Ispaniya — Yevropaning janubi-gʻarbida, Pireney yarim orolda joylashgan davlat. Oʻrtayer dengizidagi Balear Atlantika okeanidagi Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qirgʻogʻidagi Seuta va Melilya shaharlari va unga yondosh Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas orollari ham Ispaniyaga qaraydi. Maydoni — 504,75 ming km. Aholisi — 48,37 mln. kishi Maʼmuriy jihatdan oʻz hukumati va parlamentiga ega boʻlgan 17 muxtor regionga, ular, oʻz navbatida, 50 viloyat ra boʻlinadi. Poytaxti — Madrid shahri hisoblanadi.
Davlat tuzumi Ispaniya — parlamentli monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1978-yil 6-dekabrdagi milliy referendumda maʼqullangan, oʻsha yili 29-dekabrdan kuchga kirgan;
Tabiati
Ispaniya subtropik mintaqada. Qirgʻoq chizigʻining uzunligi orollar bilan birga 5 ming km dan koʻproq. Ispaniya hududining aksar qismi plato, oʻrtacha balandlikdagi tizmalar, yassitogʻliklar va pasttekisliklardan iborat. Platolarning balandligi shimoli-gʻarbda 800– 1000 m, janubi-sharqda 500–600 m. Ular oʻrtasida janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan Markaziy Kordilyera togʻ tizmalari bor. Ispaniyaning shimoli-gʻarbida Galisiya massivi va Leon togʻlari, Biskay qoʻltigʻi sohilida Kantabriya togʻlari bor. Ular sharqda Pireney togʻlariga ulanib ketadi. Janubiy va janubi-sharqida Andalusiya togʻlari, janubi-gʻarbida Andalusiya pasttekisligi bor. Syerra-Nevada tizmasidagi Mulasen togʻi (3478 m) Ispaniyadagi eng baland togʻdir. Ispaniyada uran, mis, simob, qoʻrgʻoshin, temir, volfram, qalay, oltin, kumush, margimush, marganets konlari bor. Toshkoʻmir, kaliy tuzi, kaolin, apatit ham qazib olinadi.
Iqlimi shimoliy va shimoli-gʻarbida moʻtadil okean iqlimi, qish yumshoq, yoz iliq. Yillik oʻrtacha yogʻin 1000–2000 mm. Sohilda yanvarning oʻrtacha temperaturasi 7— 9°, iyulniki 18—20°. Mamlakatning qolgan qismida Oʻrta dengizga xos subtropik iqlim, yoz quruq, issiq, qish yumshoq, seryogʻin. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Meseta platosida 4—5°, janubida 12—13°, iyulniki 23—29°. Ispaniyaning markazi, sharqi va janubi-sharqida yogʻin kam (300–500 mm).
Daryolari, asosan, yomgʻirdan toʻyinadi, yozda juda sayozlanib qoladi. Faqat shimoliy va shimoli-gʻarbidagi daryolar yil boʻyi sersuv. Yirik daryolari: Taxo, Ebro, Gvadalkvivir, Duero, Gvadiana va boshqa. Ulardan energiya olishda va sugʻorishda foydalaniladi. Ispaniyaning shimoliy va shimoli-gʻarbidagi togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproqlarda qora qayin, dub, kashtan oʻrmonlari, tog yon bagʻirlaridagi togʻ podzol tuproqlarida qaragʻay oʻrmonlari bor. Pireney togʻlarida 2000 m dan balandda oʻtloq mintaqalari joylashgan. Ispaniyaning qolgan qismida doim yashil dublar, qaragʻay, sarv, kashtan, zarang, lipa va boshqa usadi. Ispaniyaning eng chekka janubida palmazorlar uchraydi. Hayvonlardan tulki, suvsar, qoʻngʻir ayiq, boʻrsiq, tog echkisi, serna, viverra, quyon, tipratikan bor. Gibraltar atrofida makaka maymun (Yevropada faqat shu yerda) uchraydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi bor. Sudralib yuruvchilar koʻp. Tunets, sardina, treska baliklari va dengiz jonivorlari ovlanadi. Noyabr hayvonlar va tabiiy landshaftni saqlash maqsadida bir necha milliy bogʻ va qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Ayguestortes-i-Lago-SanMaurisio, Kovadonza, Ordesa va boshqa.
Aholisining 3/4 qismi ispanlar, qolganlari — katalonlar, galisiylar, basklar va boshqa. Rasmiy til — ispan tili. Koʻpchilik dindorlar — katoliklar. Aholining 78,4% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Madrid, Barselona, Valensiya, Sevilya, Saragosa, Bilbao, Malaga.
Tarixi
Ispaniya hududida odam quyi paleolit davridan yashaydi. Leridadan Kadisgacha boʻlgan hududlarda mezolitga oid qoyatosh suratlari koʻp topilgan. Mil. av. VII asrdan I.ning janubiy va sharqiy sohil boʻylari finikiyaliklar va yunonlar tomonidan oʻzlashtira boshlangan. Mil. av. 700—500 yillarda Oʻrta dengiz sohilida iberlar madaniyati paydo boʻldi. Mil. av. V—III asrlarda Pireney yarim orol orkali kelgan kelpiarnmt iberlar bilan qoʻshilib ketishi natijasida kelipiberlar shakllangan. Mil. av. III asr oxirlarida Ispaniya hududining koʻp qismi Karfagen qoʻl ostiga oʻtdi. Mil. av. II asr boshiga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardi. Mil. av. 197 yilda Rim Ispaniya hududini 2 viloyat (Yaqin Ispaniya va Olis Ispaniya)ga boʻlib yubordi. Mil. 409 yil Ispaniyaga alanlar, svev va vandallar, 418 yildan vestgotlar kirib kela boshladi. 711—718 yillarda Pireney yarim orolning deyarli hammasini arablar bosib olib, 756 yil mustaqil davlat — Kordova amirligini, 929 yilda esa Kordova xalifaligini tuzdi. Kordovada sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻldi, hunarmandchilik, savdosotiq, fan va madaniyat yuksaldi. 1031-yil xalifalik bir necha amirlikka boʻlindi. VIII asrdan boshlab mavrlar koʻl ostida boʻlgan yerlarni ispanlar kay-tarib ola boshladilar (Rekonkista dav-ri). Rekonkista davrida Kastiliya va Aragon qirolliklari vujudga keldi (XI asr). XII asrda dvoryanlar, ruhoniylar, shaharliklar va yuqori tabaqa dehqonlardan iborat korteslar paydo boʻldi. Ular qirol hokimiyatini cheklab turdilar.
1479-yil Aragon bilan Kastiliya oʻrtasida tuzilgan sulola ittifoqi (aragonlik Ferdinand bilan kastiliyalik Iza-bellaning 1469-yilgi nikohi) natijasida I. yagona davlatga aylandi. 1480-yil absolyutizm quroli hisoblangan inkvizitsiya joriy qilinib, mavr va yahudiylar (asosan, dehqonlar-, hunarmandlar, savdogarlar) mamlakatdan quvildi. 1504-yil Ispaniyaga Neapol qirolligi (Janubiy Italiya) va Sitsiliya qoʻshib olindi. Ispaniya 1494—1559-yillarda Italiyaga qarshi urushlarda Shimoliy va Oʻrta Italiyaning qator yerlarini bosib oldi. Karl Ining taxtga oʻtirishi (1516) bilan Ispaniyada Gabsburglar sulolasi hukm sura boshladi. Shu yili Ispaniyaga Niderlandiya qoʻshib olindi.
XVI asrning 1-yarmida Ispaniya Markaziy va Janubiy Amerikaning kup qismini, Filipp II davrida Filippin orollari (1563—73)ni bosib oldi va Portugaliya (1581)ni oʻziga qoʻshdi. Ispaniya qiroli Karl I Gabsburg „Muqaddas Rim im-periyasi“ning qiroli boʻlgach, Karl V nomini oldi. Bu paytda I. Yevropaning siyosiy reaksiya markaziga aylandi. Ispaniyaga qaram boʻlgan Niderlandiyada 1566-yil inqilobi boshlandi. 1581-yil Birlashgan viloyatlar respublikasining tashkil qilinishi bilan Shimoliy Niderlandiya Ispaniyadan ajralib chiqdi. Ispaniya 16— XVII asrlarda Angliya bilan urushib, dengizdagi ma-vqeidan mahrum boʻldi („Yengilmas armada“ — ispan flotining 1588-yildagi halokati bunga yoʻl ochdi). Oʻttiz yillik urush (1618—48), Fransiya hamda Angliya bilan boʻlgan urushlar natijasida tuzilgan Vestfaliya (1648), Pireney (1659), Axen (1668) va Nimvegen (1678) sulxlariga binoan, Ispaniya Yevropada gegemonlik qilish huquqidan mah-rum boʻldi. Gabsburglarning soʻnggi vakili Karl II vafoti (1700) va ispan taxtining Burbonlarga oʻtishi munosabati bilan ispan merosi uchun Yevropada urush (1701 — 14) boshlandi. Natijada Ispaniya Italiya, Janubiy Niderlandiya va Gibraltardagi yerlaridan ajraldi. Karl III davri (1759—88)da maʼrifatli absolyutizm ruhidagi islohot oʻtkazildi.
1808-yil Fransiya Ispaniyani bosib olishga kirishdi. Ispan xalqining bosqinchilarga qarshi milliy harakati birinchi ispan inqilobi bilan qoʻshilib ket-di (1808—14). Ispaniyada boshlangan milliy ozodlik urushlari Amerikadagi ispan mustamlakalarida ozodlik harakatining (1810—26) avj olishiga turtki boʻldi. Natijada bir qancha mustamla-kalar mustaqillikka erishdi. Napoleon I yengilgach, Burbonlar taxtni qay-ta egallab, absolyutizmni tikladi. 1820-yil qoʻzgʻolon koʻtarilib, u inqilobga aylandi. Inqilob 1823-yil Muqaddas ittifoq tomonidan bostirildi.
1834—43 yillarda ishchilar qarakati avj oldi va utopik sotsializm goyalari tarqala boshladi. 1868-yil boshlangan inqilob natijasida respublika oʻrnatildi (1873). Respublika tarafdorlari oʻrtasida hamjihatlik yoʻqligi oqibatida demokratik kuchlar magʻlubiyatga uchrab, Burbonlar sulolasi qayta tiklandi (1874). Ispaniya-Amerika urushi (1898)da Ispaniya magʻlubiyatga uchrab, Kuba, Puertoriko, Guam va Filippindan mahrum boʻldi, ispan monarxiyasi za-iflashdi. Respublika tarafdorlari faollashdi va ishchilar harakati avj oldi.l-jahon urushi yillarida I. beta-raf turdi. 1921-yil ispan qoʻshinlari Marokashda magʻlu-biyatga uchragach, monarxiya inqirozi yanada kuchaydi. Choʻchib qolgan reaksiya 1923-yil sentabrda harbiy toʻntarish qilib, general M. Primo de Rivera harbiy hokimiyatini oʻrnatdi.
1931-yil 14-sentabrda boshlangan inqilob natijasida respublika eʼlon kilindi. 1936—39 yillardagi milliy-inqilobiy urushda demokratik kuchlar magʻlubiyatga uchrab, respublika agdarilgach, general F. Frankoning fashist diktaturasi (1939—75) oʻrnatildi. Respublika davri qonunlari bekor qilindi, fashistlarning I. falangasi deb atalgan partiyasidan tashkari barcha siyosiy partiyalar tarkatib yuborildi, inqilobchilar qatagʻonga uchradi, sinfiy kasaba uyushmalari tugatildi. Yarim millionga yakin ispanlar chet elga qochdi.
Ikkinchi jahon urushida Ispaniya betaraflik eʼlon qilgan boʻlsa ham, Germaniya va Italiyaga yordam berdi, frontga „zan-gori diviziyasi“ni yubordi. 1959-yilda Franko diktaturasiga qarshi tinch yoʻl bilan kurashish uchun Milliy antifashist fronti tuzila boshladi. Fashiz-mga qarshi kuchlar birlashdi. 1962-yilda Myunxen (GFR)da ispanlar umumdemok-ratik konferensiyasi oʻtkazildi, 26 viloyatda umumiy ish tashlashlar boʻldi, „vertikal sindikatlar“ga qaramaqarshi ishchi komissiyalari (kasaba uyushmalari) tuzildi. 1962—63 yillardagi ijtimoiy tanglik diktaturami juzʼiy „erkinliklar berish“ siyoʻsatiga oʻtishga majbur qildi, ammo u muxolifat kuchlarini bartaraf etolmadi. 1971-yil muxolifat kuchlari birgalikda harakat qilish haqida bitim imzoladilar. 1975-yilda F. Franko vafotidan soʻng qirol Xuan Karlos I davlat boshligʻi boʻldi. 1976-yildan koʻpchilik siyosiy partiya va kasaba uyushmalri oshkora faoliyat koʻrsata boshladi. 1977-yil Ispaniyada 1936-yildan keyingi birinchi parlament saylovi boʻldi. Unda 100 ta partiya va 18 ta koalitsiya qatnashdi.
Ispaniya 1956-yilda Shimoliy Marokash, 1968-yilda Ekvatorial Gvineya, 1976-yilda Gʻarbiy Sahroi Kabir kabi mustamlakalaridan mahrum boʻldi. 1982, 1986, 1989 va 1993-yillardagi parlament saylovlarida so-sialistik ishchi partiyasi gʻalaba qozondi. 1996 va 2000-yilgi saylovda esa Xalq partiyasi nisbiy koʻpchilik ovoz olib, hukumatni tuzish huquqini qoʻlga kiritdi.
Ispaniya — 1955-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12-oktabr — Ispan Millati Kuni (1492). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 17 martda oʻrnatgan.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
Ispaniyada 500 dan koʻproq siyosiy partiya va jamoat tashkiloti roʻyxatga olingan. Asosiy partiyalari: Xalq partiyasi (1989-yil yanvargacha Xalq uyushmasi), 1976-yilda tuzilgan; I. sotsialistik ishchi partiyasi, 1879-yilda tuzilgan; I. kommunistik partiyasi, 1920-yilda tuzilgan; Basklarning millatparvar partiyasi, 1993-yilda tuzilgan; Kataloniya demokratik konvergensiyasi, 1974-yilda asos solingan; Valensiya ittifoqi. Kasaba uyushma birlashmalari: Mexnat-kashlar umumiy ittifoqi, 1888-yilda tuzilgan; Ishchilar kasaba uyushma birlashmasi, 1960-yilda asos solingan; Ishchi komissiyalari, 1956-yilda tuzilgan.
Xoʻjaligi
Ispaniya industrial-agrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish qajmi jihatidan Gʻarbiy Yevropada 5-oʻrinda, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida 8-oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 23%, qishloq xoʻjaligi ulushi 3,5%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi esa 60% dan ortadi. Baʼzi subtropik va bogdorchilik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi.