangan turnir oʻtkazdilar. Bu turnirdagi finalda ikki levantiya jamoalari roʻbaro kelishdi. „Levante“ „Valensiya“ ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. Bu turnirning natijasi esa Qirollik futbol federatsiyasi tomonidan 2007-yildagina rasman tan olindi.
Kubok sohiblari 200px|thumb|right|2011-yilda Real Madrid qoʻlga kiritgan kubok Turnir tashkil etilgandan beri kubok 12 marta oʻzgartirilib, yangicha koʻrinishda ishlab chiqilgan. Undan toʻrttasi umrbod „Barselona“ga tegishli boʻlib, yana uchtadan „Atletiko Madrid“ va „Atletik Bilbao“larga tegishlidir. Va yana bitta kubokni „Real Madrid“ qoʻlga kiritgan. Kuboklar bu klublarga umrbod berilishi ketma-ket Qirollik kubogida gʻolib chiqqanligi yoki umumiy hisobda besh marta turnirda gʻolib chiqqanligi sabablidir. Birinchi kubok 1902-yili „Biskaya“ jamoasiga taqdim etilgan edi. „Sevilya“ klubi esa 1939-yilda birinchi bora ʻ’Generalissimus kubogi"ni qoʻlgan kiritgan, keyinchalik general Franko vafo etgandan soʻng, Madridning „Atletiko“ klubiga oxirgi 11-nchi Xeneralisimo kubogi topshirilgan.
Turnirning nomlanishi
1902 — Taxtga oʻtirish kubogi (Qirol Alfonso XIII Janob Oliylari Kubogi) 1902—1932 — Qirollik kubogi (Copa Del Rey) 1932—1936 — Respublika Prezidenti Sovrini (Trofeo Presidente de la II República) 1937 — Erkin Ispaniya Kubogi (2007-yili rasman tan olingan.) 1938 — Kubok musobaqasi oʻtkazilmagan. 1939—1976 — Generalissimus Kubogi (Copa del Generalísimo) 1977 y.b. — Qirollik kubogi (Copa del Rey)
Oʻyinlarni oʻtkazish formati 1928-yili Ispaniya futbol ligasi tashkil etilguncha, kubok musobaqalari milliy chempionat rolini egallardi. Jamoalar mahalliy va regional futbol birlashmalaridan tanlab olinardi. Ligani takomillashtirish asnosida bundanda qulay kvalifikatsion sxema ishlab chiqildi. Bunga koʻra, jamoalar guruh bosqichlaridan saralab olinardi.
Boshqalardan farqi, masalan, Angliyaning futbol assosiatsiyasining kubokidan farqi, Ispaniya turnirida qatnashuvchi jamoalar soni chegaralangan. Turnirda Primera (oliy divizion) jamoalarini barchasi, Segunda (ikkinchi divizion) jamoalarini barchasi, Segunda „B“ning eng yaxshi jamoalari va Terser (toʻrtinchi divizion) gʻoliblari ishtirok eta oladi.
Boshlangʻich bosqichda quyi divizionda ishtirok etayotgan jamoalar bilan yutqizgan musobaqani tark etish qoidasi boʻyicha oʻynaladi. Quyi diviziondagi jamoa uchun oʻz uyida oʻynash imtiyozi beriladi. 1/32 va 1/16 va chorak final va yarim final oʻyinlari ikkita: uyda va mehmondagi oʻyinlardan iborat boʻladi. Final bitta uchrashuvdan iborat boʻladi, oʻyin esa neytral stadionda oʻtkaziladi.
Azaldan (2004/05 mavsumigacha) saralash bahsidan to 1/8 finalgacha bitta oʻyin zaifroq jamoa maydonida oʻtkazilgan. 1/8, 1/4 finallar va yarim final esa ikkita oʻyindan iborat boʻlgan, final esa neytral maydonda oʻtkazilgan. Ammo 2005/06 mavsumidan boshlab Qirollik futbol federatsiyasi kvalifikatsiya tizimiga oʻzgartirish kiritdi. Bu esa quyi diviziondagi jamoalarni orasida katta norozilik keltirib chiqardi. Bunda buyon Segunda „B“ jamoalari oldin oʻz divizionlaridagi jamoalar bilan bir necha oʻyinlar oʻtkazib, keyin Segunda „A“ jamoalari bilan ham bir necha oʻyinlar oʻtkazishi va shundan soʻng, gʻolib jamoalar Primera jamoalari bilan oʻynash imkoniyatiga ega boʻladilar. Shunda ham ular oʻynaydigan Primera jamoalari Yevropa turnirlaridagi hech qanday musobaqada qatnashmaydiganlari bilan birga maydonga tushadilar. UEFA kubogi yoki Chempionlar Ligasida musobaqalari doirasida ishtirok etadigan jamoalarga esa imtiyoz sifatida 1/8 finalidan turnirga qoʻshilish imkoniyati berildi.
2006/07 mavsumida futbol federatsiyasi oʻyin tizimiga yana oʻzgartirish kiritdi. Bugalgisida Segunda „B“ jamoalari oʻzaro bir necha saralash oʻyinlari oʻtkazishi, keyin Segunda „A“ jamoalari bilan roʻbaro kelishi va 1/16 finalda yevromusobaqalarda qatnashishidan qatʼiy nazar, Primero jamoalari bilan kuch sinashadi deb belgilandi.
Qirollik kubogi sohibi avtomatik tarzda keyingi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi(1999-yilga qadar kubok sohibi Kubok egalari kubogi musobaqasida qatnashib kelgan, 2009-yilgacha esa — UEFA kubogida).
Va yana kubok sohibi Ispaniya Superkubogi oʻyinida oʻynash huquqini qoʻlga kiritadi. Bu oʻyinda kubok sohibi mavsumdagi milliy chempionat gʻolibi bilan kuch sinashadi.
Gʻoliblar va Finalchilar
Klub Yutganlar Finalchi Yutilgan yillar Oxirgi finalga chiqqan yili Barcelona <center>32 <center>43 1910, 1912, 1913, 1920, 1922, 1925, 1926, 1928, 1942, 1951, 1952, 1953, 1957, 1959, 1963, 1968, 1971, 1978, 1981, 1983, 1988, 1990, 1997, 1998, 2009, 2012 2015 2016 2017 2018 2021 2025 2025 Athletic Bilbao <center>23 <center>11 1903, 1904, 1910, 1911, 1914, 1915, 1916, 1921, 1923, 1930, 1931, 1932, 1933, 1943, 1944, 1945, 1950, 1955, 1956, 1958, 1969, 1973, 1984 2012 Real Madrid <center>19 <center>19 1905, 1906, 1907, 1908, 1917, 1934, 1936, 1946, 1947, 1962, 1970, 1974, 1975, 1980, 1982, 1989, 1993, 2011, 2014 2004 Atlético Madrid <center>10 <center>9 1960, 1961, 1965, 1972, 1976, 1985, 1991, 1992, 1996, 2013 2010 Valencia <center>7 <center>9 1941, 1949, 1954, 1967, 1979, 1999, 2008 1995 Real Zaragoza <center>6 <center>5 1964, 1966, 1986, 1994, 2001, 2004 2006 Sevilla <center>5 <center>2 1935, 1939, 1948, 2007, 2010 1962 RCD Espanyol <center>4 <center>5 1929, 1940, 2000, 2006 1957 Real Unión <center>3 <center>1 1918, 1924, 1927 1922 Real Sociedad <center>2 <center>6 1909, 1987 1988 Real Betis <center>2 <center>2 1977, 2005 1997 Deportivo La Coruña <center>2 <center>0 1995, 2002 - Arenas Club <center>1 <center>3 1919 1927 RCD Mallorca <center>1 <center>2 2003 1998 Club Bizcaya <center>1 <center>1 1902 1907 Racing de Irún <center>1 <center>0 1913 - Celta de Vigo <center>0 <center>3 - 2001 Getafe CF <center>0 <center>2 - 2008 Real Valladolid <center>0 <center>2 - 1989 Sporting de Gijón <center>0 <center>2 - 1982 Club Español de Madrid <center>0 <center>2 - 1910 CA Osasuna <center>0 <center>1 - 2005 Recreativo de Huelva <center>0 <center>1 - 2003 Real Madrid Castilla‡ <center>0 <center>1 - 1980 UD Las Palmas <center>0 <center>1 - 1978 CD Castellón <center>0 <center>1 - 1973 Elche CF <center>0 <center>1 - 1969 Granada CF <center>0 <center>1 - 1959 Racing de Ferrol <center>0 <center>1 - 1939 CE Sabadell FC <center>0 <center>1 - 1935 CE Europa <center>0 <center>1 - 1923 FC España <center>0 <center>1 - 1914 Gimnástica Madrid <center>0 <center>1 - 1912 Real Vigo Sporting <center>0 <center>1 - 1908
‡ Real Madridning rezerv klubi hisoblanadi. Rezerv klublarga 1990-91 mavumidan boshlab, bu turnirda ishtirok etish taʼqiqlab qoʻyilgan.
=== Finallar ===