Oʻskemen () — Sharqiy Qozogʻiston viloyatining markazi. Shahar poydevori 1720-yili Irtish va Ulbi daryosining yoqasida qurilgan. Qozogʻistonning sharqiy qismida joylashgan, maydoni 54,4 ming ga yerni egallaydi. Iqlimi kontinental. Shahar aholisi 309 534 kishini tashkil qiladi. Hozirgi kunda Oʻskemenda 76,8 ming nafaqadagilar (umumiy aholi sonining 23,9 % tashkil qiladi), uning 2476 — Ulugʻ vatan urushi faxriylari.
Oʻskemen shahri — mustaqil Qozogʻistonning chiroyli shaharlarining biri. Davlat amali QR Qomusiga binoan qonunni, ijro etish sud organlari prinsiplariga asoslangan. Shahardagi qonunni Maslixat amalga oshiradi. Uning tarkibida 25 deputat bor. Sud mansabini Oʻskemen shahar sudi va arbitraj sudi amalga oshiradi.
Aholisi Shahar aholisining soni 2012-yil 1-fevraldagi maʼlumot boʻyicha 321 ming kishini tashkil qiladi. Shahar aholisining soni kamayib bormoqda, buning asosiy sababi slavyan xalqlari chet ellarga koʻchib ketishidir. Hozirgi kundagi shahar aholisining milliy tarkibi quyidagi jadvalda berilgan:
Milliy tarkibi Ruslar — 201 842 kishi ( 67,2 %) Qozoqlar — 82 593 kishi ( 27,5 %) Olmonlar — 3 717 kishi ( %) Ukrainlar — 3 388 kishi ( %) Tatarlar — 3 276 kishi ( %) Beloruslar — 899 kishi ( %) Ozarbayjonlar — 687 kishi ( %) Koreyslar — 679 kishi ( %) Chechenlar — 506 kishi ( %) Uygʻurlar — 178 kishi ( %) Oʻzbeklar — 266 kishi ( %) Boshqalar — 2 311 kishi ( %) Umumiy — 300 342 kishi (100,00 %)
Aholi dinamikasi yil aholi oʻsishi 1720114 1725141 18251304 18402101 18553471 1861 3334 18978721 190012676 190713164 192017200 193921100 1959 150400 1970230400 1979 274400 1989324500 1993341800 2005302200 2007298830 2009314812 2011 318812
Sanoati Rangli metallurgiya (qoʻrgʻoshin,rux, titan,magniy kombinatlari), mashinasozlik va metallsozlik (konshaxta jixozlari), kondensatorlar, priborlar ishlab chiqarish yetakchi oʻrinda. Sement, gʻisht, uysozlik, temirbeton buyumlar zavodlari, qurilish materiallari kombinati ishlab turibdi. Oziq-ovqat (goʻsht, sut, vino kombinatlari, moyekstraksiya va pivo zavodlari), yengil sanoat korxonalari bor. Shahar yaqinida Oʻskemen suv ombori, Oʻskemen GES qurilgan.
Tarixi XVII asrlarda rus hukumati Irtish daryosi yoqalab yuqori oʻsish uchun bir necha qadamlar tashladi. Bu voqealarning bir necha sabablari bor:
Rossiyaning sharqiy chegaralarni qarmogʻida ushlash; Sharqiy davlatlar bilan savdo aloqalarni kengaytish; Oltoyning boyligiga ega boʻlish.
Qamalni Ulbining Irtish daryosiga quyiladigan qismida tashkil etish rejalandi. Otryadning komandiri gvardiya mayori Ivan Mixaylovich Lixarev imperator Pyotr I-ga „raport“ yozdi. 1720-yilgi 12-17-avgust oylari qamalning qurulishi boshlandi. I. M. Lixarev podpolkovnik Stupinning boshqaruvi bilan 363 kishidan iborat garnizon qoldirdi. Qurulishga injener Letranje bosh-qosh boʻldi.
Vaqt oʻtishi bilan qamalning atrofida aholi yashay boshladi. Qishloq boʻlib, undan keyin stanitsa boʻldi. Stanitsa 1804-yildan keyin shaharcha deb atala boshladi. 1868-yili Oʻskemenga shahar mavqeyi berildi. Shaharda savdo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar rivojlana boshladi. Keyinchalik yengil sanoat rivojlana boshladi, temir yoʻl qurulishi boshlandi. Ulugʻ Vatan urushi yillarida ogʻir sanoat rivojlandi.
Madaniyat thumb|250px|right|Sharqiy Qozogʻiston viloyati Jambul nomidagi drama teatri
Shaharda:
„Yubileyniy“, „Exo“ kinoteatrlari.
Jambul nomidagi drama teatr.
3-ta madaniyat uyi va istirohat bogʻi mavjud
Shahar madhiyasi
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston shaharlari