Moʻtabar Tojiboyeva Ibragimovna – oʻzbekistonlik mustaqil jurnalist va taniqli huquq himoyachisi. „Oʻtyuraklar klubi“ inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti asoschisi. Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlarining poymol qilinishiga qarshi kurashayotgan faol. Inson huquqlari muammolari yuzasidan monitoring oʻtkazish bilan shugʻullanib, tergov va sud jarayonlarida jamoatchi himoyachi va ishonchli vakil sifatida ishtirok etgan. Moʻtabar Tojiboyeva 2005-yil mart oyida tashkil etilgan "Fuqarolik jamiyati" xalq harakati asoschilaridan biridir. 2005-yil 7-oktyabrda Dublinga inson huquqlari boʻyicha xalqaro anjumanga ketish arafasida hibsga olingan. Unga tergov jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 18 ta moddasi asosida ayblov qoʻyilgan, sud esa ushbu moddalarning 13 tasi bilan Moʻtabar Tojiboyevani aybdor deb topgan va 8 yilga ozodlikdan mahrum etishga hukm chiqargan. Uning hibsga olinishi inson huquqlari himoyachisi sifatidagi faoliyati, 2005-yildagi Andijon voqealari yuzasidan tanqidiy chiqishlari va xalqaro tekshiruv oʻtkazish talabi oqibati deb taʼkidlanadi.

2005-yilda Moʻtabar Tojiboyeva Xalqaro Nobel mukofoti nominanti mavqeyiga erishdi. 2008-yil 15-mayda, hali u jazo muddatini oʻtayotgan davrda Xalqaro Martin Ennals mukofoti sovrindori boʻladi. Shu kuni xalqaro inson huquqlari masalalari mavzusida yozuvchi bloggerlar bu sohaga ulkan hissa qoʻshgan 10 ayol roʻyxatini eʼlon qildi va bu oʻntalikka Moʻtabar Tojiboyevaning nomi ham kiritilgan edi.

2008-yil 2-iyun kuni Moʻtabar Tojiboyeva qamoqdan ozod qilinadi va shu yili 20-noyabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida unga Martin Ennals mukofotini topshirish taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasining 60-yilligi munosabati bilan „Oʻtyuraklar klubi“ inson huquqlarini himoya qilish tashkilotiga Fransiya Respublikasining „Ozodlik, Tenglik, Birodarlik“ mukofoti berildi va ushbu mukofot oʻsha yilning 10-dekabrida Parijda oʻtkazilgan taqdimot marosimida Moʻtabar Tojiboyevaga topshirildi. 2009-yil mart oyi boshida Moʻtabar Tojiboyevaga AQSh Davlat departamentining „Jasur ayol“ mukofoti berildi, ammo keyinchalik u shaxsiy prinsiplariga asosan bu mukofotdan voz kechdi. Avgust oyida Inson huquqlari jamgʻarmasining xalqaro kengashiga aʼzo boʻladi. Hozir Fransiyaning Il-de-Frans provinsiyasida yashaydi. Qiynoqlar oroli asirasi nomli asar muallifi. Bu kitob muallifning shaxsiy xotiralari asosida yozilgan boʻlib, ushbu kitobda Moʻtabar Tojiboyeva Oʻzbekiston hukumatining ommaga mavhum qirralarini hamda Oʻzbekistonda qoʻllaniladigan tazyiq va agressiyalar haqida hikoya qiladi. Asarning ingliz, fransuz, rus va oʻzbek tillarida chop qilinishi kutilmoqda.

Tarjimai holi Moʻtabar Tojiboyeva 1962-yil 25-avgustda Oʻzbekistonning Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Otasi – Ibrohimjon Tojiboyev, onasi – Qandolatxon Oʻljayeva. Moʻtabar Tojiboyevaning buvasi (onasi tomonidan) Oʻljaboy Hamroqulov 1937-yilda xalq dushmani sifatida oilasi bilan Sibirga surgun qilinadihttp://uzb.at.ua/news/2006-4-29-63-0-. Shu vaqtdan boshlab, Oʻljaboy Hamroqulov oʻz oilasi bilan bir necha marta Sovet Ittifoqining turli hududlariga koʻchirilgan. 1946-yilda Oʻljaboy Hamroqulov oʻzining Uchinchi Reyx qoʻshinlariga qarshi kurashda partizanlar safidagi jangovor xizmatlari uchun Sovet hukumati tomonidan oqlanib, oʻz yurtiga qaytib keladi. Moʻtabar Tojiboyevaning onasi Qandolatxon Oʻljayeva, Ikkinchi jahon urushi yillarida Ukraina hududidagi oʻrmonlarning birida oʻzining boʻlajak turmush oʻrtogʻi Ibrohimjon Tojiboyevni yarador va behush holatda uchratadi. Ibrohimjon Tojiboyev Sovet Armiyasi safida piyoda askar boʻlib xizmat qilgan. 1944-yilda ular turmush quradilar va ularning birinchi farzandi Ukrainada dunyoga keladi. Moʻtabar Tojiboyeva bu voqealarning toʻgʻridan-toʻgʻri guvohi boʻlmasa-da, oʻz onasidan eshitgan hikoyalari uning inson huquqlari yetakchisi boʻlib yetishishda katta rol oʻynagan.

Maʼlumoti Moʻtabar Tojiboyeva 1969-yilda Margʻilon shahridagi Hamza Hakimzoda Niyoziy nomli 7-oʻrta maktabda ilk taʼlim olishni boshlagan.

1987-1989-yillarda Margʻilon reja-iqtisod texnikumining sirtqi boʻlimida oʻqigan va uni tamomlab, iqtisodchi diplomini qoʻlga kiritgan. Ayni paytning oʻzida, yaʼni 1987—1989-yillarda Fargʻona viloyati Matbuot boshqarmasi qoshida tashkil etilgan ikki-yillik jurnalistika kursini tamomlagan.

Ish faoliyati 1979-yilda maktabni tugatgandan soʻng, Moʻtabar Tadjibayeva Margʻilon shahridagi Ipakchilik kombinatida bir-yil muddatda ip yigiruvchi boʻlib ishlagan. 1980-yilda Oxunboboyev tumanidagi davlat notarial idorasiga notarius yordamchisi sifatida ishga kiradi. 1981-yilda Oxunboboyev tumanidagi Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasiga kotiba va ish yurituvchi sifatida ishga joylashadi.

1985-yilda Moʻtabar Tojiboyeva ish faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq nazorati qoʻmitasining Oxunboboyev tuman boʻlimida inspektor vazifasida davom ettiradi. Keyinchalik jamoatchilik asosida ariza va shikoyatlar boʻlimi, shu bilan bir paytda qoʻmitaning matbuot markazini boshqaradi. Bu tashkilotda Moʻtabar Tojiboyeva qonunlarning ijrosini amalda qoʻllanilishini nazorat qiluvchi guruhlar bilan oʻtkaziladigan tekshiruvlarda faol qatnashgan hamda ariza va shikoyatlar boʻlimi rahbari sifatida huquqlari poymol qilingan shaxslarning shikoyatlarini oʻrganib, ularning huquqlarini tiklash va himoya qilishga oʻz hissasini qoʻshgan. Aynan shu yerda u jamoat bilan yaqindan turib, hamkorlikda ishlashni dastlab oʻz tajribasida koʻradi. Moʻtabar Tojiboyeva qoʻmitaning matbuot markazi mas’ul xodimi sifatida Oʻzbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan qonunlar va ularning ijrosi yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarida faol qatnashgan va bu qonunlarni oyoq osti qilgan amaldor shaxslarga qarshi mahalliy va markaziy matbuot organlarda chiqishlar qilishni boshlagan. Uning bu qoʻmitadagi ish faoliyati keyinchalik inson huquqlari himoyachisi sifatida shakllanishiga katta taʼsir qiladi.

1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanib ketishi natijasida Xalq nazorati qoʻmitasi tarqatib yuboriladi. Moʻtabar Tojiboyeva 1997-yilgacha oʻz faoliyatini bank tizimida davom ettirib, jumladan, Oʻzsanoatqurilishbankning Margʻilon va Qirguli boʻlimlarida va Qirguli tuman xalq banklarida kadrlar boʻlimi boshligʻi, pul muomala boʻlimi Iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi vazifalarida ishlagan.

1997—1998-yillarda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimining targʻibot-tashviqot markazini boshqargan. 1998-yilda "Yodnoma" nomli birinchi risolasi nashr etilgan. Bir vaqtning oʻzida, Moʻtabar Tojiboyeva inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini ham davom ettirgan, Respublika matbuot vositalarida oʻzining shu mavzuga oid tanqidiy maqolalari bilan qatnashgan.

1998—1999-yillarda Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatining Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlagan.

Inson huquqlari sohasidagi faoliyati 1999-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan saylovda Moʻtabar Tojiboyeva Fargʻona viloyati kengashi deputatligiga tashabbuskor guruhdan oʻz nomzodini qoʻyadi. U oʻz nomzodlik dasturida asosan qonunlar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini shakllantirish boʻyicha qonun qabul qilish masalasini kun tartibiga olib chiqishni koʻzlagan edi. U saylovda gʻalabaga erishmaydi, shundan soʻng oʻz dasturini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasiga (OʻzXDP) aʼzo boʻladi. 2000-yil yanvar oyida Moʻtabar Tojiboyeva shu partiyaning Margʻilon shahri „Zuhro“ mahallasi boshlangʻich partiya tashkilotining kotibasi etib tayinlanadi va ushbu tashkilot huzurida inson huquqlarini himoya qilish „Oʻtyuraklar klubi“ ga asos soladi.

Moʻtabar Tojiboyevaning „Oʻtyuraklar klubi“ ni yaratishi uning rasman inson huquqlari sohasiga kirib kelishiga imkon berdi. 2001-yilda „Oʻtyuraklar klubi“ yordamida uning „Ogoh boʻlaylik“ nomli risolasi chop etilgan. 2002-yil yanvar oyida OʻzXDP Margʻilon shahar kengashining plenumida „Oʻtyuraklar klubi“ ning 2 yillik ish faoliyati muhokama qilingan va klub rahbari Moʻtabar Tojiboyevaning hisoboti tinglangan. Plenum klubning jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi olib borgan kurashini ijobiy baholaydi va uning ish faoliyatini Respublika boʻylab namuna sifatida koʻrsatish haqida qaror qiladi. Mahalliy va Respublika matbuot vositalarida klub faoliyati haqida maqola, ocherklar yozilib, maxsus koʻrsatuvlar berib borilgan.

Hukumat tomonidan taʼqib va tayziqlar Alimuhammad Mamadaliyev ishi va uning oqibatlari

Moʻtabar Tojiboyeva 2002-yilda MXX xodimlari tomonidan qiynoqlarga solib oʻldirilgan Alimuhammad Mamadaliyev/2/ /3/ ishihttp://www.fergananews.com/article.php?id=442&print=1 ishi boʻyicha monitoring olib borgan. U xalqaro axborot agentliklari va inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlariga murojat qilib, mazkur ishni jamoatchilikka yetkazishga muvaffaq boʻlgan. Natijada ish Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan koʻrib chiqiladi va Mamadaliyev qotillari uzoq-yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2002-yil 30-iyunda Moʻtabar Tojiboyeva Christian Science Monitor xalqaro gazetasi muxbiri Scott Peterson bilan marhum Alimuhammad Mamadaliyevning oilasi yashaydigan Doʻrmon qishlogʻiga boradilar. Ular qishloq aholisi bilan suhbatlashib, mahalliy hokimiyat va maʼmuriy organlar tomonidan ularga nisbatan qilinayotgan tajovuzlar xususida jurnalistik surishtiruvlar olib boradilar.

Ertasiga, yaʼni 1-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Qirguli tuman boʻlimi DAN xodimlari Moʻtabar Tojiboyeva ketayotgan yengil avtomobilni toʻhtatib, uni hibsga oladilarhttp://www.harakat.net/harakat.php?id_harakat=37&id_topic=62&id_stat=110. Rasmiy protseduralarsiz Moʻtabar Tojiboyevani shu joyning oʻzida tahqirlab soʻroq qiladilar va asossiz ravishda Qirguli tumani ichki ishlar boʻlimiga olib borib yertoʻladagi kameraga qamab qoʻyadilar. Shu kuni tunda ichki ishlar xodimlari unga qarshi zoʻravonlik harakatlarini qoʻllaydilar. 2-iyul kuni u „Militsiya xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmaslik“ va „Mayda bezorilik“ aybi bilan sud qilinadi. Moʻtabar Tojiboyevaning qonunni buzganligini isbotlovchi sudga taqdim qilingan hujjatlar yetarli emasligi va Tojiboyeva yetkazilgan tan jarohatlari yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza oʻtkazilishini talab qilgani sababli, sud ajirimi bilan ish hujjatlari prokuraturaga topshiriladi va Tojiboyeva sud zalidan ozod qilinadi. 2002-yil 5-sentabrda Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyati sudi Qirguli tumani IIB xodimlarining gʻayriqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan bu militsya xodimlariga qarshi xususiy ajrim chiqargan. 27-sentyabr kuni Qirguli tumani prokuraturasi sudning xususiy ajrimi asosida jinoiy ish qoʻzgʻatgan. 2002-yil 16-dekabrda „Qirguli tumani militsya xodimlarining hatti-harakatlarida jinoyat tarkibi yoʻq“ degan xulosa bilan ushbu ish yopilgan. Alimuhammad Mamadaliev ishi Moʻtabar Tojiboyeva va hukumat orasidagi toʻqnashuvlarning yanada keskinlashuviga sabab boʻldi. Aynan shu voqea „Oʻtyuraklar klubi“ va uning rahbarining xalq orasidagi obroʻsini yanada oshirdi va ularning faoliyatining kuchayishiga olib keldi.

Vaziyat keskinlashuvi 2002-yil 14-oktyabrda Moʻtabar Tojiboyevaning tashabbusi bilan Jinoyat ishlari boʻyicha Oltiariq tumani sudi binosi oldida norozilik piketi oʻtkaziladihttp://www.lenta.cjes.org/?m=10&y=2002&lang=rus&nid=4169.